Mavzu: Mintaqalarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish xuxusiyatlari Reja
Janubiy mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
Download 84 Kb.
|
mintaqalarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish xuxusiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryoda
Janubiy mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.
Janubiy O’zbekiston viloyatlari respublikada sanoat mahsulotlarining hajmi, tarkibi, ixtisoslashuv va mujassamlashuv jihatlari bo’yicha boshqa hududlardan farq qiladi. Hozirgi vaqtda mintaqa respublika sanoat mahsulotining 1/6 qismini yetkazib bermoqda. Uning asosiy qismi neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, oltingugurt, polietelin, qurilish sanoati xom ashyolaridan iborat. Xuddi ana shu sanoat tarmoqlari, xususan, yoqilg’i mahsulotlari mintaqaning respublika mehnat taqsimotidagi o’rnini ifodalab beradi. Mavjud shaharlarning aksariyati tuman markazlari vazifasini bajarib, ularda an’anaviy qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi oziq-ovqat, paxta tozalash va to’qimachilik kabi yengil sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Qishloq tumanlarida sanoat mollarini ishlab chiqarish asosan tuman markazlari – shahar va shaharchalarda mujassamlashgan[18]. Surxondaryoda Denov, Jarqo’rg’on, SHo’rchi tumanlari jami aholi soni, sanoat hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo’yicha oldingi o’rinlarda turadi. CHunonchi, Denov tumani viloyat aholisining 15.2 foizini, sanoat mahsulotining 14.2 foizini va xalq iste’mol mollari (XIM)ning esa qariyb 30 foizini o’zida jamlagan. Bunda Denov shahridagi “Denov vino-aroq” HJ, “Denov yog’-ekstraktsiya” OAJ va o’nga yaqin yangi shaharchalarda joylashgan kichik biznes sub’ektlarining ulushi ancha katta. SHo’rchi tumani ham viloyat aholisidagi ulushiga nisbatan sanoat mahsulotlarini 1.5 marta, iste’mol tovarlarini 3.1 baravar ko’p miqdorda ishlab chiqaradi. Ushbu ko’rsatkichlarning asosiy qismi SHo’rchi shahrida joylashgan “SHo’rchi don mahsulotlari” OTAJ hisobiga to’g’ri keladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan ishlab chiqarish ob’ektlarining to’laligicha zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlanishi natijasida ularning viloyat sanoatidagi ulushi yanada ortib bormoqda. Ushbu ikki tuman asosan yengil sanoat tarmog’iga ixtisoslashgan, buni ularning iste’mol tovarlaridagi hissasidan ham ko’rish mumkin. Ayni vaqtda, viloyat og’ir sanoat tarmog’i juda zaif rivojlangan va, o’z navbatida, uning geografiyasi ham torroq ko’lamga ega. Ushbu sanoat tarmog’ida Jarqo’rg’on tumanida joylashgan “Jarqo’rg’onneft” korxonasi yetakchi hisoblanadi. Mazkur tuman viloyat sanoat mahsulotini 1/5 foizini ishlab chiqargan holda, uning asosiy qismi neft va neft mahsulotlariga to’g’ri kelganligi bois, iste’mol tovarlaridagi ulushi (3.1%) katta emas. SHuningdek, SHarg’un shahridagi ko’mir qazib chiqarish sanoati va yangi qurilgan To’palang SES viloyat og’ir sanoatining tayanch korxonalari sanaladi. Tadqiqot natijalariga ko’ra Termiz shahrida sanoat tarmoqlari yaxshi shakllanmagan; Surxondaryoda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining atigi 8.8 foizi, iqtisodiy rayon doirasida esa 0.8 foizi Termiz shahriga to’g’ri keladi (2010 y.). Bu shahar respublikadagi viloyat markazlari orasida aynan shu jihati bilan ham ajralib turadi. Qolaversa, Surxondaryo viloyatining o’zini ham sanoat salohiyati ancha past. Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling