Kurs ishi mavzu: Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi
Download 69.35 Kb.
|
Aliboyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarblig:.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o`qitish metodikasi yo`nalishi O`zbekiston tarixi fanidan KURS ISHI Mavzu: Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi Bajardi: Tarix va uni o`qitish metodikasi yo`nalishi 3-kurs talabsi: Aliboyev S. Ilmiy rahbar: Tarix fanlari fan bo`yicha doktor, dots: Mirkomilov B. Jizzax-2022 Mundarija Kirish………………………………………………………………………..3 BIRINCHI BOB: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RAVNAQI. 1.1.Amir Temurning Movaraunnahrda ilm fan ravnaqiga qo`shgan hissasi………………………………………………………………………………6 1.2.Amir Temur va temuriylar davrida tarixshunoslik……………………..12 IKKINCHI BOB: AMIR TEMUR DAVRIDA MEMORCHILIK, FALSAFA VA DIN 2.1. Me'morchilik, tasviriy san'at va amaliy san'at…………………………19 2.2.Amir Temur davrida badiiy adabiyotga qaratilgan e`tabor……………26 Xulosa ……………………………………………………………………...34 Foydalanigan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………36 KIRISH Mavzuning dolzarblig:. O‘zining 24 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lini nishonlayotgan o‘zbek xalqi ma’naviyatini uning boy, tarixiy ma’naviy merosi, madaniy boyliklari o‘ziga xos urf-odati va an’analari belgilaydi. Shunday tarixiy, madaniy meroslardan biri XIV-XV asrlarda yuz bergan uyg‘onish-renessans davridir. Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davrida O‘rta Osiyoda uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yildi, boy madaniy meros yaratildi. Bu davrda shaharsozlik, me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, xattotlik, ilm-fan, adabiyot, musiqa kabi sohalar, nihoyatda rivojlandi. O‘rta Osiyo renessansi ta’siri Xuroson va Hindiston, hattoki, Yevropa mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. “Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk, zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning tarixan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi” – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov.1 Amir Temur tomonidan Turonzaminda uyg‘onish davrining ikkinchi boshqichini boshlab berilganligini to‘laqonli o‘rganilishi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Yurtboshimiz aytganidek, “Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart”.2 Download 69.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling