Ilg'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish
Download 40.07 Kb.
|
Ilg\'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
Ilg'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish Mundarija: I Bob. Ilg'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanishning ilmiy asoslari... 1.1. Ilg'or pedagogik tajribalagning ahamiyati.. 1.2. Pedagogika fanining zamonaviy yutuqlari yo’nalishlari. II Bob. Ilg'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish metodikasi 2.1. Ilg'or pedagogik tajribalardan foydalanish 2.2. Pedagogika fanining zamonaviy yutuqlagіdan foydalanish tajribasi Xulosa Adabiyotlar ro’yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Har bir o‘quvchining ta’lim – tarbiya jarayonidagi faoliyati o‘ziga xos bo‘lib biri – birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda ko‘rish albatta noo‘rin. O‘quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv bo‘yicha takomillashtirish va amaliyotga joriy etishni taqozo etib kelmoqda. Bu haqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha ta’kidlaydi: “Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda” O`zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridanoq o`z mustaqil taraqqiyot yo`lining jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi amalga oshiriladigan tub o`zgarishlarning negizi milliy, ma`rifiy an`analarimizning zaminini yanada mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish orqali dunyoning zamonaviy ilg`or o`qitish usullari bilan boyitishga asosiy urg`u berildi. Bu esa o`z navbatida ta`lim tizimining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o`quv – tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlanishini taqozo etadi. Shu sababli ham pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ularning kasb mahoratini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish bugungi kunning muhim talabi sifatida qo`yilmoqda. Ta`limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta`sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi, muvaffaqqiyatini belgilab beruvchi vositalardandir.Ta`limga texnologik yondashuvning nazariy – metodologik tahlili shuni ko`rsatadiki, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi pedagogika fani taraqqiyoti darajasiga bo`lgan talablar bilan chambarchas bog`liq. Download 40.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling