Mavzu: milliy g‘oya darslarida talim vositalaridan foydalanish kirish asosiy qism


Download 124.21 Kb.
bet5/7
Sana05.11.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1749178
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy g\'oya darslarida ta\'lim vositalaridan foydalanish

II bob. Milliy g‘oya darslarida ta’lim vositalaridan foydalanish
2.1.Ta'lim vositalari haqida tushuncha.

O`zbekiston milliy taraqqiyotining eng mas’uliyatli bosqichi-ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotining keskin burilishi davrini boshidan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asr ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotining turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.


Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan birga, ularning poydevori hisoblanuvchi ta’lim-tarbiya sohasiga ham to`laligicha tegishlidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to`g`ri yo`l topa olish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o`zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g`oyani ilgari suradi.3
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash milliy modelida “kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan
3«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining ishtirokchisi” sifatida namoyon bo`ladi.
Ushbu pedagogik g`oya ta’lim tizimi oldiga:
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko`ndalang qilib qo`ydi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integrasiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi ko`p marta takrorlanib, ularni o`quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Uzoq yillardan beri pedagogik texnologiyalarga o`quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi.
Ta’lim vositalari – o`quv materialini ko`rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o`qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi
Ta’lim vositalari:
Ta’lim berishning texnik vositalari
Yordamchi texnik vositalari
O`quv – uslubiy materiallar
Ta’limning texnik vositalari – o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (Diaproyektor, Grafoproyektor, Doska-bloknot, Doska-stend, Flipchart, Vidiofilmlar).
Yordamchi ta’lim vositalari – grafiklar, chizmalar, na’munalar va boshqalar (Model-mulyajlar, diagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).
O`quv – uslubiy materiallar – o`quv materiallar, o`zlashtirilgan o`quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).
Ta’lim vositalari o`qituvchi va o`quvchi uchun, hamda dars o`tkazish uchun alohida variantlarini to`g`ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchi uchun vositalar: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo`yicha metodik tavsiyalar, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura.
O`quvchi uchun vosita darslik, o`quv qo`llanma yoki o`qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, turli-xil xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar.
Dars o`tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o`tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar.
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to`ldirishi ya’ni uyg`unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o`tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o`qituvchi qaysi vositani qachon qo`llashini mashg`ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.
Grafoproyektor – shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proyeksiyalash uchun qo`llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo`lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko`p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo`lmagan hollarda asosiy tushuncha g`oyalar va natijalarni o`qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to`g`ridan-to`g`ri yozib ko`rsatish ham mumkin.
Sinf doskasi – o`quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o`quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo`lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o`quv xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o`chirishga to`g`ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko`rsatish imkoni bo`lmaydi. Bundan tashqari o`qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo`ladi va uni eshitish qiyin bo`ladi.
Doska - stend – mashg`ulotlarda o`quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o`qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o`sha kattalikdagi qog`oz qo`yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg`ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska – stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o`zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr – mulohazalari va g`oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo`linadi.


Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling