Namangan davlat universiteti Jismoniy madanyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Ta’lim, bilim va ilmga rag‘bat baxtiyorlikning muhim omili


Download 36.85 Kb.
bet2/3
Sana27.02.2023
Hajmi36.85 Kb.
#1234458
1   2   3
Bog'liq
баённома № 9 31.10.2022

Ta’lim, bilim va ilmga rag‘bat baxtiyorlikning muhim omili. Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda yoshlar uchun imkoniyatlar eshigi shu qadar keng ochib berildiki, bunday imtiyoz va imkoniyatlar hech bir davlatda yo‘qligini baralla ta’kidlash mumkin. Jumladan, Prezident maktablarining tashkil etilishi, Xalq ta’limi tizimidan 790 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqaruvi ham Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tasarrufiga o‘tkazilishi, umuman yoshlarning har tomonlama zamonaviy bilim egallashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, mamlakatimizda keyingi to‘rt yil davrida fan va ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida:
a) qisqa muddatda maktabgacha ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi;
b) 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta’mirlandi. Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etildi;
v) hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi;
g) fizika va chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar ochishga alohida e’tibor berilmoqda. 2021-yil sentyabr oyida 14 ta fizika va 207 ta chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘z faoliyatini boshlashi belgilangan.
Tinchlikni asrash va himoya qilishga qaratilgan faoliyat ta’lim sohasidagi natijadorlikning amaliy-pragmatik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Buni maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘g‘il-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, ijodiy festival va tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallamoqda, mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliygohlarga kirib o‘qish huquqini qo‘lga kiritganligi, oxirgi bir yarim yilda iqtidorli o‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bundan tashqari:
a) yurtimizda olijanob kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.
b) xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlarini moddiy taqdirlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani ham ana shunday ishlarimiz qatoriga kiradi;
v) dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar tajribasi asosida maktab ta’limi uchun o‘quv dasturi va darsliklarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi;
g) bugungi kunda butun yurtimizni qamrab olgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarimizning yetuk insonlar bo‘lib kamol topishi uchun kengko‘lamli ishlar boshlangan;
d) yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu asosda 201 ta axborot-kutubxona markazidagi kitoblar soni qariyb 25 millionga yetkazilgani, o‘tgan yili maktab kutubxonalari 150 mingdan ziyod yangi adabiyotlar bilan ta’minlangani yoshlarimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, 2021-yildan OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etildi. Hozirgi Prezident stipendiyasi faqat bir o‘quv yili uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ushbu grant mablag‘lari to‘rt yil davomida to‘lab borilyapti. Shuningdek, IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75 foizini to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilmoqda.
Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etildi va mazkur jamg‘arma yoshlarning loyihalarini qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiryapti. Bundan tashqari kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida berilishi yo‘lga qo‘yildi.
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari to‘lab beriladi. Mazkur imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-87-son Farmonida ko‘zda tutilgan.

Download 36.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling