O’zbekistonda ta’lim sifatini oshirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish


Download 17.42 Kb.
Sana17.09.2020
Hajmi17.42 Kb.
#129940
Bog'liq
2. Tuyboyeva G.


O’ZBEKISTONDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH

Tuyboyeva Gulnoza Quvondiq qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

Teshayeva Marjona Shuhrat qizi

Buxoro davlat universiteti talabasi

+998 99 595 77 26

Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasida belgilab qo‘yilganidek, ta’lim olish har bir insonning huquqi. Shu bois, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirishga katta e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim muassasalarida yildan yilga talabalar sonining ko‘payishi o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilish, xodimlarni ilg‘or xorij tajribasi asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish zaruriyatini kuchaytirmoqda.[1]

Bugungi ta'lim sohasini isloh qilish, nafaqat maktabgacha, boshlang’ich va umumiy o’rta ta’limni, balki kasb-hunar ta'limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta'limning bakalavar yo'nalishiga qabul bo'yicha test sinovlarini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan masaladir.

Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Bu tizimni rivojlantirish mustaqilligimizga 29 yil to’layotgan bo’sa ham davlatimiz rahbarining e’tiboridan chetda qolayotgai yo’q, aksincha rivojlangan mamlakatlar ta’limining o’ziga xos xususiyatlari o’zlashtirilib, yanada takomillashmoqda. Xususan, ta’lim tizimini rivojlantirish Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" to'g'risidagi farmonida ham keltirib o’tilgan va ijtimoiy soha, xususan ta'lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish borasidagi vazifalar belgilangan.

Bugungi kun ta'lim tizimida ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va kapital ta'mirlash borasida ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, kompyuterning texnik va o'quv metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.

Yoshlar ta'lim-tarbiyasini milliy manfaatdorlik nuqtai nazardan qayta qurish jiddiy masala. Chunki ta'lim-tarbiya sifati va tarkibi har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilaydigan eng asosiy masalalardan biridir.

XX asrning ikkinchi yarmida yoshlar ta'lim tarbiyasi maqsadli isloh etish natijasida yuksak taraqqiyotga erishilganiga e'tibor beraylik: Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlandiya, Norvegiya...Ushbu davr islohoti boshlanishidan boshlab, so'nggi yillarda o'ziga xos samarali ta'lim-tarbiya tizimini yaratish evaziga fuqarolarning ijtimoiy-himoyalangan iqtisodiy barqaror manfaatdorlikka aylanadi. O'zbekistonda bu boradagi islohotlar bugungi kunda maktabgacha ta'lim-tarbiya tizimini tiklanishidan qayta boshlanadi. Har bir viloyatda zamonaviy, yaxshi rivojlangan bog'chalar qurishga kirishildi. Eng avvalo uzluksiz ta'limning eng muhim halqasi bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasini mazmunan va tashkiliy jihatdan yangilash kun masalasida turibdi.

Ushbu tizim nafaqat bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish, shuningdek, 3-6 yoshda ularning qiziqish, erkin muloqot qila olish qobiliyatiga qarab alohida-alohida guruhlarga bo'lib, ta'lim-tarbiya berish mexanizmini joriy etish imkoniyatini beradi.

Ayni damda, quyidagi fakt barchamizni bolalarni yoshlikdan tarbiya qilishda sergaklikka chorlaydi. Mutaxassislarning baholashicha, Yaponiya ta’lim tizimi islohoti asosini uchta muhim g‘oya - baynalminallashtirish, axborotlashtirish va to‘laqonli shaxsni tarbiyalash tashkil etadi.

Yaponiya juda tez rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi va bu yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligidan dalolat beradi. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Bugungi kunda Yaponiya dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va xalqaro hamkorlik maydonida faol ishtirok etib kelmoqda. Yaponiyada juda qadimdan xalqning aqliy imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siyosati eng muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda Yaponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi.

Bundan xulosa qilib, biz ham avvalo farzandlarimizni milliy qadriyatlardan boxabar qilib, ajdodlarimizning milliy merosiga humat bilan qaraydigan va ulardan faxrlanish hissini tuyadigan farzandlarni tarbiyalamog’imiz darkor. Zero, bu bizning millatimizning merosidir va biz uni kelajak avlodga yetkazishga majburmiz.

Ayni damdagi ta'lim jarayonlarida uzluksiz ta’limning 11 yillik maktab ta'limiga qaytilishi bolalarning ta'lim olish sifatini oshirish va tarbiyasini yaxshilash imkonini beradi. Bu ta'limning eng muhim islohoti bo'ldi. Umumiy o'rta ta'limdagi o'zgarishlar ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda: fanlarga yangi dasturlar, darsliklar kirib kelyapti, o’qituvchilar va hatto o’quvchilardan ham maktab davridayoq ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish so’ralyapti, maktab o'qituvchilarning maoshi oshirilyapti va jarayon uzluksiz davom etmoqda.

Kasb-hunarni qayta ko'rib chiqilayotgani bu boradagi o'zgarishlarni asoslamoqda. Bu tizim ish beruvchilarning real talabidan kelib chiqqan holda, aniq va optimal bo'ladi. Bu esa har bir yoshning doimiy ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Xulosa o'rnida, Yurtboshimiz rahbarliklarida mamlakatimiz kelajagi, xalqimizning farovon hayotini ta'minlaydigan milliylikka asoslangan holda elita yoshlarini tarbiyalash bo'yicha davlat siyosati yuritilayotganini va ta'limga konsepsual yondashilayotgani yaqin yillarda iqtisodiyotimizning barcha sohalarini innovatsion fikrlaydigan mutaxassislar bilan ta'minlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. http://tashiit.uz/2020/01/24/talim-sifatini-taminlash-borasida-xalqaro-hamkorlikning-ahamiyati/

  2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni

  3. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev farmoni, Toshkent shahri, 2019-yil 8-oktyabr

Download 17.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling