Toshkent moliya instituti
Andijon fakulteti
Mustaqil ish:
Kurs:1-kurs
Talaba:Omonov Jamshid
Fan:Falsafa
Guruh:KBIA-60/23
Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoryalari
Reja:
.1.Rivojlanishning umumiy qonunlari
2. 2. Butun va bo`lak ,struktura va element kategoriyalari . Johon taraqqiyotining bir butunligi va
O`zbekiston uning targ`ibiy qismi . Taraqqiyotning o`zbek modeli : aloxidalik va umumiylik
Dialiktikasi.
Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan ularning
mohiyatini anglab etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni taqazo etishi mumkin.
Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas.
Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni anglab yetishimiz kerak. Bu asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish,
uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan
barqaror aloqani yaratib beruvchi qonunyatdir
Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi. Odatda, bu
olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir.
Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim o‘rganilayotgan hodisalar
haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli manbalarga tayanib ish tutadi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va jamlanishi kerakki,
hodisalarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash
imkonini beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin. Shunday so‘ng elementlarning
rang-barang munosabatlari orasida tizimning va tizim ayrim elementlarining har
qanday o‘zgarishlarida saqlanib qoluvchi umumiy, o‘zgarmas, invariant aloqalarni
aniqlash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |