Mavzu: “Miqdoriy analizning nazariy asoslari. Titrimetrik analiz va uning mohiyati
Download 60.63 Kb.
|
kimyo3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titrimetrik ( hajmiy) analiz
- Tayanch iboralar.
FIZIK ANALIZ USULLARI
Miqdoriy analizda fizik analiz usullaridan radiometrik va mass-spektrometrik analiz usullari ko’p qo’llaniladi. Radiometrik analiz–tekshirilayotgan modda tarkibidagi radioaktiv elementdan chiqayotgan nurlanishni o’lchashga asoslangan. Unda aralashma tarkibidagi radiaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan izotoplar miqdori aniqlanadi. Miqdoriy analizda mass-spektrometriya usuli ham keng qo’llaniladi. Elementlarning izotoplaridan iborat aralashma tarkibini o’rganishda bu usuldan foydalanish mumkin. Mass-spektrometriya usuli elektr yoki magnit maydoni ta‘sirida hosil bo’lgan ionlangan atom va molekula yoki radikal oqimlarning massasini aniqlashga asoslangan Titrimetrik ( hajmiy) analiz Titrimetrik analizning mohiyati Titrimetrik analiz metodlari Hajmlarni o’lchash va ishchi eritmalar Reaksiyaning tugashini aniqlash Titrimetrik analizdagi hisoblar Tayanch iboralar. Normal konsentratsiya, molyar konsentratsiya, molyarlik, normallik, molyal, massa ulushi, hajmiy ulush, eritma, konsentratsiya, xromotometriya, permanganotometriya. Kimyoviy analiz usullari orasida tortma analiz usuli eng aniq usuldir. Shu bilan birga uning ishlatilish sohasi juda kengdir, Chunki har qanday element qiyin eriydigan biror birikma hosil qiladi va uning miqdori tortma analiz usullardan foydalanib aniqlanadi. Lekin bu usulning katta kamchiligi ham bor. Bu shundan iboratki, modda va idishlarni tortishda ko’p vaqt ketadi. Bu analizning natijasi qulay hollarda bir necha soatdan so’ng olinadi, ko’pincha esa analiz kelasi kungacha davom etadi. Hajmiy analiz bajarilish tezligi jihatidan tortma analizga nisbatan katta afzalliklarga ega. Hajmiy, ya‘ni titrimetrik analizда reaksiyaga kirishayotgan moddalarni aniq hajmi aniqlanadi. Hajmiy analizda reaksiya mahsulotini tarozida tortish o’rniga reaksiyaga sarflangan va konsentratsiyasi yoki titri aniq ma‘lum bo’lgan reaktiv eritmasining hajmi o’lchanadi va shuning uchun aniqlash tez bo’ladi. Modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentratsiyasini hajmiy– analitik yo’l bilan aniqlash jarayoniga titrlash deyiladi. Titr deb, odatda, 1 ml eritmadagi erigan moddaning grammlar soniga aytiladi. Masalan, Н2SO4 ning titri 0,0049 g/ml ga teng deyilsa, bu sulfat kislota shu eritmasining har bir millilitrida 0,0049 g Н2SO4 bo’lishini ko’rsatadi. Titr T xarfi bilan ifodalanadi va tegishli moddaning formulasini ko’rsatiladi. Masalan, ayni holda: Т = 0,0049 g/ ml Titrimetrik analizning bu muhim operatsiyasi shundan iboratki, aniqlanayotgan eritmaga reaksiya tugaguncha aniq ma’lum konsentratsiyali boshqa eritma qo’yiladi. Titrlashda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq mos keluvchi miqdorda qo’shiladi. Shunday qilib, bunday aniqlash qo’shilgan reaktiv miqdori aniqlanayotgan birikma miqdoriga ekvivalent bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Titrimetrik analizda standart ishchi eritma sifatida odatda 0,1n va 0,2 n kontsentratsiyali eritmalar nisbatan ko’prok 1 n va 0,5 n kontsentratsiyali eritmalar nisbatan kam ishlatiladi, chunki keyingi kontsentratsiyalar titrlash paytida ko’proq xatolarga yo’l qo’yadi. Ma’lumki, bir-biri bilan miqdoran reaksiyaga kirishuvchan eritma hajmlari bu eritmalarning normal konsentratsiyalariga teskari proporsionaldir: yoki V1N1 = V2N2 Bunda V- reaksiyaga kirishayotgan eritma hajmi; N- normal konsentratsiya. Bu qoida titrimetrik aniqlash asosida yotadi. Eritmalardan birining konsentratsiyasini aniqlash uchun reaksiyaga kirishuvchi eritmalarning aniq hajmini, ikkinchi eritmaning aniq konsentratsiyasini va ikki moddaning ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirishib bo’lishni bilish kerak. Binobarin, titrimetrik aniqlashning muhim momentlari quyidagilardir: 1) reaksiyaga kirishayotgan eritmalarning hajmini aniq o’lchash: 2) ishchi eritmalar deb ataluvchi va ular yordamida titrlash bajariladigan aniq ma’lum konsentratsiyali eritmalar tayyorlash; 3) reaksiyaning oxirini aniqlash. Titrimetrik aniqlash gravimetrik aniqlashga nisbatan ancha kam vaqt oladi. Gravimetrik analizning ko’p uzoq cho’ziladigan operasiyalari – cho’ktirish, filtrlash, tortish va boshqalar o’rniga titrimetrik aniqlashda faqatgina bitta operasiya – titrlash o’tkaziladi. Titrimetrik analizning aniqligi gravimetrik analiznikiga qaraganda birmuncha kamroq, ammo farq katta emas. Shuning uchun mumkin bo’lgan joyda aniqlashni tezroq bajariladigan metod bilan olib borishga harakat qilinadi. U yoki bu reaksiya titrlashga asos bo’la olishi uchun u qator talablarni qanoatlantirishi kerak. 1. Reaksiya qo’shimcha reaksiyalarsiz ma’lum tenglama bo’yicha miqdoran ketishi kerak. Qo’shilayotgan reaktiv faqatgina aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo’layotganiga iqror bo’lishi kerak. 2. Reaksiyaning tugashini aniq belgilash kerak, chunki reaktivning miqdori aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent bo’lishi zarur. Analiz natijalarini hisoblash reaksiyaga kirishayotgan moddalarning ekvivalentiga asoslangan. 3. Reaksiya yetarli tezlikda ketishi va amalda qaytmas bo’lishi kerak. Sekin ketadigan reaksiyalarda ekvivalent nuqtani aniq belgilash deyarli mumkin emas. Download 60.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling