4. Yangi mavzuni mustahkamlash: (10 daqiqa)
Mirkarim Osim hayoti va ijodi bilan avvalgi darsda tanishganingiz Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi o’rtasida qanday umumiylikni payqadingiz?
Yozuvchining asosan tarixiy mavzularda asarlar yozishdan maqsadi nima edi, deb o’ylaysiz?
Mirkarim Osim o’z asariga nima uchun «Zulmat ichra nur» deb nom bergan? Bu sarlavhani tushuntirishga harakat qiling-chi.
Yosh Alisher bilan uning o’rtog’i Husayn o’rtasida qanday farqlarni sezdingiz?
Kitobingizda berilgan parehadan Alisherning tashqi ko’rinishi, o’zini tutishi aks etgan o’rinlarni topib o’qing va har birini izohlashga urining.
Asarning qaysi o’rinlarida Alisherning onasi bolasini juda avaylashi, jonidan ortiq yaxshi ko’rishi tasvirlangan?
Alisherning «osmonda parvoz qiluvchi katta, tumshug’i qon, xunuk o’limtik burgutlarni tasawur qilib, seskanib» ketishiga sabab bo’lgan voqealarni topib o’qing va o’qituvchingiz yordamida izohlashga harakat qiling.
5.Baholash.(3 daqiqa)
6. Uyga vazifa : (2daqiqa) Ota-onangiz yordamida asar matnida uchragan «ilki», «cherik», «muguz», «bid’at», «xurofot», «lashkargoh», «xachir», «taxtiravon», «valad», «yazna», «mesh» so’zlarining ma’nosini topib, lug’at shaklida daftaringizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |