Mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori


GRAMMATIKA. INTERVYU OLISH VA BERISH QOIDALARI


Download 375.75 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi375.75 Kb.
#1367909
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu O\'zbek tili

GRAMMATIKA.
INTERVYU OLISH VA BERISH QOIDALARI
Ommaviy axborot vositalarida keng qo’llaniladigan axborot janrlardan biri
intervyu (qisqa suhbat)dir. Bu so’z inglizcha bo`lib, “so`rab olish, surishtirish”
degan ma‘noni bildiradi. Bu janr ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish,
madaniy-ma‘rifiy hayotining barcha sohalarida qo’llaniladi. Shu bilan birgalikda u
ommaviy vositalari – gazetalar, jurnallar, radio, televideniya, axborot agentliklari,
internetdan doimiy joy olib keladi. Avallo, intervyu rasmiy va norasmiy xillarga bo’linadi. Rasmiy intervyular
asosan hukumat rahbarlarining faoliyati bilan bog’liq bo`lgan biror muhim voqea –
rasmiy uchrashuv, safar, yirik anjuman va zarur sanalarga va boshqa davlat
ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirlarga bag’ishlanib o`tkazilgan matbuot yig’inlarida
beriladi. Norasmiy intervyu esa jurnalistlar tomonidan u yoki bu voqea, hodisa haqida yoziladi. O’z tuzilishi jihatidan intervyu ikki xil: intervyu-dialog, intervyu-monolog
shaklida ham bo`lishi mumkin.

1

  • Intervyu-dialogda muxbir va suhbatdosh o`zaro savol-javob qilishadi. Bu savol javob tayyorlanish jarayonida to`g`ridan-to`g`ri og`zaki ko`rinishda yoki yozma savol javob tarzida olib boriladi. Respublikamizning mashhur kishilari, fan arboblari, yozuvchilar, san‘atkorlar, ishlab chiqarish ilg`orlari, tadbirkorlardan olingan
  • intervyular matbuotimizda, radio, televideniyeda turli ruknlar ostida tez-tez berib boriladi. Intervyu-monologda muxbir bergan birgina savolga suhbatdosh tomonidan berilgan javob o’z aksini topadi. Bunday intervyu odatda hayotdagi birorta muhim ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy masala yoki muammoni yoritish uchun qo`llaniladi. Bunda suhbatdoshning javobi uning tilidan yoki jurnalist tomonidan sharhlanib berilishi mumkin. Bunday intervyu odatda hajm jihatdan dialog- intervyudan kichikroq bo’ladi. 5-topshiriq. Intervyu haqidagi nazariy bilimlarni o`zlashtirib intervyu-dialog, intervyu-monolog tayyorlang 6-topshiriq. Intervyuning rasmiy va norasmiy xillariga qisqa suhbat uyushtiring.
  • 7-topshiriq. Respublikamizda ijtimoy hayotning muhim masalalari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumani haqida material to`plang va axborot tayyorlang.


Download 375.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling