Umumiy bozor - Bojxona ittifoqi doiralariga qo'shimcha sifatida, mazkur shakl barcha ishlab chiqarish omillarining ishtirokchi-mamlakatlar o'rtasidagi erkin ko'chishi yo'lidagi to'siqlarning bartaraf etilishini ko'zda tutadi. Aytilganlarning barchasi milliy qonunchilik, standartlarning yaqinlashishi, integratsiya institutsional asoslarining rivojlanishi, birlashtirish jarayonlarini umumiy boshqarish organlarining shakllanishini anglatadi.
Umuman olganda, mamlakatlarning muayyan guruhi ichida ishlab chiqarish omillarining erkin harakati jami resurslardan yanada oqilona foydalanish mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining rivojlanishi, ishlab chiqarish tuzilmalarining maqbullashishi va ishlab chiqarish miqyoslarining ortishidan iqtisod qilish omilidan to'liq foydalanishga yordam berishi lozim. Shu bilan birga umumiy bozor tarkibiga kiradigan mamlakatlarning iqtisodiy siyosatidagi tafovutlar bunga to'sqinlik qiladi. Bu holat Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda kelib chiqadigan barcha salbiy oqibatlar ziddiyatlarning mavjudligiga yo'l qo'yadi. Natijada savdoiqtisodiy ittifoqlarning yanada murakkab shakllariga o'tish sharoitidagina hal qilinishi mumkin bo'lgan muammo paydo bo'ladi. - Umuman olganda, mamlakatlarning muayyan guruhi ichida ishlab chiqarish omillarining erkin harakati jami resurslardan yanada oqilona foydalanish mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining rivojlanishi, ishlab chiqarish tuzilmalarining maqbullashishi va ishlab chiqarish miqyoslarining ortishidan iqtisod qilish omilidan to'liq foydalanishga yordam berishi lozim. Shu bilan birga umumiy bozor tarkibiga kiradigan mamlakatlarning iqtisodiy siyosatidagi tafovutlar bunga to'sqinlik qiladi. Bu holat Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda kelib chiqadigan barcha salbiy oqibatlar ziddiyatlarning mavjudligiga yo'l qo'yadi. Natijada savdoiqtisodiy ittifoqlarning yanada murakkab shakllariga o'tish sharoitidagina hal qilinishi mumkin bo'lgan muammo paydo bo'ladi.
Iqtisodiy ittifoq - Mazkur shakl ishtirokchidan yuqorida ta‘kidlangan ziddiyatlarning mamlakatlar yuritayotgan iqtisodiy siyosatning turli sohalarida kelishish yo'li bilan bartaraf etilishini ko'zda tutadi. YI doirasida yagona qishloq xo'jaligi siyosati, kelishilgan sanoat, energetika, transport, mintaqaviy, ijtimoiy, ilmiy-texnik siyosat yuritilishi, bunga yorqin misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |