Ilg'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish
Pedagogika fanining zamonaviy yutuqlari yo’nalishlari
Download 40.07 Kb.
|
Ilg\'or pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish
1.2 Pedagogika fanining zamonaviy yutuqlari yo’nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin ta‘lim tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, oxirgi bir necha yil mobaynida, jumladan akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ta‘limning zamonaviy pedagogik yo‘nalishlariga o‘tish va o‘qitish tizimini tubdan isloh qilish chora tadbirlari amalga oshirildi. Bunga misol sifatida 2012-yil 28 maydagi ―Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar‖ to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori haqida gapirish mumkin. Unga ko‘ra: Qayd etib o’tilsinki, respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oliy ma‘lumotli o’qituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga keltirilgan. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 1537 ta o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida 214 ta talab etilayotgan yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha 115,8 ming nafar pedagog xodimlar kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqdalar, ularning 90,6 foizi oliy ma‘lumotga ega, o’qituvchi kadrlarning 70 foizdan ko’prog’i 40 yoshgacha bo’lgan yuqori malakali mutaxassislardir. Shu bilan birga, maxsus komissiyalar tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning rahbar va pedagog kadrlarini tanlash tizimida, avvalambor, ularning malakasi yetarli emasligi hamda qo’yilayotgan talablarga muvofiq emasligi bilan bog’liq jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud. Kasb-hunar kollejlarini o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta‘limi ustalari bilan ta‘minlash ko’p jihatdan ularning tegishli bazaviy tayyorgarligini, pedagogik va amaliy ish tajribasi mavjudligini hisobga olmasdan rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda. Natijada o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimida o’quv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinmagan, mashg’ulotlar asosan an‘anaviy maktab ta‘limi uslublariga tayangan holda o’tkazilmoqda. Zamonaviy ilg’or pedagogik va yangi kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet ta‘lim jarayoniga sust joriy etilmoqda. Kasb-hunar kollejlarini xorijiy tillardan dars beruvchi malakali mutaxassislar bilan ta‘minlashga yetarlicha e‘tibor berilmayapti. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo’lgan kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi. 12 O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan ta‘minlash tizimini tubdan yaxshilash, o’sib borayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maxsus komissiyalar tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin, ularni kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlar bilan ta‘minlashga, ilg’or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etishga alohida e‘tibor qaratilsin. Ko’rilgan chora-tadbirlarning natijalari to’g’risida 1 sentabrga qadar va 2012- yil yakunlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga ma‘lumot berilsin. 2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimi boshqaruv organlarining rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimi boshqaruv organlarining rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev) O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlarining rahbar kadrlar bilan ta‘minlanganligini tanqidiy ko’rib chiqsin, ushbu masalada ishlarni tegishli darajada tashkil etilishini ta‘minlamagan shaxslarni javobgarlikka tortsin hamda kollejlarning rahbarlar tarkibini yetarlicha pedagogik ish tajribasiga ega bo’lgan kasb jihatdan tayyorlangan mutaxassislar bilan mustahkamlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijalari to’g’risida 1 avgustga qadar va 2012-yil yakunlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin. 4. Amaldagi qonun hujjatlari bo’yicha o’rnatilgan tartibga ko’ra, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning direktorlari ikki yilda bir marta, o’qituvchi kadrlar esa har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o’tkazilishlari kerakligi ma‘lumot uchun qabul qilinsin. Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda, ikki oy muddatda o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarining o’qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta‘limi ustalarini attestatsiyadan o’tkazish hamda malaka toifalarini berish tartibi to’g’risidagi Nizomni tanqidiy qayta ko’rib chiqsin va o’zgartirishlar kiritsin. Bunda o’qituvchilar tarkibining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet tarmog’idan foydalanish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi majburiy ekanligiga alohida e‘tibor qaratilsin. 5. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi: ta‘lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalari (―case study‖ uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o’qitish, ―amaliy o’yin‖, interfaol ta‘lim uslubi va boshqalar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta‘lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tomonlama o’rganib chiqsin; chet el tajribasini inobatga olgan holda, uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun yangi o’quv rejalari va dasturlarini qaytadan ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlansin, ularda an‘anaviy maktab ta‘limi uslublaridan voz kechib, amaliy mashg’ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha soatlar ko’paytirilishini nazarda tutsin; ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning ta‘lim jarayoniga ilg’or pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng ko’lamda joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. Vazirlik, O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi va uning hududiy tuzilmalarining rahbarlari mazkur chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo’lishlari to’g’risida qattiq ogohlantirilsin. 6. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi tarmoq (bazaviy) kasb-hunar kollejlari huzurida o’qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qo’llash asosida ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallashlari bo’yicha doimiy faoliyat yuritadigan seminarlarni tashkil qilsin. Ushbu seminarlarni o’tkazish uchun mazkur texnologiyalarni egallagan mutaxassislarni shtat asosida taklif qilishga ruxsat berilsin. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi vazirlik va markazning mansabdor shaxslari, oliy o’quv yurtlarining yetakchi o’qituvchilari ichidan ushbu seminarlarni o’tkazish uchun mas‘ul shaxslarni biriktirib qo’ysin, seminar ishini muntazam nazorat qilib borsin, zarur o’quv-uslubiy yordam ko’rsatsin. 7. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi oliy ta‘lim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun o’qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi va sifati ustidan qattiq tizimli nazorat o’rnatsin, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi bilan bir qatorda, ularning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni egallashlariga, pedagogik amaliyotni kollejlar va litseylarda majburiy ravishda o’tishlariga alohida e‘tibor qaratsin. Pedagogik ishlar, ochiq darslar va ularni o‘tkazish O‘quvchilarga ta‘lim va tarbiya berishda kasb ta‘limi o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. Ta‘lim-tarbiya jarayonining ahvoli, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘qituvchi kasbiy malakasiga, pedagoglik mahoratiga, madaniyat darajasiga bog‘lik. Yakka tartibdagi uslubiy ish butun o‘quv yiliga tuzilgan reja bo‘yicha olib boriladi. Unda o‘qituvchi muhandis-pedagog o‘z pedagog mahoratlarini va o‘z bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida yakka tartibdagi uslubiy topishiriqlar nazarda tutiladi. Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik mavzular bo‘yicha ma‘ruzalar tayyorlash; o‘quv dasturning eng qiyin mavzulari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tuzish; anchagina mehnat qilinishi talab qilinadigan muammoli izlanish ishlarini belgilaydi. Bu topshiriqlar har bir pedagog uchun majburiy minimum hisoblanadi. Har bir pedagog, muhandis-pedagog ish rejasi to‘rtta bo‘limdan tashkil topishi kerak: 1. G‘oyaviy-siyosiy saviyani oshirish. 2. Uslubiy-pedagogik mahoratini takomillashtirish. 3. O‘qitilayotgan mehnat turi sohasidagi ilmiy-texnikaviy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish. 4. Pedagog mehnatini ilmiy asosda tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarini takomillashtirish. . Bu reja uslubiy kengash majlisida ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi. Bu rejaning bajarilishi hakida o‘qituvchilar bilan muhandis-pedagoglar hisobotlari eshitilib turiladi. G‘oyaviy-siyosiy saviyani oshirish - materiallar ishlab chiqilayotganda hozirgi zamon hayoti va ishlab chiqarishni nazarda tutish kerak. Kasb ta‘limi o‘qituvchisi yoshlarga mehnat tarbiyasi va politexnik ta‘lim berishning mohiyati ancha to‘la yoritilgan asarlarni, prezident qarorlarining kasb-hunarga oid hujjatlarini tasniflanishi, siyosiy seminarlar va nazariy konferensiyalar ishida qatnashish, matbuot, radio, televidenie orqali hozirgi siyosat bilan tanishish va amaliy ishda qo‘llash. Uslubiy-pedagogik mahoratini takomillashtirish - tayyorlanadigan ma‘ruzalar, ko‘rsatmalar, tavsiyalarda o‘quvchilar bilan bo‘ladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlari shaklini mukammallashtirib borish nazarda tutiladi. Kasb ta‘limi o‘qituvchisining o‘z ustida mustaqil ishlashi kasb-hunarga oid ilmiy jurnallar va asarlar bilan muntazam tanishib borishi, uslubiy mahoratida esa mashg‘ulot olib borish sifatini takomillashtirib, bunda yangi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish masalasini yechish, ilg‘or pedagogik tajribalarni esa boshqa o‘qituvchilar orasida yoyishga yordam berishdir. Nazariya bo‘yicha darslarga tekshirish uchun kirgan o‘qituvchi darslarning kalendar mazuli reja va har bir dars bo‘yicha rejasi hamda dars o‘tish uchun ma‘ruza matn borligiga; dars mavzusi bo‘yicha tuzilgan reja va dasturga mos kelishiga; ta‘lim vositalaridan unumli foydalanilayotganligiga; darsda o‘quv tarbiyaviy ishning qo‘yilishi va uning amalga oshirilishini, qo‘yilgan maqsadni hal etish uchun tanlangan dars turining maqsadga muvofiqligiga baho berish; darsning strukturasini to‘g‘ri tanlanganligiga, vaqtning sarflanishiga o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligiga e‘tibor berish kerak. O‘qitilayotgan mehnat turi sohasidagi ilmiy-texnikaviy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish – ilg‘or texnologiya va ratsional mehnat usullarini, texnika yangiliklarini muntazam o‘rganib borish, ilmiy-texnikaviy seminarlarda qatnashish, texnikaga oid mavzulardagi ma‘ruzalarni eshitib borish, ko‘rgazmalarga borib turish, ilg‘or korxonalarga o‘tkaziladigan ekskursiyalarda qatnashish va hokazolar orqali erishiladi. Amaliy ko‘nikmalar va malakalar kasb ta‘limi o‘qituvchilarining malakali metodistlar va ishlab chiqarish ilg‘orlari rahbarligida ilg‘or ish usullarini egallash yo‘li bilan takomillashtiriladi. Download 40.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling