Mundarija: kirish. 1-bob. Huquq manbalari va ularning turlari
Download 85.62 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati XULOSA. KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
MUNDARIJA: KIRISH. 1-bob. Huquq manbalari va ularning turlari Ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o‘rni 1.2 Huquq manbalari tushunchasi va turlari 2-bob Huquq manbalari 2.1. O‘zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari 2.2. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati XULOSA. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘tgan yillar davomida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va marifat sohalarida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarimizni tiklashda, fuqarolar ongida, ularning huquqiy - axloqiy tarbiyasida tub o‘zgarishlarni talab etadigan huquqiy tarbiya, huquq normalari va manbalarini mukammal joriy etish jamiyat taraqqiyotining muhim bir bo‘lagini tashkil etadi. Bu borada Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning ko‘plab farmon va farmoyishlari, qarorlari ham katta tamal toshi sifatida o‘rin egallamoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan o‘z erkimizni qo‘lga kiritdik. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo‘ygan yurtboshimiz SH.M.Mirziyoev mamlakatda huquqiy tarbiyani takomillashtirish borasida demokratik islohotlarning etakchisidir. SHu o‘rinda Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son farmoni, 2022 yil 17 martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son farmonlarida ham huquqiy ong va tarbiya, uni takomillashtirilgan huquqiy manbalar orqali rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni barpo etishda, albatta milliy qadriyatlarga va insonparvarlik prinsiplariga tayanamiz. Buning uchun jamiyat a’zolariga, shu jumladan o‘sib kelayotgan yosh kelajak avlodlarda huquqiy tarbiyani shakllantirish zarurdir.Vaholanki, mustaqilligimizga hamda berilgan imkoniyatlarga mos turda aholining huquqiy tarbiyasi, huquq manbalarini teran o‘rganish va amaliyotga joriy qilish bugungi kun talablariga javob bermayapti. Download 85.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling