Mavzu: Milliy uyg‘onish davri bolalar adabiyoti. Reja: O’zbek bolalar adabiyotining yuzaga kelishi


Download 45.71 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi45.71 Kb.
#1563292
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milliy uygónish davri bolalar adabiyoti


MAVZU: Milliy uyg‘onish davri bolalar adabiyoti.
Reja:

  1. O’zbek bolalar adabiyotining yuzaga kelishi

  2. va taraqqiyot tamoyillari.Avloniyilk bolalar shoiri va islohotchi pedagogi

  3. Milliy uyg’onish harakati va uning o’zbek bolalar adabiyotini yuzaga

  4. keltirishdagi roli.

  5. O’zbek bolalar adabiyotining yuzaga kelishi va taraqqiyot tamoyillari.

  6. Addulla Avloniy–ilk bolalar shoiri.

  7. Shoir she’rlarining o’ziga xos xususiyatlari

Milliy uyg’onish, millatning o’zligini angglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qildi. Millatning o’zligini anglash asos qilib olingan bu uyg’onish davri bolalar adabiyoti va matbouti uchun ham poydevor bo’loldi.


O’zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o’qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd etish lozim. Bolalar adabiyoti tom ma’noda ma’rifatparvarlikning farzandidir. Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo’lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o’zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U 1884 yilda boqchasaroyda bir maktab ochib, “usuli jadid” nomi bilan ataydi. Istilohning mazmuni maktab doirasida qolmagan, albatta. Aslida jamiyatning barcha qatlamlarini jalb etib, Uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qilgan; milliy mustaqillik uchun kurash olib brogan; maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Ismoilbekning Turkistonga kelib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’lishi, uning tashabbusi bilan bu shaharlarda, so’ngroq Farg’ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topishi butun Turkistonda jadidchilik harakati ommaviylashuviga turtki bo’ldi. Tezkorlik bilan uning uchun darsliklar tuzila boshlaydi. Ushbu maktablar uchun yozilgan ilk darsliklar esa o’z navbatida, bolalar adabiyotiga yo’l ochdi. Jumladan, 1907-17 yillarda Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari, Abdulla Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” Ayniyning “Tahzibus sibyon”, Fitratning “O’qu”, Sh.Rahimiyning “Sovg’a”, “Kattalarga o’qish”, Hamzaning “Yengil adabiyot’, “Qiroat kitobi” kitoblari chop etilib, maktablarda o’qitilgan. Bu kitoblar, xususan alifbodan so’ng o’qitiladigan majmualar “bolalarning tabiatlariga milliy hasrat va nadomatlardan ibrat o’lan nasihatlarni o’rnashdurmak orzusinda” (Avloniy) yaratilgan edi. Demak, aytish mumkinki, ana shu darsliklar birinchi marta bola dunyoqarashi, qiziqishlari, tafakkur olami hamda yosh xususiyatlariga muvofiq yozilgan; ulardagi badiiy ijod namunalari ham kichkintoylar tasavvuriga yaqin bo’lgan. Jadid adiblari va muallimlari ta’sirida ochilgan yangi usuldagi maktablar bolalarni shunchaki xat tanishga o’rgatishga emas, ijtimoiy-siyosiy savodini chiqarishda ham muhim rol oynagan. 1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 usuli jadid maktabi borligi qayd etilgan. Binobarin, XX asr boshlarida “usuli savtiya” maktablari paydo bo’lishi bilan bu maktablar o’quvchilariga mo’ljallangan ko’plab alifbo va o’qish kitoblari (majmualar) ham maydonga kelib, ularga tom ma’nodagi o’zbek bolalar adabiyotining tug’ilishi deb qarash (R.Barakayev) to’g’ri e’tirofdir. Chindan-da maktab adabiyot darsliklari bolalar uchun yaratilgan ilk maxsus kitoblar sanaladi. Uning sahifalarida badiiy adabiyot namunalari darj etilishi bu fikrni asoslay oladi. Zotan, XX asr boshlaridagi o’zbek ma’rifatparvarlik harakatining yetakchi namoyandasi, Toshkentdagi yangi usul-“usuli savtiya” maktablarining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali hissa qo’shgan shoirdir.

Download 45.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling