Mavzu: Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi Reja
Download 59 Kb.
|
Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Moddiy zahiralar va ehtiyotlar.
Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot , korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar , davlat ehtiyotlari va rezerv fondlari kiradi . Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro'y berishi mumkin bo'lgan va oldindan bilib bo'lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi . Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari , sug'urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi . - aholining uy , tomorqa va yordamchi xo'jaligida jamg'arilgan mol - mulk . Bunga uy - joy , avtomobil , madaniy - maishiy buyumlar , kiyim - kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi. Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog'i o'zgarishsiz qolmaydi . Asosan fan - texnika taraqqi ti sharoitida moddiy . buyumlashgan boylik tarkibida yirik o'zgarishlar ro'y beradi . Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko'payadi va yangilanadi , noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy , o'quv , sog'liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko'proq hissasini egallaydi . Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o'sib boradi . Moddiy buyumlashgan boylik o'sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin : - mehnat unumdorligining o'sishi ; - ishlab chiqarish samaradorligining ortishi ; milliy daromadda jamg'arish normasining ortishi . Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart - sharoiti hisoblanadi . Buning ma'nosi shuki , bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko'payishi ro'y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart - sharoiti , uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi . Bunda ishlab chiqarishning o'sish sur'ati va miq , si milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog'liq bo'ladi . Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa - da , har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi . Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi . Tabiiy boylikning . vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog'liq emas , u tabiat qonunlari asosida ro'y beradi . Foydali qazilma boyliklar , o'rmonlar , suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi . Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo'lib , shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi . Buning ma'nosi shuki , tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi . Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi . Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi . Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi . Nomoddiy sohalarda ash , viy - buyum shakl bilan. bog'liq bo'lmagan alohida turdagi iste'mol qiymatlar hosil qilinadi . Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi . Bunday boyliklarga ta'lim , sog'liqni saqlash , fan , madaniyat , san'at , sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi . Uning tarkibida tarixiy ¸dgorliklar , arxitektura obidalari , no b adabi , t va san'at asarlari alohida o'rin tutadi . Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi , jamiyat a'zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi , ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi , sog'liqni saqlash , ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi . Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishining asosi hisoblanadi . Agar fan - texnika taraqqi , ti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat , san'at , fan kabi nomoddiy sohalar ham o'sib va takomillashib boradi . Shunday qilib , milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo'lib , o'z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi . Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling