1-rasm. O’zbekiston Respublikasidagi uzluksiz ta’lim tizimi
Mana shu maqsadni amalga oshirish uchun 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabul kilindi. Ushbu dastur 12 yillik ta’limga o’tishni, uzluksiz ta’lim tizimini yaratishni kuzda tutadi. Bu dasturning asosiy yangiligi akademik litseylar va kasb xunar kollejlarining joriy qilinishi bo’ldi. Oliy ta’lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o’tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 65 ta oliy ukuv yurtida 850 yo’nalish va mutaxassislik bo’yicha 300 mingga yakin talaba bilim olmokda.
O’tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o’quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar yo’naltirildi.
O’zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlarning amalga oshirilishi natijasida zamon talablariga mos keladigan samarali bosqich va shakllarni o’z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi (1-rasm).
Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga yo’naltirilayotgan harajatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Xolbuki, jahon tajribasida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Bu ma’lumotlar iktisodiyotni modernizatsiya kilish va mamlakatimizning rivojlangan mamlakatlar katoriga qo’shilishi uchun ilm fan salohiyati, kadrlar tayyorlash salohiyati yetarli deb xulosa qilishimizga asos bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |