Kurs ishi mavzu: Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi


Mavzuning maqsad va vazifalari


Download 69.35 Kb.
bet2/7
Sana02.05.2023
Hajmi69.35 Kb.
#1422315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aliboyev

Mavzuning maqsad va vazifalari: XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar, Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi3
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mazkur muammoning ba’zi jihatlari respublika tarixchi olimlari tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsada, O‘rta Osiyoda XIV-XV asrlarda yuz bergan uyg‘onish davri yaxlit tarzda o‘rganilmagan.Mavzu tarixshunosligida sovetlar davrida nashr etilgan adabiyotlar ham o‘rin olgan. Movarounnahrdagi ilmiy maktabga asos solgan Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy faoliyati V.Bartold, V.Vyatkin, V.Shishkin, T.Qoriniyozov, G‘.Jalolov, N.Monovlar tomonidan, Yevropa va Amerika olimlaridan Jon Grevs, Tomas Xayd, E.B.Nobe, I.Sediyo, K.Nallino, E.S.Kennedi va Mayslar tomonidan ilmiy tadqiq etilgan. Shuningdek, Gleb Goluberning “Ulug‘bek” qissasi, M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” nomli badiiy asarlar ham yaratildi..
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach mazkur davr tarixi milliy istiqlol g‘oyasi asosida tadqiq etildi.
Avvalo B.Ahmedovning mavzuga yaqin bo‘lgan qator ishlari tadqiqot mavzusini yoritilishda katta ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tish joiz.
Muallifning mustaqillik yillarida qator ilmiy monografiyalari chop etildiki, bu asarlarda turli manbalardan foydalangan holda XIV-XV asrlardagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi tadqiq etilgan. Muallif o‘zining “Ulug‘bek”1, “Amir Temur”2, “Amir Temurni yod etib”3, “Sohibqiron Temur, “Amir Temur haqida hikoyalar”, “Amir Temur darslari” kabi asarlari mazkur davrdagi ilm-fan ravnaqi qimmatli ma’lumotlarni bera olgan.4

Download 69.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling