Namangan davlat universiteti Jismoniy madanyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Download 36.85 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2023
Hajmi36.85 Kb.
#1234458
  1   2   3
Bog'liq
баённома № 9 31.10.2022


Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Jismoniy madaniyat JSM-DU-21-guruhi talabalari
2022-yil 31-oktabr kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”

BAYONNOMASI № 9




Mavzu: Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “buyuk”, “buyuklik” tushunchalari – ulug‘vor, ulkan, yuksak, tengsiz, yetuk, tabarruk kabi tushunchalar bilan izohlangan. Shu ma’noda “O‘zbekiston - buyuk yurt” degan e’tirofning ko‘plab asosi, dalili va isbotlar mavjud.




O‘zbekiston farzandlarining “baxtiyorligi” nimada?
Har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda Yangi O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azm-u shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda, sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!”-degan hikmatli so‘zlari baxtiyorlikning asosini belgilaydi.
Mustaqilligimizning dastlabki vaqtlaridayoq, ya’ni 1991-yil 18-noyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida”gi qonun, 2016-yilda esa bu qonun Yangi tahrirda qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi “2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 310-sonli qarori va boshqa normativ huquqiy hujjatlar asosida yoshlarning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Download 36.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling