Mavzu. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar Reja
Download 69.64 Kb.
|
6-Mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 . 2. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi
Jadvaldan ko’rinadiki, yuqorida bayon etilgan murakkab va qiyin sharoitda ham iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalarida iqtisodiy o’sishning yuqori va barqaror sur’atlari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2014 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2013 yilga nisbatan 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6,9 foizga, ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 15,7 foizga o’sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 54,0 foizni tashkil qildi. Ichki talabni rag’batlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida o’tgan yilda chakana tovar aylanmasining 2013 yilga nisbatan 14,3 foizga o’sishi kuzatildi. Mamlakatimiz YaIM o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashda iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning yuqori o’sish sur’atlari mustahkam zamin tayyorlamoqda. 6.2. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi Iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishida mamlakatning ilm-fan slohiyati, ilm fan yutuqlarini, yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining o’zaro hamkorligi katta rol o’ynaydi. XX asrning 50 yillarida AQSHda boshlangan ilmiy texnika inqilobi ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi va bog’lanishi natijasida vujudga kelgan edi hozirgacha davom etmoqda. Bugungi kunda jahonda bir necha million kishi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanadi. AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga ega, bo’lgan mamlakatlar hisoblanadi. SHularning ichida AQSH juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlakatda 3,0 mln.ga yaqin yalpi aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda 113 kishi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlarning hajmi bo’yicha (140 mlrd. dollar atrofida) AQSH dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. AQSH va G’arbiy Yevropaning yetakchi mamlakatlarida ITTKIga ajratilgan xarajatlar ichki mahsulotining 1,5-3,0 foizini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich 0,4 foizdan oshmaydi. Aholi jon boshiga hisoblaganda ITTKI xarajatlari o’rtacha rivojlangan mamlakatlarda 110 dollarga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng. Hozirgi kunda ilm fan sohasida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik markazlardan biri hisoblanadi. Bu markaz tadqiqot uchun zarur bo’lgan rivojlangan moddiy asosga, keng ilmiy fondiga, malakali ilmiy kadrlariga ega. Ularning ilmiy yutuqlari butun dunyoda e’tirof etilgan. Respublikaning ilmiy-tekshirish majmuasi akademik, oliy ta’lim majmualari va turli sohadagi 362 ta muasassalarni o’z ichiga oladi, shu jumladan: 101 ilmiy-tadqiqot institutlari, 55 o’quv yurtlardagi ilmiy- tadqiqot bo’linmalari, 65 loyiha-konstruktorlik tashkilotlar, 32 ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, 30 axborot xisoblash markazlari. O’zbekiston sharoitida ilm fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish masalasi eng asosiy masalalardan biridir. Bunday yangiliklar bilan ishlab chiqaruvchilarni yaqindan tanishtirish kooperatsion aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida bir necha yildan buyon poytaxtimizdagi «O’zekspomarkaz» majmuida Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi bo’lib o’tmoqda. Kashfiyotlar, ixtirolar ishlab chiqarishga joriy qilinishi bilan muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, yangilikning axdmiyati uni kim yaratganligida emas, undan kim qanday foydalanganligidadir. Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi turli ilmiy muassasalar, injener konstruktorlik tashkilotlari bilan ishlab chiqaruvchi korxonalarni o’zaro bog’lashga xizmat qilmoqda. Hozirgi O’zbekistondagi modernizatsiya jarayonlari jahonda yuz berayotgan fan texnika inqilobining uzviy bir qismi. SHu bilan birgalikda fan texnika inqilobining hozirgi darajasiga yetish uchun intilishning bir ko’rinishi desa bo’ladi. Yirik olim va mutaxassislar Fan texnika inqilobinini (FTI) bir-biri bilan uzviy aloqador to’rt tarkibiy qismlar: 1) ilm-fan; 2) texnika va texnologiya; 3) ishlab chiqarish; 4) boshqaruvdan iborat bo’lgan yagona (yaxlit) murakkab tizim deb tan olmoqdalar. Modernizatsiya jarayonlarida mana shu murakkab tizimni yaxlit holicha zamonaviylashtirish talab etiladi. Ya’ni bu murakkab tizimga yangiliklarni doimiy ravishda joriy qilish mexanizmlari shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Modernizatsiya jarayonlarining asosiy xususiyatlaridan biri keng kamrovligidir, ya’ni ilmiy texnik yutuqlar, ishlab chiqarishning hamma sohasiga joriy etilishi talab etiladi. Bunda tayyorlanayotgan kadrlar qaysi soha uchun tayyorlanishidan qatiy nazar o’z sohasida modernizatsiya jarayonlarida ishtirok etishi uchun ma’nan va ruhan tayyor bo’lishi zarur bo’ladi. Hozirgi davrda ilmiy-texnikaviy o’zgarishlarining benihoya ildamlashganligi, ilmiy kashfiyotlarni amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog’liq vaqtning keskin qisqarishi, mahsulot va buyumlarning juda tez ma’naviy eskirishi hamda ularni doimiy tarzda yangilanishi bilan ifodalanmoqda. Fuqarolarimiz hayot templarining tezlashishiga ko’nikishlari, axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish tezligini oshirishlari kerak bo’ladi. FTI va modernizatsiya jarayonlari mehnat resurslari, ishchi kuchining malakasiga bo’lgan talabni keskin ko’tarmoqda. SHuning oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida aqliy mehnat salmog’i oshmoqda, ya’ni mehnatning intelektuallashish darajasi o’smoqda. SHuning uchun oliy o’quv yurti bitiruvchilari diplom uchun emas, kasbiy bilimlarni egallashga ko’proq e’tibor berilishi zarur bo’lib qolmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim printsipial va hal qiluvchi axamiyatga ega» — deb ko’rsatib o’tgan edilar. Download 69.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling