Mavzu: Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi Reja


Download 59 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi59 Kb.
#1515845
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat boyliklari.
Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy brylikning inson meh-nati bilan yaratilgan ashyoviy — buyum ko’rinishga ega bo’lgan qismi.

Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat o'lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko'ra ancha qiyin , jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o'lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi . Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo'ladi . Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo'ladi . U kishilarning ko'plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi .
Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin :
1. Moddiy buyumlashgan boylik .
2. Nomoddiy boylik .
3. Tabiiy boylik .
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi . Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig'indisi sifatida tasavvur qilish noto'g'ri bo'lur edi . Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib , qaytadan yangilanib turadi ( ishlab chiqarish vositalari , iste'mol buyumlari ) . Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o'rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg'arilib boriladi . Demak , qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi .
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo'lib , tarkibiy tuzilishi bo'yicha qo'yidagilarni o'z ichiga oladi :
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) .
Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo'ladi , hamda o'zining texnikaviy darajasi bo'yicha yalpi milliy mahsulotning o'sish imkoniyatini belgilab beradi :
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) . Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy - joy fondi , ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob'ektlar kiradi .
- aylanma kapital ( fondlar ) .
Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo'lib , asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi .

  • tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy - buyumlashgan qismi .

Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo'lib , potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi .

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling