Muhammad al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti.
Mustaqil ish:
Mavzu: Ma`lumotlar bazasini rejalashtirish loyihalash va administratorlash
Bajardi: Mirkarimova Diyora Muzaffar qizi
Tekshirdi: Kuvnakov Avaz Ergashevich
Guruh-710-22
1. Axborot tizimlari komponentlari 2. Malumotlar bazasini rejalashtirish. 3. Malumotlar bazasini loyihalash.CASE vositalari 4. Ma`lumotlar bazasini boshqarish Reja: Ma`lumotlar bazasi • MB – turli ma’lumotlarni saqlash va kerak bo’lganda ularni olish • MBBT – Ma’lumotlarni yozish, olish, manipulatsiya qilish (amallar bajarish) va ularni tasvirlashga yordam beradigan dastur tizimi • Bular Tashkilotlarga to’g’ridan –to’gri rivojlanishi uchun ta’sir qiladi (Strategik, taktika, operation) Ma'lumotlar bazasini rejalashtirish - ma'lumotlarning tuzilishi va saqlanishini aniqlash jarayoni. U ob'ektlar, atributlar va ular o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashni, shuningdek ma'lumotlarni saqlash uchun normallashtirilgan jadvallarni ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Ma`lumotlar bazasi Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |