Mavzu: Mis-Rux rudasini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini hisoblash


Download 0.72 Mb.
bet10/10
Sana15.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1201811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kur ish 1

Changlanishini kamaytirish.Bu tadbir changni tutib qolish, kotariladigan changni bosish hamda chang kotariluvchi yuzalarni qotirishdan iborat.
Changnitutib qolish burg‘ulashishlarida, maydalash-saralash, aglomeratsiyavaboyitishfabrikalaridamexanik,
gidravlik, filtrli va elektr chang tutgichlarda amalga oshiriladi. Mexanik chang tutgichlarning ishi chang zarralarining o‘z og‘irligi, inersiya kuchi va markazdan qochma kuch ta’sirida ajralib, cho‘kishiga asoslangan. Gidravlik chang tutgichlarishi chang zarralarini suyuqlik yordamida cho‘ktirish ya’ni changli havoni «yuvish» ga asoslangan. Filtrli chang tutgichlarda chang zarralari g‘ovak filtrlovchi elementlarda tutib qolinadi. Elektr chang tutgichlar ishi chang zarralarning elektrtoki ta’sirida ionlashib, musbatelektrod atrofiga to‘planishiga asoslangan.
Konchilikda shovqin portlatish ishlari, ichki yonish dvigatellari, elektrodvigatellar, nasos va kompressorlar, burg‘ulash uskunalari, tegirmon, maydalash va elash uskunalari ishi va shu singari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarda hosil bo‘ladi. Shovqinni pasaytirish o‘ziga quyidagi guruhni qamragan tadbirlar majmuasi yordamida amalga oshiriladi:

  1. Tashkiliytadbirlar:

● ishga qabul qilishda kasbiy tayyorgarlikni tekshirish;
● ishchilarning dam olish va mehnat qilishlarida maqbul rejimni tanlash;
● qurilmalardan foydalanish tartib-qoidalarini belgilash;
●xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;
● shovqin darajasi ustidan nazorat o‘rnatish;
● shovqin chiqaruvchi mashina va mexanizmlarni to‘g‘ri joylashtirish;
● shovqini kuchli bo‘lgan qurilmalarni kam shovqinli qurilmalarga almashtirish;
● kuchli shovqin chiqaruvchi mexanizmlarishini masofadan boshqarish;
● ishlab chiqarish xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan Ta’minlash.
2. Texnik tadbirlar:
a) passivtadbirlar – bularga shovqin manbasi atrofiga to‘siqlar qo‘yishishlari kiradi;
b) aktivtadbirlar – bularga texnologik qurilmalardagi shovqin va titrashni kamaytirish uchun metallarning titrovchi yuzalari orasi garezina va yumshoq plastic moslamalari hamda amortizatorlarni o‘rnatishishlari kiradi.
3. Rejalashtirish tadbirlari:
● aholi punktlarini shovqin eshitilmaydigan qilib joylashtirish;
● ishlab chiqarishni tashkil qilishda mahalliy joining relefini
Hisobga olish;
● ishlab chiqarishni tashkil qilishda shamolning yo‘nalishini hisobga olish;
● shovqin kuchini sanitariya meyorlari darajasiga pasaytirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ishchi va xodimlar shovqindan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari – naushniklar, antifonlar, shlem, maska, qalpoq va shu kabilardan foydalanadilar.




Xulosa.
Men bu kurs ishini bajarish davomida quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldim. “Kurs ishi” ning birinchi bo`limida rux rudasining qisqacha tasnifi haqida ko`plab, to`liq va batafsil ma`lumotlarga ega bo`ldim.Ya`ni rux rudasining asosiy minerallari va ularning sanoatdagi ahamiyati kabilar haqidagi tushunchalarga ega bo`lish bilan birgalikda “Kurs ishi” ning ikkinchi bo`limida ushbu radalarning boyitilish nazariyasi haqida ham o`zimga kerakli ma`lumotlar oldim.Rudani boyitish nazariyasi asosan rudani yuqori samaradorlikda boyitishga asoslangan ekan.Boyitish nazariyasining mohiyatini o`rgangach, uchinchi bo`limda rux rudalarni boyitish fabrikalari haqida ma`lumotlarga ega bo`ldik.Kentaus rux boyitish, Tekeliysk va Olmaliq qo’rg’oshin- rux boyitish fabrikalarining ish faoliyati hamda bu fabrikalardan chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati haqida bilib oldim.To`rtinchi bo`limda rudalarni maydalash va yanchish sxemalari va ularning turlari haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`ldim .Rux rudasini 3-bosqichda maydalash sxemasini tanladim hamda ularni hisoblab chiqdim. Xuddi shunday ushbu rudani 2- bosqichda yanchish sxemasini ham tanlab, hisobladim.
Beshinchi bo`lim orqali boyitish fabrikalaridagi flotatsiya jarayoniga tegishli bo`lgan texnika xavfsizligi qoidalari haqida to`liq tushunchalarga ega bo`ldim. Konchilik ekologiyasi bugungi kundagi ekologiyaning eng global muammolaridan biri hisoblanadi.Ya`ni boyitish fabrikalarida ish jarayonida katta miqdorda chang hamda zaharli birikmalar ajralib chiqadi, uskunalarning ishlashidan esa katta miqdorda shovqinlar hosil bo`lib, ekologiyaga hamda inson salomatligiga o`zining salbiy hamda zararli ta`sirlarini ko`rsatadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. “Rudalarni boyitish” Umarov I.K.Toshkent-2007 yil.

  2. “Foydali qazilmalarni boyitish usullari” Solijonova G. K. Toshkent- 2013 yil.

  3. “Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi: Yordamchi jarayonlar”Solijonova G.K. Тoshkеnt- 2007 yil.

  4. “Fоydаli qаzilmаlаrni bоyitish vа qаytа ishlаsh”Umаrоvа I.K., Solijonova G.K. Toshkent- 2009 yil.

  5. www.Ziyo.Net.uz.

  6. www.tdpu.uz.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling