2.1.O‘zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari
O‘zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlarini keltirish mumkin.
01.05.2023 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.
Qonunga asosan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 2023 yil 1 mayda kuchga kirdi.
Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
Amaldagi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran o‘z faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi.
Konstitutsiyaning 92-moddasi uchinchi qismining Oliy Majlis Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) a’zolari sonini belgilovchi qoidalari 2024 yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritiladi.
Konstitutsiyaning 120-moddasi uchinchi qismi viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutadi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini ta’minlash uchun ushbu norma:
viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan – 2024 yilda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari bo‘yicha;
tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan – 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida Xuquqning asosiy manbalariga normotiv huquqiy hujjatlarni ham kiritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |