Mavzu: mis boyitmasining ratsional tarkibini aniqlash
Download 35.98 Kb.
|
abcdef
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis boyitmasining ratsional tarkibi, %
4-AMALIY ISH MAVZU: MIS BOYITMASINING RATSIONAL TARKIBINI ANIQLASH Ratsional tarkibi hisoblanayotgan mis boyitmasining kimyoviy tarkibi quyidagicha,%: Cu - 17; Fe - 34; S - 36; Zn - 6; SiO2 - 4; Al2O3 - 1 va boshqa elementlar - 2. Asosiy minerallarga xalkopirit CuFeS2, pirit FeS2, pirrotin Fe7S8, sfalerit ZnS, silikatlar va boshqalar kiradi (bu yerda pirrotin monoklin formasida ishtirok etadi deb belgilaymiz). Hisob-kitoblarni 100 kg shixta uchun olib boramiz. Dastavval sfaleritdagi oltingugurt miqdorini topamiz: X1 (S) = 32 5 : 65 = 2,45 kg Bundan kelib chiqib, hammasi bo‘lib sfaleritning umumiy miqdori: (ZnS) = 6 + 2,45 = 8,45 kg bo‘ladi. Xalkopiritdagi temir va oltingugurt miqdorini hisoblaymiz: oltingugurt miqdori mis miqdoriga, ya’ni 17 kg ga teng, temir miqdori esa X2 (Fe) = 56 17 : 64 = 14,9 kg Xalkopiritning umumiy miqdori: (CuFeS2) = 17 + 14,9 + 17 = 48,9 kg ga teng. Oltingugurt va temirning qoldiq miqdorini topamiz: (S) = 36 - 17 - 2,45 = 16,55 kg; (Fe) = 34 - 14,9 = 19,1 kg. Piritdagi temir miqdorini X3 kg va pirrotindagi miqdori 19,1-X3 kg deb belgilaymiz. Piritdagi bog‘langan oltingugurt miqdori X3 64 : 56, pirrotindagi oltingugurtning miqdori esa (19,1 - X3) (32 8) : (56 7) kg. Ularning umumiy summasi oltingugurtning butun qoldig‘iga teng: X3 64 : 56 + (19,1 - X3) (32 8) : (56 7) = 16,54 kg Tenglamani yechib, X3=8,3 kg ekanligini topamiz. Bu yerdan piritdagi oltingugurt miqdorini topamiz: (S) = 64 8,3 : 56 = 9,5 kg. Piritni umumiy miqdori esa 8,3 + 9,5 = 17,8 kg ga teng. Pirrotindagi temir miqdori G‘e = 19,1 - X3 = 19,15 - 8,3 = 10,8 kg, oltingugurt miqdori esa S = 256 10,8 : 392 = 7,05 kg ga teng. Bundan kelib chiqib, pirrotinning umumiy miqdori 10,8 + 7,05 = 17,85 kg bo‘ladi. Hisob-kitoblar natijasini 1-jadvalga kiritamiz. 1-jadval. Mis boyitmasining ratsional tarkibi, %
Download 35.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling