Mavzu: Mintaqalarning eksport salohiyatini baholash


Download 270.66 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi270.66 Kb.
#1221391
  1   2   3   4
Bog'liq
akbar mustaqil ish


Mavzu: Mintaqalarning eksport salohiyatini baholash:
Reja:
1. Eksport salohiyati tushunchasini ilmiy nazariy asoslari
2.Mintaqalarning eksportini oshirish.
3.Mintaqalarning eksportini moliyalashtirish.



























Kirish
Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Har bir mamlakat o‘zining tashqi savdo siyosati bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqishda eksportni moliyalashtirish, shu jumladan eksport oldi kreditlari berish, eksport jarayonlarini sug‘urtalash hamda ushbu maqsadlarda davlat tomonidan eksport kredit agentliklarini tashkil etish va eksportni sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.


Ma’lumki, "eksport salohiyati" tushunchasi ilmiy sohada keng qo’llanilibkelinayotgan hamda milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun muhim hisoblangan atamalardan biridir. Shu o’rinda mintaqalar eksport salohiyatini baholash va undan oqilona foydalanishni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish milliy iqtisodiyot uchun ayniqsa ahamiyatlidir.
Tashqi savdo faoliyati - bu xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tovarlarning O’zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to’g’risidagi majbu riyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tovarlar eksportidir.
Tovarlarning O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to’g’risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir1 .
O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish), ularning bajarilish (ko’rsatilish) joyidan qat’iy nazar ishlar (xizmatlar) eksportidir.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish), ularning bajarilish (ko’rsatilish) joyidan qat’iy nazar, ishlar (xizmatlar) importidir"2 .
Raqobatbardoshlik - bu iqtisodiy sub’ekt yoki tovarning boshqa iqtisodiy sub’ekt yoki tovarning oldida o’z pozitsiyasini saqlab qolishi va uni yaxshilashidir. Raqobatbardoshlikni belgilab beruvchi xolat va shart-sharoit raqobatbardoshlikning omillaridir.
Raqobatchi sub’ektning (tovarning) boshqalardan farqlanadigan foydali omillari raqobatning afzalliklari deyiladi .Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy oqibatlarini bartaraf
etish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini barqaror sur’atlarda o’sishi va
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, asosiy eksport
qiluvchi sanoatning yetakchi korxonalari xamda kichik biznesni manzilli qo’llab-
quvvatlash O’zbekistonda bugungi kunning dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish respublika va uning mintaqalarida eksport sohasidagi faoliyatni ilmiy nuqtai nazardan tahlil etishni nazarda tutadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi” ning roli bu borada tobora oshib bormoqda"
Boshqalar qatorida quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • moliyaviy koʻmak – kreditlash meхanizmlarini jadallashtirish (buyurtmalar kelib tushgan paytdan boshlab 2 hafta mobaynida kreditlarni berish), kafolatni operativ rasmiylashtirish va uning summasini 4 mlrd soʻmdan 8 mlrd soʻmga oshirish (24.05.2019 yildagi PQ-4337-son qarorga qarang), eksport qiluvchilar tomonidan fermer va dehqon хoʻjaliklaridan mahsulotlar sotib olinganda soliq solish tizimini takomillashtirish;

  • хalqaro sifat sertifikatlarini olish tartib-taomillarini soddalashtirish (Global G.A.P., Organic, Halal va boshqalar), Yevropa Ittifoqi, XXR, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlar bozoriga chiqish uchun standartlarni uygʻunlashtirish, Rosselхoznadzor bilan oʻtkazish punktlarini keyinchalik «yashil yoʻlak» rejimiga kiritish bilan muzokaralar olib borish;

  • eksportga yoʻnaltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, Qoraqalpogʻiston eksport salohiyatini rivojlantirish, ferula yetishtirish va eksport qilishga kvotalar olish tartib-taomillarini soddalashtirish;

  • mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish uchun transport va chegaraviy infratuzilmani rivojlantirish va boshqalar.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi rahbarligida Mintaqalar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi tashkil etildi. Unga joriy yildagi eksportga oid prognoz parametrlarining bajarilishini va kelgusi yilga prognoz shakllantirilishini monitoring qilish vazifasi topshirildi. Komissiya eksport salohiyatining oʻsishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi, ularni hal etish yoʻllarini taklif qiladi va amaliy takliflar kiritadi.

Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Jahon savdo tashkilotining (JST) so‘roviga ko‘ra, eksport moliyalashtirishning yetishmasligi savdoni rivojlantirishdagi eng katta to‘siqlardan biri sifatida qayd etildi (WTO (2019)). Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillari moliyaviy mablag‘larni olishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishlari o‘z isbotini topdi. Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha rad etilgan arizalarning 75 foizi mazkur korxonalarga tegishlidir.
Shu bois, har bir mamlakat o‘zining tashqi savdo siyosati bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqishda eksportni moliyalashtirish, shu jumladan eksport oldi kreditlari berish, eksport jarayonlarini sug‘urtalash hamda ushbu maqsadlarda davlat tomonidan eksport kredit agentliklarini tashkil etish va eksportni sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.
Darhaqiqat, eksport qiluvchi firmalar eksport faoliyatlarini moliyalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari, shuningdek eksport qilish jarayonlarida sug‘urtalash xizmatlariga murojaat qilish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi ularning eksport bozoriga kirish bo‘yicha qarorlariga hamda eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi (Berman va Héricort (2010)).
Savdoni moliyalashtirish mexanizmlari yaxshi ishlaydigan davlatlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tobora kengayib borayotgan global qiymat zanjiriga (Global Value Chain (GVC)) qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi hamda bandlik va mehnat unumdorligini oshirishga hissa qo‘shadi (Auboin va DiCaprio (2017)).
Aksincha, eksportni oldindan moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish imkoniyatlarining mavjud emasligi sababli eksportyorlar ishlab chiqarish uchun eng yuqori mavsumda yoki kutilmaganda buyurtma kelib tushganda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun etarli pul oqimi yo‘qligidan xavotirlanadi.
Savdo kreditlari olishdagi qiyinchiliklar tufayli narx va sifat jihatidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib eksport qila oladigan kichik firmalar faqat ichki bozorda savdo qilishga majbur bo‘ladi va raqobatdosh importga nisbatan “himoyasiz” bo‘lib qoladi (Hans-Peter Brunner (2015)).
Bundan tashqari, tashqi moliyalashtirish xarajatlarining yuqori bo‘lishi raqobatdosh firmalarning eksportiga to‘sqinlik qiladi (Manova (2012)). Global qiymat zanjirida (GVC) ishtirok etuvchi firmalar kredit olish imkoniyati cheklangan bo‘lsa, bu ularning GVCda yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarilish imkoniyatlarini cheklaydi (Manova va Zhihong (2012)).
Odatda eksport qiluvchilarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga uchrashi moliya va kapital bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi, ushbu bozorlarda raqobatning nomukammalligi va ma’lumotlarning teng taqsimlanmaganligi bois bozor muvaffaqiyatsizligi (market failure) bilan izohlanadi. Bunday bozor muvaffaqiyatsizliklari davlat tomonidan moliya va kapital bozoriga oqilonalik bilan aralashuvga asos bo‘ladi.
Shuning uchun eksportga asoslangan iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan borgan mamlakatlar eksport qiluvchi korxona va tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida eksport kredit va sug‘urta agentliklarini tashkil etishgan. Ushbu mamlakatlarda davlat aralashuvi ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirib, ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgan hamda iqtisodiyotning optimal ishlab chiqarish darajasigacha ko‘tarilishiga xizmat qilgan.
Ushbu maqolada eksportni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda savdoni moliyalashtirish, xususan eksport oldi kreditlari va sug‘urta xizmatlarining roli borasida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga, bozor muvaffaqiyatsizligi sababli eksport faoliyatini kreditlashdagi qiyinchiliklarni davlat tomonidan eksport kredit agentliklarining tashkil etilishi orqali bartaraf etish bo‘yicha jahon tajribasi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekistonda eksportni moliyalashtirish amaliyoti hamda yangi tashkil etilayotgan Eksport-kredit agentligi va Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ishlash mexanizmlari tushuntiriladi.

Download 270.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling