Mavzu: Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash Reja


O‘zbekistonda mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish


Download 24.71 Kb.
bet4/4
Sana21.09.2023
Hajmi24.71 Kb.
#1684073
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik

O‘zbekistonda mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari ijtimoiy-iqtisodiy darajalari va iqtisodiy-tabiiy salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy hamda tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Mintaqalarni rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari iqtisodiy bazasi, mamlakatdagi byudjet tizimiga, tadbirkorlikning rivojlanish ko‘lamiga, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari hamda usullariga, tezligi, soliq imtiyozlarini qo‘llash tajribasi, byudjetdan tashqari jamg’armalar, moliyaviy resurslar hududning investitsiyaviy va eksport imkoniyatlari, viloyatlararo, tumanlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarga, bozor infratuzilmasi obyektlari rivojlanish darajasi, aholining ish bilan bandlik muammolarining xususiyatlari va mintaqadagi ekologik vaziyatga bog’liq.
Mintaqa rivojlanishini davlat tomonidan to‘g’ridan-to‘g’ri tartibga solish respublika byudjeti, dotatsiya va subvensiyalar hisobiga maqsadli dasturlar va yirik investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan hududlarni rivojlantirishni tartibga solish maqsadida quyidagi dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda:
1. Sanoatni rivojlantirish dasturlari.
2. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni tartibga solish.
3. Mintaqalar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qo‘shma korxonalarni tashkil etishni tartibga solish.
4. Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish.
5. Mintaqalarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish.
O‘zbekistonda qabul qilingan dasturlarni bajarish va mintaqalarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha respublika hamda mintaqaviy dasturlarni tanlash va ularni amalga oshirishni asoslash, navbatga qo‘yish tizimini shakllantirish;
- respublika va mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, buning uchun mahalliy hokimliklar va tegishli vazirliklarning mas’uliyatlini oshirish;
- iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining mintaqaviy jihatlarini kuchaytirish;
- tarmoq dasturlarining mintaqaviy jihatlari monitoringini tashkil etish;
- mintaqalar va tarmoq imkoniyatlari, zahiralarini chuqur o‘rganish va hisobga olish asosida prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- dasturlarni amalga oshirish ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, nazorat tizimini yaratish.
Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘z o‘rnida, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq qilinmoda. Bu esa aholi hamda xorijiy sarmoyadorlarning o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun muhm omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa
Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texnika taraqqiyotini kuzatish va boshqa ishlarni bajaradilar iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda mahsulot turini muntazam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni ishlab chiqarish harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.
Iqtisodiy xavfsizlikning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida iqtisodiy xavfsizlikning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi.
Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlaydi.
Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling