2-Mavzu: Shaxsni shakllantirishda musiqaning roli Reja


Download 43.15 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi43.15 Kb.
#221647
Bog'liq
2-maruza.


2-Mavzu: Shaxsni shakllantirishda musiqaning roli
Reja:

1. Shaxs kamolotini rivojlantirishda musiqa san’atining roli.

2. Shaxs kamolotini o‘stirishda musiqa folklorining o‘rni.


  1. Musiqa o’qituvchisining ma’naviy axloqiy qiyofasi va unga qo’yilgan talablar.



Tayanch iboralar:


Musiqa – turli-tuman tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g’oyaviy emotsional mazmuniga ega bo’lgan san’atning bir turi xisoblanadi.

Musiqa estetikasi – musiqa san’atning moxiyati, badiiy shakllari va uslublarini o’rganadigan fan.


Shifokorlarning fikricha, cokin kuy yurak qon tomirlarining bir maromdagi harakatini ta’minlar, sho‘x kuy-qo‘shiqlar esa tushkun kayfiyatimizni ko‘tarishga yordam berar ekan.

Umuman, musiqa insonga hordiq berish bilan birga boshqa vazifalarni ham zimmasiga oladi. Aytaylik, u kishida madaniyatning shakllanishiga xizmat qilmog‘i, aqliy ozuqa bermog‘i lozim. Bu vazifani faqat yuksak mahorat bilan yaratilgan musiqa asarigina uddalay oladi. Bunday musiqa asarlarini esa qobiliyatli inson yarata oladi. Qobiliyatning shakllanishi tabiiy layoqatdan tashqari, ijtimoiy imkoniyat va sharoitga ham bog‘liqdir.

Musiqa jonsiz tanaga jon, ruhsiz vujudga ruh bag‘ishlagani haqida Sharqu - G‘arb ilmi, adabiyotda farazlar, afsonayu rivoyatlar juda ko‘p. Aksariyat mutaxassislar musiqaning yaratilishi inson zoti paydo bo‘lib, tabiat hodisalariga, hayvonlarga taqlid qilishdan, yo ilk bor kulib yoxud yig‘laganda chiqargan un-tovushlarga bog‘lab izohlaydilar. Ajdodlarimiz musiqani shifo, najot deb bilganlar.

Buyuk olim, dunyo tibbiyotining asoschilaridan biri bo‘lgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” kitobida musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, go‘dakning tarbiyasidagi ahamiyatini oddiygina ta’riflaydi: “Go‘dakning vujudi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onaning qo‘shig‘i (allasi). Birinchisi bolaning tanasiga, ikkinchisi-ruhiga tegishlidir”. Musiqaning inson hayotidagi o‘rni borasida ko‘p yozilgan va u, shubhasiz, davolovchi, aniqrog‘i, jism va ruhni muolaja qilish usullaridan bo‘lishi bilan birga, ma’naviy tarbiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hamdir.

Tarixiy manbaalardan ma’lumki, bobokalonimiz Amir Temur qaysi o‘lkani bosib olsa, undagi buyuk olimlar, katta ustalar, ulug‘ shoirlar, qatorida ulkan san’atkorlarni ham o‘z davlatining poytaxti Samarqandga olib kelar, shu yo‘l bilan o‘zining “poytaxt”ini dunyoning eng buyuk shahriga aylantirishga harakat qilgan edi. “Zubdatu-l-advor”, “Maqosidu-l-alxon” deb nomlangan musiqiy kitoblar yozgan Marog‘ali Abdulqodir va “Sharqiyya” ismli musiqiy kitob yozgan urumiyalik Sayfiddin Abdumo‘minga o‘xshagan ulug‘ musiqiy ustodlar ham shu keltirilganlardan edilar.

Amir Temurning nabirasi bo‘lmish yana bir dunyoga mashhur bobomiz ham podsho, ham olim Mirzo Ulug‘bek saltanatidan so‘ng, “go‘zal san’atlar” markazi Samarqanddan Hirotga ko‘chiriladi. Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning himoyalari ostida chig‘atoy adabiyoti, chig‘atoy musiqasining “oltin davri” Hirotda qurila boshlaydi. Hirotda Alisher Navoiy eng buyuk musiqiy ustodlarni, eng iste’dodli musiqiy talabalarni o‘z tarbiyasiga oladi. Ulardan Xoja Yusuf Burhon (A.Navoiyning musiqa ustozi), Usta Shodiy, uning shogirdi usmonli musiqashunoslaridan Zaynobiddin, Ustod Abdulqosim, andijonlik Mavlono Yusuf Badi’iy (Husayn Bayqaroning musiqiy muallimi), tanburga bir tor orttirgan Mahmud Shayboniy, Habibulloyiy changiy, Muharramiy changiy, Aliyshunqor mehtar Shamsuddin nog‘orachi, mehtar Ahmad nog‘orachi, Aliyjon g‘ijjakiy, Qulmuhammad Shayx Noyiy, Husayn Udiylar u zamonning ulug‘ musiqiy ustodlari va mohir ijrochilaridan edilar.

A.Navoiy ularning amaliy ijrolari bilan bir qatorda nazariy bilimlarini oshirishlariga ham alohida e’tibor bergan. Ularning ma’lumotlarini oshirish uchun musiqiy risolalar ham yozdirgan. Navoiyning o‘zi “Xamsatu-l-mutahayyiriyn” degan kitobida ustod Qulmuhammadning shogirdlik vaqtida juda iste’dodli ekanini, har narsani bot o‘rganib, yaxshi chalg‘anini so‘ylaydir-da, musiqiyda uning nazariy ma’lumotini orttirmoq uchun to‘rt buyuk ustodga to‘rtta musiqiy risolasi yozdirg‘anini risolalarni fanni ta’lim yog‘idan yararliq topmag‘ani uchun eng so‘ng Mullo Jomiydan so‘rab, beshinchi risola yozdirg‘anini xabar beradir (Abdurauf Fitrat “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” risolasi 43-bet).

Demak, musiqa ilm sifatida juda qadim zamonlardan buyon avlod-ajdodlarimiz tomonidan chuqur o‘rganilgan va bizgacha ajoyib kitoblar, risolalar, asarlar kabi ko‘rinishda yetib kelgan. Hozirgi kunda Respublikamizda 300dan ortollej va liSTeylari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at institutiiq bolalar musiqa va san’at maktablari, 20 dan ziyod musiqa, madaniyat va san’at k, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti, O‘zbekiston san’atshunoslik ilmiy-malakaviy ish institutlarida ham bu jarayon davom etib kelmoqda.

II. Xalq musiqa folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzu-umidlari, ularning turmush tarzi, ahloqi, soSTial va milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. Xalq musiqasining mavzu jihatidan keng qamrovligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rniga muvofiq ular ikki guruhni tashkil etadi.

1. Ma’lum vaqt va ma’lum sharoitda ijro etiladigan qo‘shiq-ashulalar va kuylar. Bular oilaviy marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, ayollar va boshqa turli tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan kuylardir.

2. Istalgan vaqt va har qanday sharoitda, ya’ni hamma joyda ijro etiladigan qo‘shiq va cholg‘u kuylardir. Ulardan o‘zbek xalqining an’anaviy musiqali folklor janrlari - terma (chublama), qo‘shiq (tor ma’noda), lapar yalla va ashula kabi janrlar kiradi.

Xalq ijodidagi barcha janrlar keng qamrovli va serqirraligi ularninig tadqiq etish darajasi qanchalik keng bo‘lmasin baribir turli mulohazalarga muxtojdir. Mavjud janrlarning har biri o‘ziga xos xarakterni belgilaydi.



Masalan, ijro etilishi ma’lum vaqt sharoit bilan bog‘liq birinchi guruh ashula, qo‘shik janrlarining mavzui o‘ziga xos marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog‘lik bo‘lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Bosh mavzuda ba’zan uchrab turadigan chetlashishlar, lirik o‘ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo‘yliklar doirasida bo‘ladi. Misol sifatida kelinning kuyov uyiga kuzatilayotgan paytida odatda ijro etiladigan «yor-yor»ni keltirish mumkin.

To‘y marosim qo‘shiqlarining mavzuyi kelinni maqtash, pand nasihatlar, kelinning kuyov uyidagi odob qoidalari, sodir bo‘layotgan marosimning ko‘tarinkiligi haqida obrazli poetik taqqoslashlar bilan chegaralaniladi. Taxlil jarayonida shuni kuzatish mumkinki, bu qo‘shiq tor diapazon asosida, ikki qismli bo‘lib, xar biri she’riy misrani o‘ziga kamrab olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan tashkil topgan. Ma’lumki “yor-yor”- larning yo‘nalishlarida o‘ziga xos variantlar ham mavjuddir. (Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Chimkent va boshqalar)

Ularnig xar biri o‘zining tuzilishi, tartibi, ohang xarakteri, emoSTional ta’sirchanligi bilan farqlanadi. Shuni aytish kerakki, marosim bilan bog‘lik qo‘shiqlardan farqli o‘laroq marsiya, yig‘i-yo‘qlovlar uchun badiha tarzida rivoj va metroritmik erkinlik xarakterli janrlar ham uchraydi. Ular “Sadr”, “Jaxrxonlik” deb ataluvchi marosim bilan bog‘liq. Odatda marhumning jasadini olib chiqish oldidan ayollar tomonidan aytiladi.

O‘zbek musiqa folklorida mehnat qo‘shiqlari ham alohida o‘rin egallaydi. Garchi ular mehnat jarayoni bilan xarakterlansada, lirik o‘ychanlikning nasriy bayoni katta ahamiyat kasb etadi. Misol sifatida:

“Mayda”, “Yozi”, “Yorg‘ichoq”, hayvonlarni sog‘ish paytida ijro etiladigan “Xo‘sh-xo‘sh”, “Chiray-chiray” kabilar misol bo‘la oladi.

Xalq ijodida termalar ham ma’lum darajada rechitativligi, tor diapazondaligi va ixchamligi bilan xarakterlanadi. Ularning matni turlicha mazmunda bo‘lib, ko‘pincha barmok vaznida yetti-sakkiz bo‘g‘inli misralardan tashkil topadi.

Baxshilar tomonidan ijro etiladigan rivojlangan shakldagi termalarda deyarli ko‘proq bo‘g‘inlarni uchratish ham mumkin.

Mavzuyimizning diqqat markazida turgan “qo‘shiq” janrining boshqa ijrochilik janrlarga nisbatan umumiy tarzda ifodalnishiga qaramay xalq musiqiy merosida janr sifatida “qo‘shiq” kichik diapazonli kuylardan tashkil topgan. Barmoq vaznidagi poetik matn to‘rtlikdan iborat bir bandni (yoki bir - ikki misrasini) qamrab oladi. Ayni paytda har bir she’riy misraga tugal melodik tuzilma moslashtirilgan bo‘ladi. Qo‘shiq keng tarqalgan janrlardan bo‘lib, o‘z mazmunining xilma-xilligi, ko‘p qirraligi bilan o‘ziga xoslikni belgilaydi.

Qo‘shiq kuylari uchun ritmik ravonlik va aniqlik xarakterlidir.



Qo‘shiqda har bir misradan so‘ng naqorat so‘z va shuningdek har bir navbatdagi banddan (yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni ham juda qo‘p uchratish mumkin. Qo‘shiq musiqali poetik asoslarining ko‘pgina belgilari lapar uchun ham (garchi u naqoratsiz bo‘lsada xarakterlidir.

Lapar - raqsbop kuyga ega bo‘lib, qo‘pincha o‘yin raqs bilan ijro etiladi. Laparni, odatda ikki qo‘shiqchi o‘yin-raqs bilan ijro etadi. Uning matnlari asosan ishqiy-lirik yoki didaktik, yumoristik, hazil she’rlardan tashkil topadi.



Bunga misol sifatida yigit va qiz o‘rtasidagi dialog bir xil kuyning takrorlanishida ijro etiladi. Dialog matni turlicha kuyga asoslangan bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda tekstning ikkinchi (javob) bandi qo‘shiqning birinchi (va xar bir keyingi) - savol bandidagi ohangni rivojlantiruvchi kuy tuzilmasiga mos keladi. Shuningdek Xorazmda raqs jo‘rligida yakka ijrochi aytadigan qo‘shiqlar ham lapar deyiladi. Garchi mazmunan bir xil bo‘lsada ikki turi qo‘shiqdan, o‘z kuyining raqsbopligi bilan farqlanadi.

Nazorat savollari:


  1. Madaniy hayotimizda musiqa qanday axamiyatga ega?

  2. Barkamol insonni shakllantirishda musiqa o’qitishning maqsad va vazifalari qanday?

  3. Musiqa o’qituvchisining oldiga qanday талаблар qo’yilgan?

  4. Musiqa o’qituvchisining maktab hayotida tutgan o’rni.

  5. Yangi dasturni o’ziga xos xususiyatlari va mazmuni nimadan iborat?

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling