Mavzu: Mis va mis-pirit rudalarini boyitish texnologiyasi. Mis va mis-pirit rudalari


Download 96.45 Kb.
bet1/2
Sana15.10.2023
Hajmi96.45 Kb.
#1703954
  1   2
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Mis va mis-pirit rudalarini boyitish texnologiyasi. Mis va mis-pirit rudalari.
Reja:
1. Misning asosiy xususiyatlari va qo’llanilish sohalari.
2. Misning minerallari va rudalari.
3. Mis va piritning flotatsiyalanish xususiyatlari

1. Mis — D.I. Mendeleev davriy jadvalining birinchi guruhiga kiruvchi kimyoviy element bo’lib, atom nomeri 29, nisbiy atom massasi 63,546. Kristal panjarasi — tomonlari 3,597∙10-10 m bo’lgan qirralari markazlashgan kub. Elektron struk­turasi 1s22s22’63s23r63d104s1 va s-elemenga kiruvchi 7 ta erkin orbitalari soniga ega. Uch valentli misning birikmasi, masalan Si2O3 kuchli oksidlovchi hosoblanadi. Mis birqancha bir valentli birikmalar hosil qiladi, ammo u uchun ikki valentli birikma xarakterli hisoblanadi.


Misning atom radiusi 1,28∙10-10 m, bir valentli misning ion radiusi 0,96∙10-10 m, ikki valentli misning ion radiusi esa 0,8∙10-10 m. Misning zichligi 20 °C haroratda 8,96 g/sm3 ga teng. Erish harorati 1083°C, qaynash harorati 2600 °C. Misni keng qo’llanilishiga sabab bo’lgan asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqori issiqlik o’tkazuvchanligi (20 ° C haroratda 394,279 Vt/(m∙K) va kam elektr qarshilikka egaligidir (20 ° C haroratda 1,68∙10-8 Om.m). Mis kumushdan so’ng eng yaxshi o’tkazuvchan hisoblanadi.
Mis nomagnit, uning magnit singdiruvchanligi 5,27 .10-6 ga teng. Kam miqdordagi fosfor, margimush, surma va alyuminiy uning issiqlik o’tkazuvchanligini pasaytiradi, vismut va qo’rg’oshin qo’shimchalari misni sinuvchanligini oshiradi, oltingugurt qo’shimchasi esa sovuqda havoda misni murtlashtiradi. Mis bilan qattiq aralashma hosil qiluvchi ko’p elementlar uning elektr o’tkazuvchanligini pasaytiradi.
Misning kimyoviy faolligi sust. Xona haroratida namlik va SO2 gazi tahsirida misning yuzasi karbonat qobig’i bilan qoplanadi va u qobiq keyinchalik misni oksidlanishdan saqlaydi. 375°C gacha qizdirilganda misning yuzasi SiO gacha oksidlanadi. 1100 °S gacha qizdirilganda misning sirt yuzasida SiO qatlami, ichida esa Si2O hosil bo’ladi.
Mis (N. A. Menshutkin tasnifiga ko’ra) kumush, kadmiy, smob, qo’rg’oshin va vismut bilan bir qatorda IV analitik guruhga kiradi va vodorod sulfidi bilan rN 0,5 da erimaydigan sulfidlar hosil qilgan holda yengil cho’kadi. Temir, kobalt va nikel singari mis ham kompleks hosil qilishga moyil. Bu esa ammiakli kompleks olish uchun muhim sanoat ahamiyati kasb etadi.
Misning yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiqlik o’tkazuvchanligi va egiluvchanligi uning texnikada keng qo’llanilishiga sabab bo’ladi. 50 % qazib olinadigan mis elektrotexnika sanoatida kabel, shin va boshqalarni ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Misdan muzlatkichlarning detullari, issiqlikalmashtirgichlar yasaladi. Qazib olinayotgan misning 40 % ga yaqini har xil qotishmalar (ulardan asosiydari latun va bronza hisoblanadi) olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari mis sulfati, mineral o’g’itlar va sanhat asarlari uchun mahsulotlar olish uchun foydalaniladi.

2. Mahlum bo’lgan 170 ta mis mineralidan hozirgi kunda 17 tasi sanoatda qo’llanilmoqda. Bu minerallar birinchi navbatda misning sulfidli minerallari – xalkopirit, bornit, xalkozin, kovellin, tetraedrit, tennantit, enargit, hamda oksidli minerallari – kuprit, malaxit, azurit, xrizokolla, broshantit, va xalkantitlardan iborat.


Konlarda mis alohida mineral sifatida uchrab turadi. Unda misning miqdori 97 – 99% gacha, hamda temir, kumush, qo’rg’oshin, oltin, smob va vismut qo’shimchalari uchraydi. Tug’ma misning zichligi 8,4 – 8,9 g/sm3 va qatttiqligi 2,5 – 3 ga teng.
Xalkopirit, yoki mis kolchedani, CuFeS2 misning asosiy minerallaridan biri hisoblanib, u deyarli barcha genetik tipdagi konlarda uchraydi, ammo uning asosiy sanoat ahamiyatiga molik bo’lgan qismi gidrotermal konlar bilan bog’liq. Xalkopirit tarkibidagi misning miqdori 34,6%, temirning miqdori 30,5% va oltingugurtning miqdori 34,9% hamda juda kam miqdorda kumush, rux, oltin, mishyak, selen, tellur va qalay qo’shimchalari mavjud.u tetrogonal sistemada kristallanadi. Kristal tuzulishi xuddi sfaleritning kristal tuzulishi singari bo’lib, ruxning o’rnida mis va temirning atomlari tartiblangan holda joylashadi, oltingugurtning atomi esa misning ikkita atomi va temirning ikkita atomi hosil qilgan tetraedrning ichida joylashadi (1 rasm).
Xalkopiritning rangi latunsimon sariq. Yanchish jarayonida sinish bzasida mis ioni hamda temir va oltingugurt ionlari joylashadi.
1- rasm. Xalkopirit (a) va pirit (b)ning kristal strukturasi
Bornit, Cu5FeS4 misning ikkilamchi sulfidli minerali hisoblanib, panjarasimon yoki plastinkasimon struktura hosil qilgan holda konlarda xalkopirit bilan bir vaqtda yoki undan keyin tarqaladi. Asosan xalkopirit-bornitli rudalarda uchraydi, kolchedan rudalarda esa kamdan kam hollarda uchraydi. Bornit tarkibida 52—65% mis, 8—18% temir, 20—27% oltingugurt va juda kam miqdorda kumush, kobalt va nikel qo’shimchalari uchraydi. Bornitning strukturasi koordinatsiyalashgan antiflyuoritli ko’rinishga ega bo’lib, metal ionlari tetroedrik koordinatsiyalidir. Kristal strukturasining asosini 8 ta atrofida uch valentli temir atomini birlashtirgan oltingugurt atomi tashkil qilib, ular elementar kubning qirralarida va tomonlari o’rtasida joylashgan. Tetraedrning qirrasida joylashgan oltingugurt atomi juda zich kubsimon to’qima hosil qiladi. Tetraedrning tomonlarida har juft S2- atomi o’rtasida Si+ atomi joylashadi. Bunday holatda 48 ta mis joylashishi kerak bo’lgan o’ringa 40 ta joylashadi, bunga sabab, bornitdagi qisman mis Si2+ gacha oksidlanganidir. Bornitning rangi to’q qizil, kukunda esa qora. Singanda sinish tekisligida noto’g’ri shaklga ega bo’lgan zarrachalar hosil bo’ladi. Zichligi 4,9 — 5,3 g/sm3. Qattiqligi 3. Bornit yarim o’tkazuvchan, solishtirma qarshiligi 10-5 — 10-3 Om∙m. Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi 7,4∙10-6 sm3/g.
Xalkozin, Cu2S bir valentli mis atomining ikkilangan, uchlangan va tetraedrli koordinatsiyasi bilan koordinatsiyalangan murakkab strukturaga ega. Xalkozin tarkibida 79,9% mis, 20,1% oltingugurt hamda kumush, kobalt, nikel, mishyak, oltin va kam hollarda temir qo’shimchalari mavjud. Rangi qoramtir, ko’kimtir, kristallari tabletkasimon ko’rinishga ega. Zichligi 5,5— 5,8 g/sm3, qattiqligi 2,5—3, solishtirma qprshiligi 4∙10-4 — 4∙10-2 Om∙m, Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi (0,3—0,4)∙10-6 sm3/g. Xalkopirit va pirit aralashgan joyda ikkilamchi sulfidli tomirli-donador rudalarda uchraydi. Xalkozin asosan tarkibidagi misning miqdori yuqori bo’lgan skarnli kon rudalarining yuqori qatlamida joylashadi.
Kovellin CuS – sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan rudalarda ikkilamchi sulfidli mineral ko’rinishida xalkozin bilan birgalikda uchraydi. U murakkab qatlamli strukturaga ega. Kovellin tarkibida 66,5% mis, 33,5% oltingugurt mavjud. Zichligi 4,6—4,7 g/sm3, qattiqligi 1,5—2. Qo’shimcha sifatida temir, selen, kumush va qo’rg’oshin uchrashi mumkin. Rangi kukimtir. Yaxshi o’tkazuvchan, solishtirma qarshiligi 10-7 —10-6 Om∙m. Magnitga tortilmaydi, Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi (0,04—0,24) -10-6 sm3/g.
Barcha mis tarkibli rudalarda, jumladan polimetal rudalarda ham temir sulfidi uchraydi. Uning qisqacha xarakteristikasi 2-jadvalda keltirilgan.
Pirit yoki oltingugurtli kolchedan barcha sulfidli rudalar tarkibida keng tarqalgan sulfidli mineral hisoblanadi. U asosan kolchedan rudalarda va kelib chiqishi gidrotermal konlarda uchraydi. Pirit tarkibida asosan ko’p uchraydigan qo’shimchalar kobalt, nikel va mishyak, bundan tashqari oltin, mis, kumush, surma, rux va marganets ham uchraydi.

Download 96.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling