2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash hamda chuqur
oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish”
deb nomlangan 5-ustuvor yoʻnalishida Oʻzbekistonning yon-atrofida
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilgan
Ma’lumki, diniy ekstremistlarning asl maqsadi – islom dini
aqidalarini buzib talqin qilish orqali islom dinidan sobiq shoʻro daxriylik mafkurasi yaratgan qulay sharoitdan foydalanib kishilar ongini,
ayniqsa din haqida aniq tasavvur va tushunchaga ega boʻlmagan
yoshlarni zaharlash, mash’lum oʻrta asr qabilidagi xalifalikni tiklash
vasvasasidir96
.
Diniy ekstremizm va terrorizm xavfi oldini olish, eng avvalo, koʻp
jihatdan diniy mutaassiblik va fundamentalizm, ekstremizm va
terrorizm oʻz tarixiy-ijtimoiy kelib chiqishi, ba’zi juz’iy jihatlari bilan
bir-biridan ma’lum darajada farq qilsada, ular umumiy bir zanjirning
halqalaridir. Diniy fundamentalizm va ekstremizm mavjud ekan,
terrorchilik xavfi hamma vaqt saqlanib qoladi.
Diniy fanatizmning “otilib chiqishi”ga sof diniy ziddiyatlardan
koʻra koʻproq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal
qilinmaganligi sabab boʻladi. Aslini olganda, ayni shu muammolar
boshqacha fanatizmni, deylik, bolshevistik, millatchilik ruhidagi
fanatizmni keltirib chiqaradi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev
shunday degan edi: “Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda
murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va
radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda doimo
Do'stlaringiz bilan baham: |