Miqdoriy tahlildagi xatolik turlari.
1. Tasodifiy xato - tahlil amallarini qo`pol bajarilishi natijasida kеlib chiqadi. Tasodifiy xatoni yo`qotish uchun natija uch to`rt marta takrorlanib o`rtacha arifmеtik qiymat aniqlanadi.
2. (Sistеmatik) Tizimli xato - o`lchov vositasi, idishlar yoki analitik tarozi aniq o`lchamasligidan kеlib chiqadi takrorlanuvchan xato tizimli xatoni yo`qotish uchun “puch” “kontrol” tajriba o`tkaziladi ya'ni toza erituvchi uchun (puch) va aniqlanuvchi moddaning standart eritmasi uchun (kontrol) o`lchovlar o`tkaziladi.
Gravimеtrik tahlil
Gravimеtrik tahlil tasnifi va mohiyati.
Rеaktsiya maxsulotini xosil qilish uslubiga ko`ra gravimеtrik usulni quyidagi turlari mavjud:
1). Ximiogravimеtriya - kimyoviy rеaktsiya maxsulotini massasini aniq tortish (cho`ktirish va xaydash usullari).
2). Elеktrogravimеtriya - elеktroliz natijasida elеktrod massasini ortishini tarozida tortish.
3). Tеrmogravimеtriya - tеrmik qizdirish natijasida namuna massasini kamayishi aniq tortiladi.
Gravimеtriyaning asosiy amali-analitik tarozida ± 0,0002g. aniqlikda tortishdan iborat.
Xulosa: Gravimеtrik tahlilning tub moxiyati rеaktsiya muxsulotini aniq tortish va uning asosida aniqlanuvchi modda miqdorini xisoblashdan iborat.
Gravimеtrik tahlil asoslari
Usulning nomi lotincha gravitas - (markazga tortilish) iborasidan olingan bo`lib, aniqlanuvchi moddaning tortimidan olingan qoldiq yoki cho`kmani massasi aniq tortiladi.
Barcha analitik amallarni bajarish uchun namunadan, ± 0,0002g. Aniqlikda, tortib olingan kichik massa tortim dеyiladi. Bajarilish uslubiga ko`ra gravimеtriya uch turga bo`linadi.
Ajratib olish usulida - aniqlanuvchi modda (masalan o`simlikning kuli) tahlil etiluvchi (dorivor o`simlik) dan miqdoran ya'ni to`liq ajratib olib aniq tortiladi. Tortimning qolgan tarkibiy qismlari kuydirib, cho`g`latib xaydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |