1. Rivojlanishning umumiy qonunlari Butun va bo`lak,struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va


Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi


Download 107.96 Kb.
bet2/13
Sana03.11.2023
Hajmi107.96 Kb.
#1744041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mustaqil ish Falsafa Omonov jamshid

Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa
Ularning uchta turi mavjud. 
Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy 
nazar mavjud va amal qiladi.
Fan qonunlari odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining 
ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi. Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‘z 
predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarga
aniqliklar kiritadi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‘lsa, uning 
qonunlarining mohiyati shuncha keng bo’ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga 
ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan qonunlar 
umumiyroq qonunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi fikr 
etilgan qonunlardan ularning oqibatlari keltirib chiqadi
Masalan, geometrik optikada yorug‘likning aks etish va sinish qonunlari 
elektromagnit to‘lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‘z 
navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan 
kelib chiqilgan holda xulosa qilamiz
Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining bazis va 
lokal sharoitlarini farqlash lozim. Bazis sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish 
sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal 
qila olmaydi (ular yo‘q bo‘lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo‘q 
bo‘ladi). Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi sharoitlar 
kiradi .qonun bu sharoitlarning har qanday variatsiyasida o‘z kuchini saqlab 
qoladi, lekin ularning o‘zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining 

o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u 
bazis sharoitlarga nisbatan invariant bo’lmagan usulda qo’llaniladi.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning, og‘irlik 
kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan 
Arximed qonuni noinvariantdir: bu narsalar bo’lmasaqonunyatlar ham bo’lmaydi. Bu 
erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli 
lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal 
qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suv ustida yuradi,ayrim hollarda esa suv ostiga cho’kadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan 
natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis 
sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini 
to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
Hodisalarning 
muntazamligi, 
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling