Mavzu: milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi
Download 65.84 Kb.
|
618-21 NOMOZOV SARDOR SLAYD
Hozirgi sharoitda baynalmilal tarbiyaning samaradorli-gini oshirish uchun odamlarda eng avvalo milliy g’urur, milliy qadriyatlarni ulug’lash, vatanparvarlik, do’sti-birodarlik tuyg’ularini shakllantirish lozim. Bunday ishni amalga uddalamoq uchun har bir millat va elatning milliy qadriyatlarini ulug’lash borasidagi jamoat tashkilotlarining faoliyatini tubdan qayta qurish maqsadga muvofiqdir. Bu borada keyingi vaqtlarda respublikamiz shahar va qishloqlarida xalq bayramlari va marosimlarining qayta tiklanishi va ularni takomillashtirishga e‟tiborning oshganligi diqqatga sazo-vordir. Ramazon va qurbon Hayitlarining nishonlanishi, ayniqsa, Navro’z bayramini tiklanishi jamoatchilik tomonidan qizg’in ma‟qullandi. Yaqin o’tmishda xalq turmushining madaniy va ma‟naviy sohasida ma‟muriyatchilikka yo’l qo’yilganligi, asrlar davomida tarkib topgan ananalarni mensimaslik kabi holatlar barham topdi. Har yili 21 -martni Navro’z bayrami, 21 martdan 21 aprelgacha bo’lgan davrni “rahm-shavqat” va “atrof-muhitni muhofaza qilish oyligi” deb e‟lon qilingani va bu davr ichida “Xotira va qadrlash“ kuni, “Birinchi pushta”, “Birinchi ekin”, “Don, maysa va suv” kuni, bolalarning “Boy- chechak” bayrami, “Lola sayli” kabi ko’pgina marosimlarning tiklanishi odamlarda milliy g’ururning va shu orqali umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishida, oxiroqibatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarak bo’lishida katta rol o’ynaydi.
Download 65.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling