Mavzu: milliy hisoblar tizimi va o’zbekistonda unga o’tishning vazifalari reja: kirish


Download 68.3 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2023
Hajmi68.3 Kb.
#1274414
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milliy hisoblar tizimi va uning O\'zbekistondagi vazifalari


MAVZU: MILLIY HISOBLAR TIZIMI VA O’ZBEKISTONDA UNGA O’TISHNING VAZIFALARI
REJA:
KIRISH
. BOB. MILLIY HISOBCHILIK, UNING YUZAGA KELISH TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI
1.1. Milliy hisobchilik tushunchasi, yuzaga kelish tarixi va taraqqiyot bosqichlari
1.2. Milliy hisoblar tizimidagi asosiy tushunchalar va tasniflar
. BOB. O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA SCHYOTLAR TARKIBI VA HISOBLASH USULLARI
2.1. Schyotlar sxemasi va tarkibi
2.2. Milliy hisoblar tizimida ko’rsatkichlarni o’zgarmas baholarda hisoblash
XULOSA

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………….….3
. BOB. MILLIY HISOBCHILIK, YUZAGA KELISH TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.

    1. . Milliy hisobchilik tushunchasi, yuzaga kelish tarixi va taraqqiyot bosqichlari………………………………………………………………...…....4

    2. . Milliy hisoblar tizimidagi asosiy tushunchalar va tasniflar………………….12

. BOB. O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA SCHYOTLAR TARKIBI VA HISOBLASH USULLARI
2.1. Schyotlar sxemasi va tarkibi………………………………………………….19
2.2. Milliy hisoblar tizimida ko’rsatkichlarni o’zgarmas baholarda hisoblash…...32
XULOSA ………………………………………………………………………...40
FAR……………………………………………………………………………….41

KIRISH Mamlakat iqtisodiyoti holatini ko'z bilan ko'rib, uning to'g'risida to'la va to'g'ri tasavvurga kelish qiyin. Bir qarashda, hayot farovonday ko'rinishi mumkin, yoki aksincha, lekin uning nimalar evaziga bo'lganligini, kelajakda bizni nimalar kutayotganligini bilish va mushohada qilish murakkab va keng qamrovli masala. Bu masalani to'g'ri anglash va yechimlarini topish ko'p jihatdan iqtisodiyotda faoliyat ko'rsatayotgan kadrlarning malakasiga, mamlakatda yaxshi yo'lga qo'yilgan hisobot va statistika tizimiga bog'liqdir. Mustaqillikka erishgungacha bo'lgan davrda O'zbekistonda hisobot va statistika tizimini takomillashtirishga yo'naltirilgan birorta ilmiy dargoh bo'lmagan. 1992-yilning boshida mamlakatda hisobot va statistika tizimini takomillashtirish maqsadida hukumat qarori qabul qilindi. O'zbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan, bozor iqtisodiyotiga mos bo'lgan hisobot va statistika tizimini amaliyotga tatbiq etish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan respublikada bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o'tgan vaqt mobaynida bojxona, to'lov balansi va baho statistikasi barpo qilindi. Moliya, byudjet, bank, aholi, mehnat, ijtimoiy va ishlab chiqarish tarmoqlari statistikalari xalqaro andozalarga mos ravishda takomillashtirildi. Bozor munosabatlariga mos tarmoqlar, sektorlar, operatsiyalar tasniflari amaliyotga tatbiq etildi. Bozor munosabatlariga mos bo'lgan ishlab chiqarish va daromad konsepsiyalari va ularning hisobot tizimlari amalda ishlatilyapti. Tarmoqlararo balans jadvallarini tuzish ishlari boshlab yuborildi. Iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi yangi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi bunyod etildi va amaliyotga tatbiq etildi. Xo'jalik yurituvchi birliklarning yagona davlat ro'yxati tashkil qilindi. Hisobga olish usullari zamonaviy kompyuterlar asosida takomillashtirildi. Darhaqiqat hozirgi kunda tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e'tibor bergan holda, o'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlami takomillashtirish eng dolzarb va asosiy vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Davlat statistika departamentida milliy hisoblarni tuzadigan bo'limlar tashkil etildi. Hozirgi kunda mamlakatda milliy hisobchilik asoslarini egallagan yuzlab malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. Oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlariga milliy hisobchilik asoslarini yorituvchi kurslar kiritildi. Mamlakatning ravnaqi birinchi navbatda rahbar va ishbilarmonlarning, iqtisodchi olimlarning, qolaversa xalqning bilim saviyasiga bog'liq. Hayotimizning darajasi va har bir daqiqasi iqtisod bilan bog'liq. Eng asosiysi bu kuchni va resurslarni to'g'ri yo'naltirish va ulardan oqilona foydalanish yo'llarini bilish kerak. Buning uchun, iqtisodiyotning hozirgi holatini bilgan holda uning farovonlikka olib keladigan rivojlanish yo'lini amalga oshirish kerak.
. BOB. MILLIY HISOBCHILIK, YUZAGA KELISH TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.


  1. Download 68.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling