Mavzu: milliy pul tizi mi elementlarining shak llanishi m avzu: milliy pul tizi mi


O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi


Download 444.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.01.2023
Hajmi444.29 Kb.
#1137439
1   2   3   4   5
Bog'liq
milliy pul tizimi1

2.

O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi 
  
Ќar bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul 
tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 
1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. 
Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy 
valyuta «so’m»ni chiqarilishidir. 
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: 
1.
Pul birligi - so’m 
2.
Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar 
3.
Ularni muomilaga chiqarish qoidalari. 
4.
Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. 
5.
Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda 
davlat tomonidan belgilangan shartlar. 
6.
Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 
7.
Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 
8.
Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat 
tomonidan belgilangan valyuta kursi. 
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat 
manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy 
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson 
bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda 
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos 
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. 
Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat 
bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « 
bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga 
aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy 
xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. 
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga 
erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, 
uni 
jahon 
iqtisodiy 
hamjamiyatdagi 
integrasiya 
jarayoni 
yanada 
tezlashayotganligidan dalolat beradi. 


Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli 
«Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz 
ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning 
ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan 
o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur 
qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. 
so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi. 
Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga 
qaytishi 80-93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni 
tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga 
nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi. 

Download 444.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling