Mavzu: milliy iqtisodiyotni agrar sektoridagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari mundarija
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Download 1 Mb.
|
MILLIY IQTISODIYOTNI AGRAR SEKTORIDAGI ISLOHOTLARNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
2.3. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
Sektor radikal islohotga muhtoj, uning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: - ayrim ekinlar uchun yerni majburiy kvotalashni bekor qilish (agar davlat buyurtmasi saqlanib qolsa-da, fermerlarga ishlab chiqarish tarkibini optimallashtirish uchun yerlardan erkin foydalanish imkoniyati berilishi kerak). - paxta va g‘alla ishlab chiqarish bo‘yicha rejalashtirilgan maqsadli dasturlar amaliyotidan voz kechish (agar bir vaqtning o‘zida bo‘lmasa, keyinchalik rejalashtirilgan maqsadlarni kamida bosqichma-bosqich, yillik qisqartirish). - paxta va bug‘doy uchun erkin va raqobatbardosh bozorlarni shakllantirish va rivojlantirish. - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha barcha ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etish. - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun resurslar va xizmatlar uchun erkin va raqobatbardosh bozorlarni shakllantirish va rivojlantirish. - qishloq xo‘jaligi yerlarini xususiy mulkka egalik qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda yer lizing huquqlarini mustahkamlash, mavjud lizing shartnomalarini himoya qilish. Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi. XULOSA Agrar munosabatlar – bu qishloq xo’jaligi subyektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning keng doirasidir. Ayniqsa, mehnatda band aholining sezilarli darajada katta qismi qishloq xo’jaligida band bo’lgan mamlakatlar uchun agrar munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot sohalarida band bo’lgan aholining uchdan bir qismi qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilmoqda. Agrar munosabatlar deganda biz, qishloq xo’alik ekinlarini ekish, yetishtirish, ishlov berish, yig’ib-terib olish, xom ashyo mahsulotiarini qayta ishlash, qishloq xo„jalik oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, ayirboshlash, daromadni taqsimlash bilan bog’liq agrosanoat majmui jarayonida subyektlar hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslaming ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟rifiy va tashkiliy-texnikaviy jabhalardagi faoliyatni tushunamiz. Aholini qishloq xo’jalik mahsulotlariga boigan ehtiyojlarini qondirish, qishloq xo’jalik infratuzilmasini rivojlantirish, mulkchilikni shakllantirish, mahsulotni yetishtirish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish bilan ijtimoiy munosabatlami tartibga solishda qishloq xo’jaligiga oid xususiy tamoyillar, institutlar, qoida-talablar va tuzilmalar bilan birgalikda boshqa asosiy sohalarining ma’lum bir jarayonidagi munosabtlami tartibga solishga qaratilgan qoida-talablari keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jalik sohasi sifatida keng qamrovli, ko’p qatlamli tizimdan iboratdir. Qishloq xo’jalik yersuvlaridan foydlanish va muhofaza qilish bilan bog’liq munosabatlar ekologiya, yer va suv qonunchiligi; qishloq xo’jaligida mehnat bilan bog’liq jarayonlar mehnat huquqi; mulkiy va xo’jalik yuritish jarayoni fuqarolik va xo’jalik qonunchiligi; agrosanoat majmuini boshqarish esa ma’muriy qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy - huquqiy shakllari respublika mustaqilligining dastlabki yillaridayoq to’g’ri yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik to’g’risida”gi qonunga (1992-y.) ko’ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat: - yakka tartibdagi mehnat faoliyati; - ayrim fuqaro tomonidan yo’llanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi; - bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi. Tadbirkorlik faoliyatini tadbirkorlik subyektlari tomonidan (korxona) tuziladi. O’zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ulaming faoliyat ko’rsatishi, qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O’zbkiston Respublikasi “O’zbekiston Respublikasidagi Korxonalar to’g’risida”gi qonuni (1994-y) bilan tartibga solindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy tizimida yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik faoliyatining eng oddiy shaklidir. Yakka mehnat faoliyati tarixda hunarmandchilik va oilaviy mehnat bilan shug’ullangan. Yakka mehnat qiluvchining faoliyati qonun hujjatlarida soddalashtirilgan tartibda belgilangan. Yuridik shaxs maqomini olmay faoliyat yuritish qonun hujjatlarida ruxsat etilmagan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro’yxatdan o’tkazish to'ovini olish va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi qonunga (2011-y.) muvofiq amalga oshiriladi. Tadbirkor mahsulotlami tayyorlash va sotish bilan shug„ullanish mobaynida yoTlanma mehnatdan foydalansa, u yuridik shaxs hisoblanib uni O’zbekiston Respublikasining ‘Korxonalar to’g’risida’gi, (1994-y) ‘Tadbirkorlik to’g'risida’gi, (1992-y) ‘Mulkchilik to’g’risida’gi (1990-y) qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Qishloq xo’jaligida xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan ‘Fermer xo’jaligi to’g’risida’, ‘Dehqon xo’jaligi to’g’risida’, ‘Qishloq xo„jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida’gi qonunlarida o’z ifodasini topgan. Ishlab chiqarish kooperativlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy shakli bo’lib, yirik tovar xo’jaligi ekanligi bilan ajralib turadi. Xo’jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir neehta shaxsning birlashuvidir Xo’jalik jamiyati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir shaxs yoki bir nechta shaxsning mulklarini birlashtirish (ajratish) yo„li bilan tashkil etiladigan korxonadir. Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari to’liq shirkat, kommandit shirkat, ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksionerlik jamiyati kabi shakllarga ega. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi subyektlar shirkat xo'jaligi, dehqon va fermer xo’jaliklari uning shakllari deb ham yuritiladi. Sho’ba va qaram korxonalarga quyidagi ta’rif berilgan: Ustav fondiga hissa qo’shishda xo’jalik jamiyatida ishtirok etgan jamiyat sho’ba xo’jalik jamiyati deyiladi. Ustav fondida ishtirok ustun mavqega ega bo’lgan xo'jalik asosiy xo’jalik deyiladi. Qaram xo'jalik jamiyatlari ancha boshqa iqtisodiy statusga ega. Xo’jalik jamiyatida qatnashuvchi jamiyatning biri 20 % dan ko’proq yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondining yigirma foizidan ko’prog’iga ega bo’lsa, ikkinchi jamiyat qaram xo’jalik jamiyati deyiladi. Bunday jamiyat ham yuridik shaxs hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperativlari fuqarolaming shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolarning ishtirokchilaming mulk bilan qo’shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo„jalik faoliyatini olib borishi uchun a’zolik negizida ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi. Kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning turli xil iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy rasmiylashtirilgan shirkat (jamoa) mulki shakliga asoslangan o’z xohishi bilan birlashuvini aks ettiradi. Unitar korxonalar tadbirkorlik korxonalari o'rtasida alohida o’rin egallaydi. O’zi mulk egasi bo’lmasdan unga mulkdor tomonidan berilgan mulk asosida faoliyat yurituvchi tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling