Mavzu: milliy pul tizi mi elementlarining shak llanishi m avzu: milliy pul tizi mi


Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini


Download 444.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.01.2023
Hajmi444.29 Kb.
#1137439
1   2   3   4   5
Bog'liq
milliy pul tizimi1

4. Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini 
barqarorlashtirish yo’llari. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan. 
Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan boђliq. 
Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, 
tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra 
muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar 
so’mmasiga to’ђri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional 
o’zgaradi. 
Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi 
omillar ta’sir etadi. 
1.
Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha) 
2.
Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha) 
3.
Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab 
etiladi.) 


4.
Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi 
5.
Pulni aylanish tezligi 
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga olgan 
holda quyidagi formulada ifodalash mumin. 
Bunda: MUZBPM – muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori 
STVXM – sotiladigan tovar va xizmatlar mikdori 
ShKVNPXKB – shundan kreditga va nakd pulsiz xisob – kitoblar bo’yicha 
MBTM – majburiyatlar bo’yicha to’lovlar miqdori 
ShBBKTM – shundan bir – birini qoplaydigan tulovlar miqdori 
PMVTVSUAT – pulning muomila va tulov vositasi sifatida o’rtacha aylanish 
tezligi. 
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi 
xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng 
foydalaniladi. 
Kassa aylanmasi xomcho’ti 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish 
va kassa rejalari o’rniga tuzila boshlandi. Uni to’zishdan maqsad naqd pulga 
bo’lgan extiyojni butun respublika va bank muassalari buyicha aniqlash hamda pul 
muomilasini barqarorlash tadbirlarini ishlab chiqishni amalga oshirishdan iborat. 
O’zbekiston Respublikasi MB-ning 2005 yil 20 avgustdagi yuriqnomasiga binoan 
kassa aylanmasi xomcho’ti quyidagi asosiy kirim mablaђlari va naqd pullar 
chiqimi yo’nalishari buyicha to’ziladi. 
I-kirim 
1. Iste’mol tovarlarini qaysi kannallar orqali sotilishidan qat’iy
nazar, ularning sotishdan tushgan savdo tushumlari. 
2. Temir yo’l va xavo transportdan pul tushumi 
3. Mahalliy transportdan pul tushumi. 
4. Komunal va turar joy tulovlari bo’yicha tushumlar 


5. Tomoshagoh tashkilotlaridan tushgan tushumlar 
6. Maishiy xizmat kursatish korxonalaridan tushum 
7. Soliq yiђimlari, boj tulovlari va boshqa majburiy to’lovlardan tushumlar 
8. Šishloq xo’jalik faoliyati bilan shuђullanuvchi subyektlardan
tushumlar 
1.
Omonatlardan tushgan tushumlar 
2.
Pochta aloqasi korxonalaridan tushum 
3.
Bank plastik kartochkalaridan tushumlar 
4.
Mikrokreditlar qaytarilishidan tushumlar. 
5.
Boshqa tushumlar (armiya, ichki ishlar MXX va FVV, partiya va boshqa 
tashkilotlar). 
Jami kirim. 
Chiqimning kirimdan oshishi 
II-Chiqim 
1.
Ish haqiga (shu jumladan stipendiya va xizmat safari xarajatlari) 
berilgan naqd pullar 
2.
Neft mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullar. 
3.
Šishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olib tayyorlash uchun berilgan naqd 
pullar 
4.
Šishloq xo’jalik faoliyati bilan shuђullanuvchi subyektlarga berilgan 
naqd pullar 
5.
Pensiya, nafaqa to’lovlari va suђurta tovonlarni to’lash uchun berilgan 
naqd pullar 
6.
Bank plastik kartochkalari buyicha berilgan naqd pullar 
7.
Boshqa maqsadlar uchun berilgan naqd pullar 
8.
Mikrokreditlarga berilgan naqd pullar 
9.
Omonatlar bo’yicha berilgan naqd pullar 
10.
Pochta aloqasi korxonalariga berilgan madad pullari 
Jami chiqim 
Kirimning chiqimdan oshishi. 


Ushbu xomcho’tni bank bo’linmalari barcha korxona va tashkilotlardan 
yiђib Markaziy bank topshiriђiga binoan kutilayotgan kvartal boshlanishiga 30 
kun oldin yiђiladi. 
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni chuqur o’rganib pulni muomilaga 
ko’shimcha ravishda chiqarish yoki muomiladan olish bo’yicha takliflarni ishlab 
chiqadi. 
Pul muomilasini tashkil etishda aholini daromadlari va xarajatlari balansi 
ham urganiladi va u quyidagi shaklga ega. 
I-Daromadlar 
1. Ish xaqi 
2. Jamoa xo’jaligi va shaxsiy tamorqadan daromad. 
3. Pensiya, stipendiya va nafaqalar 
4. Moliya-kredit tizimidan tushumlar 
5. Dividendlarni olish va boshqa tushumlar 
Jami. 
II-Xarajatlar. 
1.
Tovarlar uchun tulovlar 
2.
Xizmatlarga tulovlar 
3.
Majburiy tulovlar va ixtiyoriy badallar 
4.
Šuyilmalarga o’tkazish 
5.
Aksiya, obligasiyalarni xarid qilish va kechiktirilayotgan to’lovlar 
6.
Boshqa xizmatlar. 
Jami. 
Ushbu balansda aholi daromad va xarajatlarining tarkibi ijtimoiy 
guruhlari: ishchi va xizmatchilar, xodimlarning boshqa guruhlari buyicha 
ko’rsatiladi. 
Ushbu balansni to’zishdan maqsad aholining bo’lishi mumkin bo’lgan pulli 
daromad va xarajatlarining iqtisodiy asoslangan pragnozlar qilishdan iborat. 
Balansda daromadni xarajatlardan ko’prok bo’lishi aholini qo’lida naqd pul 
qoldiђini oshiqligini, uning aksi esa aholi qo’lidagi naqd pul qoldiђining 


kamayganligini bildiradi. Bu shunga yarasha muomilaga tovarlar chiqarish
xizmatlar ko’rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish buyicha tadbirlar ishlab 
chiqishga undaydi. Daromadlarni asosiy qismini ish xaqi, xarajatlarning asosini 
tovarlar uchun tulovlar tashkil etiladi. 
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va kassa aylanmasi 
xomcho’ti pul muomilasini tashkil etishda asosiy rejalardan hisoblanadi. Bu ikkala 
reja pul aylanishini asosini tashkil etish bilan birga ular o’rtasidagi quyidagi 
farqlar ham mavjud. 
1.
Kassa aylanmasi xomcho’tida faqat naqd pul aylanishi ko’rsatilsa 
aholini daromadlari va xarajatlari balansida aholi amalga oshiradigan 
naqd pullik va naqd pulsiz aylanish to’liђicha ko’rsatiladi.
2.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida kassa aylanishi 
pragnozidan 
farqliroq 
aholining 
shaxsiy 
tomorqa 
xo’jaligi, 
xunarmandchilik va boshqa kursatadigan xizmatlari buyicha olinadigan 
daromadlari va amalga oshiradigan xarajatlari kursatiladi. 
3.
Aholining pul daromadlari kassa aylanmasi xomcho’tining xarajat 
qismida, aholining xarajatlari kassa aylanmasi xomcho’tining daromad 
kismida kursatiladi va boshqalar. 
Pul muassasi pul muomilasining muhim kursatkichi hisoblanadi. Pul 
massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni aholi 
korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid tulov vositalarining yalpi 
hajmini o’zida ifodalaydi. 
Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini 
bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish 
buyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) 
foydalaniladi. 
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari 
to’planadi) iborat. 

Download 444.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling