Mavzu: Milliy uyg‘onish davri bolalar adabiyoti. Reja: O’zbek bolalar adabiyotining yuzaga kelishi
Download 45.71 Kb.
|
milliy uygónish davri bolalar adabiyoti
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) o’zbek bolalar adabiyotining maydonga kelishiga katta hissa qo’shgan. Uning o’zi tashkil qilgan yangi usul maktablari talabalari uchun yaratgan “Yengil adabiyot”, “O’qish kitobi”, “Qiroat kitobi” nomli o’qish kitoblariga kiritgan ko’plab she’r, hikoya va masallari, ilm-ma’rifatga chorlovchi, ta’limiy-ma’rifiy ahamiyatga ega asarlari hali-hanuz o’z qimmatini yo’qotgan emas. Ayniqsa, shoirning o’quv qurollari madhiga bag’ishlangan she’rlari, “Bolaning yomon bo’lmog’iga sabab bo’lgan onaning jazosi” hikoyasi, “Toshbaqa bilan chayon” masali bolalar yosh xususiyatlariga muvofiqligi bilan diqqatga sazavor.Niyoziyning “Yengil adabiyot”ida ilm va joholat muqoyasasiga oid talaygina she’rlar o’z ifodasini topgan.
Ilm-jannat eshigi, Xazinaning teshigi, Insonni olim qilan, Maktab erur beshigi. Bolalarning kattasi pulni olganligi uchun bu hiylani tushunmay, o’ng yuzim o’zicha qora bo’lsa,chap yuzimni o’zim qora qilay deb kuyani surkaydi. Ota bolalarni tashqariga chiqarganida kattasining chap yuzi qoraligini ko’radi, qolganlarining yuzi esa oq bo’ladi. Shunda kimning o’g’ri ekanligi bilinib, xolaning puli qaytib beriladi. Shu tufayli bu fe’lini tashlagan bolani shoir yosh kitobxonlarga ibrat qilib ko’rsatilar ekan, qissadan hissa tariqasida: Kimi boyla xiyonat qilur, Bir kuni o’zini shuyla xijolat qilur, deb ta’kidlaydi. Bu mavzudagi asarlarning o’zbek bolalar adabiyotiga kirib kelishi uch yo’nalishda amalga oshgan: birinchisi, xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyoti ta’sirida; ikkinchisi rus tilidan qilingan tarjimalar orqali; uchinchisi mualliflarning o’zlari yaratgan asarlari orqali. Hamzaning yuqoridagi she’riga shu jihatdan yondashilsa, u L.N.Tolstoyning “Danak” hikoyasidan ijodiy ilhomlanib yozganligi ayonlashadi. H.H.Niyoziyning “Mevalar mojarosi” turkumidagi she’rlari ham bolalarbopligi bilan diqqatni tortadi. Unda bolalarga xos xarakter xususiyatlar, chunonchi, maqtanchoqlik, baxillik, manmanlik, chaqmachaqarlik, mushtumzo’rlik odatlari mevalar mojarosi misolida ko’rsatib berilgan. Download 45.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling