Mavzu: milliy g‘oya darslarida talim vositalaridan foydalanish kirish asosiy qism


Download 124.21 Kb.
bet3/7
Sana05.11.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1749178
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy g\'oya darslarida ta\'lim vositalaridan foydalanish

Kurs ishining tuzilishi: mazkur kurs ishi kirish asosiy qism, ikki bob, to’rt paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1 Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati.

I bob. milliy g‘oya asosida yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida
I.1.MILLIY G‘OYA FANINI INTERFAOL USULLAR ASOSIDA O‘QITISH DAVR TALABI

Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir o‘zgartirish demakdir. Demak, innovatsiya o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritishni anglatib, bu jarayonni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Innovatsion texnologiyalarning asosi bo‘lgan interfaol texnologiyalar milliy g‘oya, milliy mafkurani teran fikrlash bilan anglab olishda yoshlarning faoliyatini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga, faollika, birdamlikka, jamoa bo‘lib ishlash bir-biriga qayg‘urish orqali jipislikka chorlaydi va bilimlarni boyitishda samaraliy ta’sir o‘tkazadi. Bevosita ta’lim jarayoni markaziga talaba shaxsi qo‘yiladi.


Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oya asosida yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Shu o‘rinda, Birinchi Prezident I.A. Karimovning ta’lim to‘g‘risidagi quydagi so‘zlari ibratliydir: “Biz ta’lim tizmida o‘qituvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish bugungi kunda ro‘y berayotgan barcha voqea – hodisalar, yangilik va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti xisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o‘rganishlari uchun katta ahamiyat bermoqtamiz”1 deb fikir bildirib o‘tganlar.
Zero, milliy g‘oya mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash bugungi kunning ososiy vazifasidir. Binobarin, ta’lim maskanlaridagi
1 Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. T.: O‘zbekiston. 2012 l. 183- bet.
dolzarb vazifalardan bo‘lgan barkamol avlodning tayyorgarlik sifatini o‘stirish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli yurtimizda barcha o‘quv yurtlarida o‘qitish tizmini jahon tajribalardan foydalangan holda to‘liq ko‘rib chiqib eng maqbul jixatlarini amalyotga tadbiq qilish maqsadga muvofiqdir. Bu xozirgi globallashu davrida bo‘layotgan zamon talabiga xos bo‘lgan jarayonlardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da ham ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksprimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta’lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan 2deb ta’kidlagan edi. Mamlakatimiz ertangi kuni bo‘lgan yoshlarning ma’naviy ongi haqida g‘amxo‘rlik qilish har birimizning, xususan, mahalla va ta’lim dargohlarining, umuman, shu yurtning gullab – yashnashi, taraqqiy topishidan manfaatdor bo‘lgan har bir insonning muqaddas burchidir. Faqat ana shu asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlariga qarshi mardonavor tura olishga qodir bo‘lgan irodali, fidoiy va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin
Bizning fikrimizcha bugungi kunda yuqori sifatli bo‘lgan ta’limning asosiy maqsadlariga quydagi yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan erishiladi:  ta’lim maskanlari shunday saviyaga kelishi kerakki, toki u raqobatdosh kadrlar orasidagi tayyorgarlikdan yuqori darajada bo‘lsin.
22017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” Sh.Mirziyoyev

Buning uchun esa asosiy maqsad o‘qitish ta’lim dasturiga mos kelgan bo‘lishi kerak;


 ta’lim berish guruhlarining intellektual salohiyatini shunday oshirish kerakki, toki zamon talabi darajasida bo‘lsin. Vaholanki, xozirgi yoshlar shunday qobilyatga ega bo‘lishi kerakki, u maqsad qo‘ya oladigan va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni yecha oladigan bo‘lishi, yuqori madaniy saviyada mustaqil fikirlay olishi va hayotda o‘z o‘rnini topa olishi lozim;
 ta’lim berishda interaktiv (ikki tomonning faolligi) metodlarni qo‘llash, shu bilan birga ayni maqsadga yo‘naltirilgan turli targ‘ibot ishlarni tashkil qilish;
 O‘quv, ilmiy, adabiy va zamonaviy texnalogiyalarni o‘quvchi-talaba yoshlarga yetkazib berish darajasida bo‘lishi, o‘quv jarayonini kerakli jihozlar bilan ta’minlash va yangiliklarni gazeta, jurnallarda to‘liq va muntazam ravishda chop etib borish;
 bilim olishda o‘quvchi-talabalarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi, hoxishi va moyilligini aniqlash.
Shuningdek, ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish, foydalanish va boshqalarni tashkil etadi. Ta’limning savyasini oshirish jarayonida dastlab, ta’lim maskani mutaxassislarining dars berish malakasini oshirish hamda ta’lim maskanlariga jalb qilish bilan Respublika va xorijiy mamlakatlarining ta’lim maskanlari bilan tajriba almashish, ularni kurslarda o‘qitish bilan o‘quv materiallarini tushunish va eslab qolish har xil interaktiv metodlarni qo‘llash bilan erishiladi. Shu nuqtai nazardan, yuqori sifatli ta’lim berishga, auditoriyalarni zamonaviy qilib har tomonlama jihozlash bilan ham erishiladi. Kompyuter va video jihozlarni qo‘llagan holda eslab qolish, o‘qitishning sifatini oshirish yoshlarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash va ishlash uchun shart- sharoitlar yaratib berish muhim vazifalardan biridir. Asosiysi, o‘qish jarayonida yosh avlodni qiziqishi, hoxishi, yangi bilimlarga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi va javobgarlikni his qilish muhimdir. Shuning uchun ta’lim jarayoni quydagi muhim qoidalarga asoslanishi kerak; o‘quvchi-talabalarning pisixologik holatini tushunish, o‘quvchi-talabalarni real hayotiy muammolar bilan qiziqtira olish, nazariya bilan amalyotni bog‘lagan holda yoshlarni fikirlashga o‘rgatish, yosh avlod bilan guruh bo‘lib ishlashga qodir bo‘lish va kerakli ijodiy darajaga erishish, hamda o‘qituvchilarning ilmiy bilimlaridan qat’iy nazar ular dars bera olishi yoshlar bilan birga ishlay olishi muhim omillardan biridir. Ushbu milliy g‘oya va ma’naviyat fanining zamon talablari darajasida o‘qitilishi quydagi 3 ta muhim shartlar bilan bog‘liqdir. Bular: birinchidan, fanni o‘qitadigan malakali kadrlarning zarurligi, ikkinchidan, mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘quvchi- talabalarning yoshi, psixologiyasi va bilim bazalarini hisobga olish, uchinchidan, o‘qituvchilarning metodik jihatdan qurollangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha chora tadbirlarni bir-biri bilan chambarchas bog‘lagan xolda uzliksiz ravishda olib borilishini ta’minlash va doimiy nazoratni o‘rnatish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy g‘oya va ma’naviyat fanlarini uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitishda zamonaviy usullar va innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Shu bilan birgalikda, zamonaviy interfaol metodlar orqali milliy g‘oya, milliy mafkura, milliy g‘urur kabi oliy insoniy tushunchalarni dars jarayonida o‘quvchi-talabalarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish bugungi kun davr talabidir. Chunki, darsliklardagi mavzular yuzasidan interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish talabalarni faollika, birdamlikka va jipslikka chorlaydi. Eng muhimi, jamoa bo‘lib ishlash bir-biriga qayg‘urish va asosiysi bilimlarni boyitishda samarali ta’sir o‘tkazadi. Biz manba sifatida shu fanlar orqali interfaol usullar asosida milliy g‘oya fanini o‘qitishda foydalanish samarali bo‘lgan bir nechta metodlarni asos qilib oldik.
SCORE – 2 Mavzu: Yot va zararli g‘oyalarning ko‘rinishlari, ularning oldini olishda milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati
Topshiriq: Muammo:______________________________________________________ Simptom (S – symptom) – Bu muammoning simptomi (belgisi) qanday?_____________________________________________________________ Sabablari (C – cause) – Bu muammo simptomining sabablari qanday?_____________________________________________________________ Natijasi (O – outcome) – Bu muammoni hal qilishga nisbatan kutilayotgan natija yoki maqsad anday?__________________________________________________ Resursi (R – resources) – Qanday resurs ushbu sababni bartaraf etishga yordam beradi? Qaysi resurs natija beradi?_______________________________________ Samarasi (E – effect) – Ushbu maqsadga erishish uzoq kutilgan qanday samaraga olib keladi?_________________________________________________
Ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Muammo: Bundan bir necha yil oldin mamlakatimiz ijtimoiy tarmoqlarida “Ko‘k kit”2 degan tashvishli ibora paydo bo‘lgan edi. “Ko‘k kit” haqidagi xabarlarda uning qilmishlari yoritildi. Biroq xozirda bu balo bilan kurashishga o‘rgatuvchi tahliliy, ilmiy-uslubiy tavsiyalar yo‘q hisob.
To‘g‘ri, “Ogoh bo‘ling”, deyilmoqda. Lekin ota-onalarda bolalarimizni “Ko‘k kit”dan qanday himoya qilaylik?”, Ogoh ota-ona” bo‘lish uchun tarbiyaning qaysi usullarini, qachon, qanday qo‘llash kerak? degan haqli savollar tug‘ilmoqda. Bugun har bir ota-onaning mana shu aniq savollarga aniq javoblari bo‘lishi kerak. Bugun global axborot olamida “Ko‘k kit” deb atalgan o‘yin hammani o‘ylatib qo‘ydi. Internetda bu muammo haqidagi dastlabki shov-shuvlar 2015 yildan boshlangan. Internetda “Ko‘k kit”, “Tinch uy”, “f58”, “f57” kabi “o‘lim guruhlari” haqida turli fakt va ma’lumotlar bor: “Ko‘k kit”ni 18 yoshga to‘lmagan, mustaqil fikri, qiziqqan mashg‘uloti yo‘q o‘smirlar qiziqtiradi. Boshida oson, qiziq topshiriqlar berib o‘smirning ichiga kirib oladi.
2 Tashmetov, T.X. (2020). The importance of opportunities for young people in education. "Science and Education" Scientific Journal
Keyinchalik tanasiga tig‘ bilan ko‘k kitning suratini chizdirib, bitta kuyni 3 kun tinimsiz tinglab, topshiriqlarni bajargan o‘smirlarni maqtab, tabriklaydi. Bu nihoyat 50 kunda so‘nggi – 50 topshiriq (suiqasd)ni bajartirib, uni videoga olishni o‘rgatuvchi o‘lim o‘yini, deyiladi.
Simptom (S-symptom) – bu muammo simptomining asosiy sabablari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi, qalbi va ichki dunyosiga ta’sir etish orqali uning ma’naviy dunyosini izdan chiqaradi.
Sabablari (C-cause) - “Ko‘k kit” bu – o‘smirlar ongiga hujum qilayotgan yangi ma’naviy tahdid! Chunki, birinchidan, bu trend-tahdid o‘ziga 18 ga to‘lmagan yoshlarni, o‘smirlarni nishonga olgan. Demak, O‘zbekiston o‘smir-yoshlarini ham. Ikkinchidan, yoshlarning bo‘sh vaqtini, ixtiyorini va qiziqishlarini egallashga yo‘naltirilgan. Uchinchidan, yoshlarni g‘oyaviy qul qilib, ularni o‘z qo‘l-oyoqlaridan foydalanib qurbon qilmoqchi. To‘rtinchidan, uning maqsadlari bizning Harakatlar strategiyamizga, yoshlarga oid siyosatiga, o‘zbekistonlik ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yoshlarimizning maqsadlariga zid.
Natijasi (O-outcome) Yoshlarning bu kabi turli xil yot va zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonnaning o‘zi talab qilmoqda. Shunday ekan “Al Beruniy, Ibin Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturudiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk allomalarimiz asarlari milliy tarbiyamizning bosh g‘oyasi bo‘lib qolishligi va ularning asarlarida keltirilgan ibratli fazilatlaridan bahramand bo‘lishligimiz lozim.
Resursi (R-resources) birinchidan biz yoshlarimizni bu kabi tahdidlardan ogoh etishimiz hamda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Ikkinchidan, yoshlar bo‘sh vaqtlarini chet tillarini o‘rganishga, sport va boshqa qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘illanishlaridan tashqari targ‘ibot guruhlarini shakillantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozim. Shundagina o‘smir-yoshlariga hech qanday tashqi kuchlarning ta’siri bo‘lmaydi. Uchinchidan, mahallalarda, uzluksiz ta’lim tizimlarda ma’naviy – ma’rifiy tanlovlar, treninglar, tadbirlar hamda targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy infarmatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan samarali usl va uslublarni ishlab chiqish.
Samarasi (E-effect) – Biz uchun yagona mafkura – bu O‘zbekistonning taraqqiyoti, O‘zbekistonning ravnaqi, O‘zbekistonning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligidir. Ma’naviyat qachon engilmas kuchga aylanadi? qachonki, yoshlarning iste’dodi va shijoati, orzu-maqsadlari jasorat, bunyodkorlik va matonat namunasiga aylansagina Ma’naviy barkamol insonni, sog‘lom-avlodni tarbiyalashga erishamiz.
Zero bu bugungi kun davr talabidir


Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling