Mavzu: miya. Asab tizimi reja Miya tadqiqoti hamda uning ilmiy ifodasi Miyada o’rganish jarayoni
kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) ko‘ra reflekslardir”
Download 389.33 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Amaliy
kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) ko‘ra reflekslardir” .
Reflektor aktda I.M.Sechenov uchta bo‘g‘imni ajratadi: 1. Birinchi bo‘g‘imda sezayotgan “to‘pning” ta’sirlanishi nerv qo‘zg‘alishiga aylanadi. 2 Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari asosida o‘ziga xos ravishda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilish ro‘y beradi. 3 .Buyruqni amalga oshiruvchi organlarga (muskullarga va bezlar va hokazo) uzatish. I.P.Pavlov (1849-1936) I .M.Sechenovning miya reflektor faoliyatini o‘rganish borasidagi g‘oyasini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangi mazmun kiritdi hamda shartli reflekslarning hosil bo‘lish asoslarini yaratdi. Reflekslarning ikki turi farqlanadi: shartsiz va shartli reflekslar. Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, hayotning dastlabki kunlaridan va keyinchalik, hech qanday tajribasiz (malakasiz) namoyon bo‘la boshlaydi. Masalan, igna sanchilganda qo‘lni tortib olinishi, ovqatning og‘iz bo‘shlig‘ida tushgandagi so‘lakning ajralishi. Shartsiz reflekslarning markazlari turlichadir - shartsiz refleks-lar yoylarning tutashuvchi orqa miyadan va bosh miyaning o‘sishidan ro‘y beradi. Shartli reflekslarning hosil bo‘lish sohasi bosh miya po‘stlog‘idir. Shartli ta’sirlagich organizmning hayoti uchun muhim bo‘lgan qandaydir hodisalarning mavjudligi haqida, masalan, ovqatning mavjudligi, xavf- xatarning paydo bo‘lishi haqida xabar beradi. Shuning uchun I.P.Pavlov bosh miya qobig‘i faoliyatini signal faoliyati deb nomladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, shuni aniqladiki, bosh miya katta yarim sharlari faoliyati organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan nerv tizimiga kelayotgan ko‘pgina ta’sirlovchilarning tahlil va sintez jarayonlaridan iborat ekan. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan analizatorlar deb nomlangan o‘ziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat bo‘lib, periferiyadagi nerv uchidan (retseptor) sezuvchi nervdan (o‘tkazish yo‘li) va miya qobig‘ining tegishli qo‘zg‘atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir. I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to‘g‘risidagi ta’limoti ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir. Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta’sirlagichlar va ularning izlari bilan signallashib ular organizmning ko‘rish, eshitish retseptorlariga bevosita kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi bo‘lib, odam va hayvonlarda umumiydir. So‘zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. So‘zlar narsa va hodisalardan kelayotgan signallarning o‘rnini egallagani uchun I.P.Pavlov tomonidan “signallar signali” deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog‘liq tarzda boradi. Ikkinchi signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi. Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson psixikasining idora etuvchi va o‘zgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi. I. P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o‘zgartirish yo‘li bilan yechishga intildilar. Nerv tizim bo‘lib, ular tom bo‘yicha reflekt Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining ko‘p yillarini bag‘ishlagan rus fiziologi P.K.Anoxin(1898-1974) qaytarma afferentatsiya tizimlarini aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini rejalashtiruvchi va idora etuvchi o‘ziga xos funksional organlarga ajratildi. Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi F.Gall XIX asrning boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli nerv to‘qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog‘liq deb isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma’lum bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida kuzatishgan. Shu yo‘l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so‘ngra esa o‘sha chap yarim sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida “nutqni tushunishini idora qiladigan” Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri 6-7 K.Vernike nomi bilan atalgan) ajratilgan. Mashhur neyropsixolog A.R.Luriyaning fikricha, aynan shuning uchun miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni “lokalizatsiyalash” vazifasi “ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan birgalikda ishlovchi miya zonalarining o‘sha tizimini tahlili, boshqacha qilib aytganda qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari bo‘ylab, tegishli tizimlar bo‘ylab, joylashganligini tahlili” vazifasi bilan almashtirilishi lozim. Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1- blok - energetik blok, u miya po‘stloq qismining normal ishlash tonusini ta’minlaydi. Miya po‘stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan). 3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydi (peshona qismida joylashgan). Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar kuzatiladi. Hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega bo‘lgan bir vaqtda odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) bo‘lib, o‘ng miya yarim shari esa unga bo‘ysungandir va bu o‘ng qo‘lning yetakchi roli bilan bog‘langan (chapaqaylarda bunday dominantlik yoki o‘chib ketadi, yoki o‘ng yarim sharga o‘tadi). Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati va faoliyatining murakkab shakllarini idora etish bilan bog‘liq bo‘lgan nutq markazlari joylashgan. Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operatsiyalarning (semantik afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi o‘ng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur komponentlarini va emotsional jarayonlarini buzadi. To‘plangan ilmiy ma’lumot asosida shuni ta’kidlash mumkinki, chap miya yarim shari o‘ng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir. Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan. Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir № Chap yarim shar O‘ng yarim shar 1. Xronologik tarkib O‘tayotgan vaqt 2. Xarita va chizmalarni o‘qish Aniq makon 3. Nomlarni, izlarni belgilarni yodda saqlab qolish Tasavvurlar, aniq voqealarni yodda saqlab qolish 4. Nutq faoliyati mohiyatini his etish Emotsional holatni idrok etish 5. Olamni xursandchilikda osoyishta ko‘rish Olamni g‘amgin holda ko‘rish 6. Batafsil idrok qilish Yaxlit idrok qilish Download 389.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling