Mirzo Ulug`bek buyuk alloma
Ulug‘bek ilm- fanning ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan alloma. Ularga oid qator asarlar ham yozib qoldirdi. Biroq ilm-fanda u, awalo, buyuk astronom sifatida mashhur bo‘ldi. Ulug‘bek osmon jismlarini kuzatish maqsadida rasadxona qurdirdi.
Rasadxona ichiga o‘rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh Oy sayyoralari va yulduzlar holati o‘rganildi. Rasadxonada olib borilgan kuzatishlari natijasida «Ulug‘bek ziji» deb ham ataladigan dunyoga mashhur asarini yozdi. Asarda 1018 ta yulduzning o‘rni holati sharhlab berildi.
Ulug‘bek tarix faniga oid «To‘rt ulus tarixi» asarini ham yozib qoldirdi.
Mirzo Ulug`bek akademiyasi
Ulug‘bek Samarqandda qurdirgan madrasa-raadxona bilan birgalikda «Ulug‘bek akademiyasi» nomi bilan ham tarixga kirdi. Bu Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilganidan oradan to‘rt asrdan ko‘proq vaqt o‘tgach yurtimizda tashkil etilgan ikkinchi akademiya bo`ldi.
Ulug`bek o`sha davrning ko`plab iste`dodli olimlarini akademiyaga to`pladi. Ularning ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berdi.
Ulug`bekning ustozi Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshiy va shogirdi Ali Qushchilar akademiyaning eng mashhur olimlari edilar.
Mirzo Ulug`bek ilm-fan homiysi
Ulug`bek faqat davlat ishlari va ijod bilan shug`ullanib qolmadi. U ayni paytda ilm-fan ravnaqiga homiylik ham qildi.
Buxoro, Samarqand va g`ijdivon shaharlarida 3 ta madrasa barpo ettirgani buning yorqin dalilidir.
Samarqand madrasasida talabalarga asosiy ma`ruzalarni Qozizoda Rumiy, Ulug`bek,Koshiy va Ali Qushchilar o`qishdi.
Buxoroda qurilgan madrasa eshigi tabaqalariga “bilim olosh har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan ibora o`yib yozilgan edi. Ulug`bek bu madrasaga tashrif chog`ida talabalarga in`omlar tarqatgan.
Mirzo Ulug`bek tavalludining nishonlanishi
1994 yilda yurtimizda va xalqaro miqyosda buyuk alloma Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi noshonlandi. Samarqanddagi tantanalarda o`zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi va nutq so`zladi.
Birinchi Prezidentimiz o`z nutqida buyuk bobomiz Mirzo Ulug`bekni “sharqning yorqin yulduzi” deb atadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2009-yilni Ulug`bek sharafiga “Xalqaro astranomiya yili” deb e`lon qilganligi esa Ulug`bek buyuk xizmatlarining yana bir e`tirofi bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |