Mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori


Download 375.75 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi375.75 Kb.
#1367909
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu O\'zbek tili

TABIAT VA INSON


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

“O‘ZBEK VA RUS TILLARI” KAFEDRASI
“O‘zbek tili” fanidan amaliy mashg‘ulot
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida
vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi. Abu Ali ibn Sino
XX asrda texnikaning rivoji, xalq xo’jaligi va kundalik turmushni kimyolashtirish, yer yuzida aholi sonining keskin ko’payishi oqibatida tabiat bilan inson o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, yer, suv va havoning inson hayotiga zararli darajada ifloslanishi natijasida ekologik tanglik xavfi paydo boldi. Buning birinchi sababi jamiyatga motorlarning keng ko’lamda kirib kelishi bo’lib, XIX asrning oxiri - XX asrning ilk yillaridan boshlandi; keyingi yuz yil ichida dunyo motorlar olamiga aylandi: hozirgi
davrda jahon bo’yicha necha million avtomobil, paroxod, parovoz, lokomobil, samolyot, mototsikl, yaxta, kemacha, turli yoqilg`ida va yonilg`ida ishlaydigan elektrostansiyalar, isitish qurilmalari va hokazolarni sanab adog`iga yetib bo’lmaydi. Yoqilg’ida va yonilg’ida ishlaydigan har bir motor yoki motorli inshoot, aslida, insonga kerakli kislorodni iste‘mol qiluvchi raqibdir. Motorlar tutab, bir tomondan,insonga yengillik va qulaylik tug’dirsa-da, ikkinchi tomondan, atrof-muhitni ifloslantiradi, inson yashayotgan muhitni izdan chiqarib, uni turli kasalliklarga duchor qiladi. Ekologik tanglik xavfi yuzaga kelishining ikkinchi manbai - kimyolashtirish, qishloq xo’jaligida, chorvachilikda, sanoatda, transportda yaxshi ko`rsatkichlarga erishish maqsadida kimyoviy moddalardan keng foydalanishdir. Bu jarayon O`zbekistonda ham namoyon bo’ldi, sariq kasali bo’yicha respublikamizning jahonda ―yetakchi ‖ o’ringa chiqishiga olib keldi, turli kasalliklarning keng tarqalishiga
Ekologik xavf
sababchi bo’ldi. Ekologik tanglik xavfi o`sishining uchinchi sababi - aholining talablari
va unga ko`rsatiladigan maishiy xizmatning takomillashishi natijasida paydo bo’ladigan
iflos chiqindilarning ko’payishidir (turli ishlatilgan qog’oz, karton, quticha, butilka,
flakon, oziq-ovqat qoldiqlari va hokazolar). Jamiyat hayoti izchil ilmiy negizda tashkil qilinib, u fan tavsiyalari va tibbiyot qonunlari asosida olib borilsa, ekologik tanglik xavfini kamaytirish va asta-sekin zaruriy
muvozanatga erishish mumkin. O’zbekistonda ekologik tanglik xavfi, ayniqsa, katta e‘tiborni talab qiladi.
O’zbekiston - qadimiy boy sivilizatsiyaning markazlaridan biri. Uning aholisi zich
joylashgan va yil sayin o’sib bormoqda. Keyingi yuz yil ichida (1897-1997)
O’zbekistonda aholi soni o’n barobar o’sdi. Ammo suvni iste‘mol qilish, aholiga
xizmat ko’rsatish madaniyati takomillashishi bilan, sug`oriladigan yerlar sathi
kengayishi sababli, o’n besh barobar o’sdi. Suv beradigan manba esa o’sha ikkita -
Amudaryo va Sirdaryo. Ko’z o’ngimizda yuzaga kelayotgan bu nomutanosiblik
ekologik ahvolni yanada jiddiylashtirishi mumkin.
1-topshiriq:
a) matnni o`qing;
b) matndagi asosiy fikrni ajratib, ijodiy so`zlab bering;
d) quyidagi termin va iboralarning ma‘nosini yod oling.

Download 375.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling