Mavzu: Mis-piritli rudalarini maydalash va yanchish sxemasini tanlash va hisoblash. Bajardi: 13E-20 ki (fqb)


Download 274.56 Kb.
bet6/23
Sana17.06.2023
Hajmi274.56 Kb.
#1519678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-variant (3)

Maydalash darajalari


Dastlabki maxsulot bo‘laklarini maydalash boskichlaridan keyingi o‘lchamlari farqiga maydalash darajasi deyiladi. Maydalash darajalari maydalagichlarning turlaridan qat’iy nazar ularni unumdorligi va elektr tokining sarflanishiga boglikdir. Maydalash darajasi – maydalash jarayonida foydali qazilmalarning necha marta kichrayganligini ko‘rsatishi bir nechta formulalar bilan aniqlanadi. Maydalash jarayonlarining maydalash darajasi bilan baxolanadi. Maydalash darajasi dastlabki maxsulot kattaligi va maydalagichdan keyin chikadigan maxsulotning kattaligi bilan aniqlanadi:
(1)
Bu erda S - maydalash darajasi
D max – dastlabki maxsulotning eng katta o‘lchami
dmax – maydalangan maxsulot tarkibidagi eng katta bo‘lak o‘lchami Dmax va dmax larni – kurs loyixalarini echishda yoki xisob amallarini bajarish vaktida D1 va D11 deb yuritamiz.


1.5 Maydalash mashinalarining turlari


Maydalagichlarning tasnifi
Maydalagichlar tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Jag‘li maydalagichlar (щekovыe drobilki)
2.Konusli maydalagichlar (konusnыe drobilki)
3.Jo‘vali maydalagichlar (valkovыe drobilki)
4.Bolg‘ali maydalagichlar (molotkovыe drobilki) va x.k.

10

Jag‘li maydalagichlarda maydalash jarayonlari qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan jag‘lar orasida xom ash’yoning maydalanishi hisobiga amalga oshiriladi. Maydalagich jag‘lari sillik yoki mayda tishli bo‘ladi. Bu jag‘lar maydalagichlarning turlariga qarab oddiy va murakkab xarakatlanadi. Jag‘li maydalagichlar asosan birinchi bosqich maydalashda va boyitish fabrikasining unumdorligi katta bo‘lgan xollarda qo‘llaniladi. Bunday maydalash mashinalarining bir necha xil markadagi turlari mavjud bo‘lib, bu foydali qazilmalarni fizik xossalariga asoslangan xolda tanlanadi.
Konusli maydalagichlarda maydalash jarayonlari ko‘zg‘almas va ko‘zg‘aluvchn ekssentrik aylanadigan konuslar orasida xom ashyoning uzluksiz maydalanishi natijasida amalga oshiriladi. Bunday maydalagichlarning bir nechta tulari mavjud bo‘lib. uch boskichli maydalashda qo‘llash mumkin. Ularni quyidagi turlari mavjud: katta o‘lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KKD); o‘rtacha o‘lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KSD); va mayda o‘lchamda maydalovchi konusli maydalagich(KMD).

Download 274.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling