Mavzu: milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi
O’zbekiston – suveren demokratik respublika
Download 52.94 Kb.
|
1-Mavzu
O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. Islom dini asosiy din hisoblanadi. U o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Pul birligi so’m hisoblanadi.
Mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosat shakllanib, istiqbol yo’nalishlari belgilab olindi. Sobiq ittifoqning parchalanishi oqibatida O’zbekistonga o’ta markazlashgan, direktiv usul bilan boshqarilgan, mulkchilikning cheklangan turlariga asoslangan iqtisodiyot meros qilib qoldirilgan edi. Bu esa chuqur iqtisodiy inqirozga olib 1 Республика аҳолисини ўсиш суръати пасайиш тенденциясига эгадир. Масалан: 1970-1979 йй.да ўсиш суръати 3 % ни ташкил қилган. 1980-1989 йй.да 2,6 % ни ташкил қилган. 1990-2001 йилларда ўсиш суръати 1,8 %ни ташкил қилди. 2001-2010 йилларда ўсиш суръати 1,3%ни ташкил қилди БМТнинг маълумотига қараганда 2001-2010 йилларда Ўзбекистоннинг аҳолиси 3 млн. кишига яқин миқдорда ўсди. Ўзбекистон ҳудуди бўйича дунёда 41-ўринни ,аҳоли сони жиҳатидан 58- ўринда туради. Аҳолининг ўртача ёши 26 га тенг. keldi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad ko’rsatkichlari pasayib ketdi va hokazo. Respublika Prezidenti va hukumatining zudlik bilan qat’iy choralar ko’rishi natijasida, eng avvalo, yangicha iqtisodiy siyosat ishlab chiqildi. Uning negiziga bozor iqtisodiyoti asos qilib olindi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan, ayniqsa, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa qator Osiyo davlatlari namunalaridan to’g’ri foydalanilgan holda, mumkin qadar tezroq, aholining hech bir tabaqasiga katta ziyon yetkazmasdan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligi davlat siyosatining mazmunini tashkil qildi. Buning uchun har taraflama keng iqtisodiy islohotlar o’tkazish rejalashtirildi va respublikada bozor munosabatlariga o’tishning quyidagi nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi: iqtisodning mafkuradan holi bo’lishi va uning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi bo’lishi; qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi; xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish; bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tib borish. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan rivojlanishning bu besh tamoyili amalda o’zining xayotiyligini to’la tasdiqladi. Amaliy ish jarayonida O’zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni o’tkazishni o’ziga xos yo’lini to’g’riligi va ta’sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar jahon jamoatchiligi tomonidan ma’qullandi. Mazkur tamoyillarni amalga oshirib, respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, eng muhimi – bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma-bosqich ilgarilab borish ta’minlandi. O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning «O’zbekiston modeli», «O’zbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bo’ldi. SHu borada bir misol keltirish o’rinlidir. Bugun barcha davlatlarni tashvishga solayotgan, hali-beri davom etayotgan, jahon miqyosida eng dolzarb,eng og’ir masala bo’lib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozni hisobga olgan holda, O’zbekiston oxirgi yetti yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8-8,5 foiz iqtisodiy o’sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir. O’zbekiston iqtisodiyoti yigirma yil davomida 3,5 barobardan ziyod o’sdi. Yalpi ichki mahsulot jon boshiga 2,5 barobar oshdi. O’zbekiston Respublikasi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xo’jaligi majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. SHu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat taqsimotiga asosan xom ashyoni yetkazib beruvchi mavqeini egallardi. Bunday sharoitda xalq xo’jaligini “milliy iqtisodiyot” tushunchasi bilan taqqoslash mumkin emas edi. Endilikda O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi, iqtisodiy rivojlanishning o’z yo’lini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan respublikada hozirgi zamon milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston yangi davlatchilikni shakllantirish, istiqlolni real mazmun bilan to’ldirish, Sovet Ittifoqining qulashi tufayli vujudga kelgan yalpi ijtimoiy- iqtisodiy inqiroz sharoitida bozor munosabatlariga o’tishning qiyin va mashaqqatli yo’lini bosib o’tdi. O’tgan davr sobiq yagona xalq xo’jalik majmuasi xarobalari o’rnida milliy iqtisodiyotnnig tamal toshini qo’yish davri hamdir. Bugun mamlakatda yangi iqtisodiy tizimning asosiy unsurlari shakllantirilgan – yangi iqtisodiy xokimiyat organlari, milliy moliya, ichki va tashqi bozor, bozor institutlari tizimi, xo’jalik qonunchiligi me’yorlari yaratildi. “... Mamlakatimiz 1991 yilda o’z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. O’tgan davrda amalga oshirilgan barcha ishlarimizni baholar ekanmiz, bugungi O’zbekistonning shakllanishidagi ikki bosqichni alohida ajratib ko’rsatish uchun barcha asoslarimiz bor: birinchi bosqich – 1991-2000 o’tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shaklantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o’zgarishlar davri. Ikkinchi bosqich – 2001-2010 iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni isloh qilish aholi turmush darajasini muntazam oshirib borishni ta’minlash2... Download 52.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling