Mavzu: Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash Reja
Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat
Download 24.71 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik
Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat
“Mintaqa” tushunchasi jahon yoki mamlakat hududining bir qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Mintaqa jahon territoriyasining bir qismi sifatida, o‘z ichiga geografik, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, etnomadaniy, harbiya va boshqa mezonlar hamda yondashuvlar asosida bir necha mamlakatlarni oladi. Masalan, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Yevropa, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy, Sharqiy Osiyo va boshqa mamlakatlar turkumi, mintaqalari mavjud. Bir alohida olingan mamlakat o‘z ichida viloyatlar, tuman va shaharlar geografik, iqtisodiy-siyosiy, etnomadaniy, ekologik, axborot va boshqa mezonlar bo‘yicha ma’muriy hududiy birlik sifatida uning mintaqalarini tashkil etadi. Mintaqa iqtisodiyotining shunday tuzilmalari mavjudki, ular har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotida, mustaqil xo‘jalik yuritishda alohida o‘rin tutadi va o‘zining tabiiy iqlim, geografik joylashuvi, tabiiy mineral va xom ashyo resurslarining zaxiralari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish salohiyati, tarmoqlari va sohalarining ham infratuzilmasi miqyosi, aholisining urf-odat va an’analari, mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy mehnat taqsimotidagi hissasi, aholi jon boshiga ishlab chiqargan hududiy yalpi mahsuloti kabilar bilan farqlanadi. Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: 1. Mintaqadagi barcha resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat) foydalanib, ishlab chiqarishning jadalligi va mutanosibligini ta’minlash ham shu asosda uning samaradorligini oshirish. 2. Mintaqalarning istiqboldagi rivojlanish sur’atlarini aniqlash. Bunda mahalliy resurslardan to‘liq foydalanishga e’tibor berish. 3. Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish. Buning uchun mintaqada ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmni yaratish, rejalashtirishni yanada demokratlashtirish lozim. Iqtisodiyotning globallashuvi jahon iqtisodiyoti subyektlari o‘zaro aloqalarining kuchayishi, iqtisodiy sanksiyalar (savdoda kamsitish, ekspansiya, embargo, qamal), huquqiy asosda xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimini yaratish vazifalarini qo‘yadi. Bugun xalqaro javobgarlik taqiqlar, boshqa davlat huquqlarini buzish, o‘z huquqlarini suiiste’mol qilish, shuningdek majburiyatlarni bajarmaslikka taalluqlidir. Mamlakatning ichki holati resurs salohiyatidan foydalanish va xalqaro munosabatlardagi obro‘sini saqlashga bog‘liq. Mamlakat hayoti va faoliyatini bashoratlashning iqtisodiy asosini xo‘jalik maqsadlari va rejalari, moddiy xarajatlar va iqtisodiy faoliyat natijalari tashkil qiladi. Xavfsizlikning mohiyatini anglashda ijtimoiy-iqtisodiy yondashuv asosiy o‘rin tutadi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish hodisani obyektivlik va subyektivlik, moddiy va ma’naviy jihatlar dialektikasi, uning jamiyat ijtimoiy-madaniy makoniga taalluqligi nuqtai nazaridan tekshirishga imkon beradi. Xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni, aholining normal hayoti va faoliyatini, jumladan uning ish bilan bandligi, iqtisodiy jihatdan o‘sish imkoniyatini ta’minlovchi rivojlanish darajasida saqlashni bildiradi. Global (texnologik, moliyaviy, informatsion) tizimlarning jadal rivojlanishi barcha darajalarda migratsiya oqimlarining keskin ko‘payishi bilan kechadi. Ushbu hol inson resurslarini boshqarishning yangi vazifalarini qo‘yadi. Mamlakatlar, ularning guruhlari, alohida mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farq davlatlar ichida va o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy keskinlik bo‘lishini istisno etmaydi. Jahon taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi: 1) iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi; 2) xalqaro hamjamiyatda AQSH yetakchiligidagi rivojlangan mamlakat-larning ustunlik qilishiga asoslangan tuzilmasi yaratilishi; 3) xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, tovarlarni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan kechmoqda. Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi iqtisodiy jinoyatchilik – kapitalni noqonuniy olib chiqish va «halollash», soliq va boj manipulyasiyalari, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ni qonunga xilof tarzda muomalaga chiqarish uchun sharoit yaratadi. Bugungi jinoiy vaziyat miqyosi bo‘yicha ham, davlatning faoliyat ko‘rsatishi va xavfsizligiga tahdid solish darajasi bo‘yicha ham sifat jihatdan yangicha hodisa. Bu korrupsiya, jinoiy qatlamlar va davlat apparatining birlashib ketishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va narkobiznesni o‘z ichiga oladigan hodisadir. Mintaqalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat mintaqaviy siyosatining muhim tarkibiy qismi mintaqaviy iqtisodiy siyosat hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog’liqdir. Davlatning mintaqaviy iqtisodiyotga bevosita, to‘g’ridanto‘g’ri aralashishi ma’muriy vositalardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar davlat hokimiyati kuchiga tayanish, ruxsat berish, man qilish, majburlash choralarini o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy (hududiy) takror ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari quyidagilar: Ma’muriy usullar: -Boshqarish qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan aniq manzilli topshiriqlar berish; -Boshqariladigan obyektlarga to‘g’ridan-to‘g’ri ta’sir ko‘rsatishda boshqarish organining manfaatini ustuvor ravishda ko‘zlash; -Qabul qilinadigan qarorlar uchun asosiy mas’uliyat boshqarish organi zimmasida bo‘lib, boshqariladigan obyektning huquqlari cheklangan; - Ma’muriy farmoyishlar, rejalar direktiv xarakterga ega, ularni bajarish majburiy hisoblanib, undan chetlanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 2.Iqtisodiy usullar: -Umumiy iqtisodiy qonunqoidalarga, tamoyillarga tayanadi; -Boshqariladigan obyektlarga bilvosita ta’sir ko‘rsatiladi, turli mulkchilik shakllardagi korxonalarning iqtisodiy manfaatlari hisobga olinadi; -to‘liq mustaqillikka ega bo‘lishi, o‘z faoliyati va uning oqibatlari uchun yuqori mas’uliyatli bo‘lishi taqozo etiladi; - Xo‘jalik subyektlarini o‘zining iqtisodiy manfaati nuqtai nazaridan va iqtisodiy riskni e’tiborga olgan holda muqobil qarorlar tayyorlash va oqilona yechimlar topishga undaydi. Ma’muriy usullar o‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan ayrim korxonalarga nisbatan majburlash imkoniyatlarini ham ko‘zda tutadi. Ma’muriy usullar yordamida mahalliy boshqaruv organlari davlat xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududiy tabiiy resurslardan foydalanish hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq masalalarni hal qiladi. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi hamda milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanuvchi murakkab iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi Shu jihatdan ham milliy iqtisodiyotning mustaqilligi, barqarorligi, doimiy yangilanish va o‘zini takomillashtirib borishga intilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar va omillar majmui sifatida e’tirof etiladi. Download 24.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling