Mavzu: Milliy g'oyaning umum mafkuraviy jarayonlar bilan bog'liqligi Reja: Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi


Download 10.88 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi10.88 Kb.
#1539814
  1   2   3
Bog'liq
Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi Milliy g‘oya va mafkuralar tar-azkurs.org


Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi Milliy g‘oya va mafkuralar tarixi Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi

Mavzu: Milliy g'oyaning umum mafkuraviy jarayonlar bilan bog'liqligi
Reja:

  • Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi

  • Milliy g‘oya va mafkuralar tarixi

  • Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi

“Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi - Vatanimiz mustaqilligining milliy-ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ma’naviy meros, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalangan holda kelgusi, zamonaviy baxtli hayotimizni tashkil etishda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


SHu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda milliy g‘oyalarimizning tarixiy asoslarini chuqur o‘rganishni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda ulardan oqilona foydalanish. Ular asosida, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, buyuklardan meros bu Vatanni asrab-avaylash, uning buyuk kelajagini tashkil etish kabi muqaddas tuyg‘ularni shakllantirish mazkur fan shakllanishining asosiy maqsad-yo‘nalishlaridan biridir.
“Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” ob’ekti - xalqimizning tarixiy, milliy –ma’naviy merosi, qadriyatlari, maqsad va mo‘ljallari, demokratik prinsiplarini namoyon bo‘lishining umumiy va milliy xususiyatlarini o‘rganish.
Mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida tarixiy, milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish.
Fanning predmeti – milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy ildizlari, xalqimizning ma’naviy merosi va qadriyatlarining shakllanishi, umuminsoniy demokratik prinsiplar, milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalarining o‘zaro munosabati, uni taqozo etuvchi umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari.
Fanning maqsadi – milliy g‘oyaning shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini o‘rganish, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berish.
Fanning vazifalari – milliy g‘oyaning shakllanish va rivojlanish tarixi va nazariyasi bilan bog‘liq asosiy tushuncha va tamoyillar asosida yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va xalqqa hurmat ruhini oshirish, yoshlarning ogohligini va sezgirligini kuchaytirish hamda ularni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida birlashtirish va safarbar etish.
G‘oyalar – inson tafakkuri mahsuli sifatida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi, inson va jamiyatni muayyan harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikrlardir. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G‘oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Mazmun va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Ular: ilmiy g‘oyalar, falsafiy g‘oyalar, diniy g‘oyalar, badiiy g‘oyalar, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, milliy g‘oyalar, umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.
G‘oyalar qaysi tarixiy davrlarda qanday xususiyat, qanday tarkibga bo‘linishidan qat’iy nazar ularning maqsadida ijtimoiy faoliyat mavjud bo‘lib ular kishilarni etaklovchi, safarbar etuvchi xarakterga ega.
G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini, azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi. YA’ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajavuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan.
Yigirmanchi asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda.
Milliy istiqlol mafkurasi mamlakatimiz aholisining asriy an’ana va urf-odatlarini, o‘zligimizning asosiy xususiyatlarini mujassamlashtirib, jamiyatimiz, mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu muddao va vazifalarni aniq-ravshan aks ettirmog‘i zarur. Toki har bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat, qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti”O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” kitobida bu masalalarni chuqur, ilmiy asosda, atroflicha yoritib bergan.
Bizning bosh strategik maqsadimiz – bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. YUrtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, miillati, tili va dinidan qat’iy nazar, munosib hayot sharoitini yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlanlagan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirish O‘zbekiston Mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-mudaolarini, milliy istiqlol mafkurasaining mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish dolzarb vazifalardan biridir.

Download 10.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling