Mavzu: miya. Asab tizimi reja Miya tadqiqoti hamda uning ilmiy ifodasi Miyada o’rganish jarayoni


Download 389.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi389.33 Kb.
#1265471
  1   2   3
Bog'liq
2-Amaliy



MAVZU: MIYA .ASAB TIZIMI
Reja 

.Miya tadqiqoti hamda uning ilmiy ifodasi 
2.Miyada o’rganish jarayoni 
 3 .Miya va aks ettirish 
Inson miyasi koinotdagi jamiki yaratilmish xilqatlar ichida eng murakkabi 
hamda mohiyati hali tugal yechilmagan jumboqli a’zo hisoblanadi. Mashhur 
nevrolog olim Cangeux ta’kidlaganidek: «Agar XX asr atom hamda molekulyar 
biologiya asri bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr shubhasiz miya tadqiqoti asri bo‘ladi», deya 
bashorat qilishining zamirida ham albatta haqiqat bor. 
Bundan qariyb yuz yil muqaddam ispan nevroanatom olimi Santiago Ramon 
Yu Cajal italyan shifokori Gamillo Golgining ranglash metodi asosida neyronlar, 
ya’ni miya hujayralarining turfa funksiyalari hamda o‘zaro uyg‘un tarzda 
harakatlanishini kashf qilar ekan, o‘zining bu boradagi hayratomuz hamda tilsimli 
fikrlarini quyidagicha bayon qilib qoldirgan edi: «Nevrologiya bog‘i hamisha 
tadqiqotchilar uchun hayajonli mo‘jizalar hamda beqiyos taassurotlarni hozirlab 
qo‘yadi. Xuddi hasharotshunos olim rangli kapalak mohiyatini anglash uchun 
kapalak oviga chiqqani kabi, mening qiziqishlarim ham gulzor oralab qalbning sirli 
kapalaklari hisoblanmish katta va kichik shakllardan iborat hujayra mohiyatini 
kuzatdi. Kunlar kelib yana kim bilsin ularning sirli qanoti biz uchun qorong‘u 
bo‘lgan ruhiyat sirlaridan ogoh etsa ajabmas». 
Bu fikrlar aytilganiga bir asrdan ziyod vaqt bo‘lgan bo‘lsa ham, yuksak texnik 
imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy tibbiyot ham hali hanuz miya tadqiqoti uning 
mohiyati hamda sirini anglay olgani yo‘q. 0‘rganishda davom etmoqda. Hayrat 
oshsa oshdi-ki, aslo so‘ngani yo‘q. Tugal yechimga ham kelinmadi, balki kela 
olishmasa ham kerak?! 
Mazkur sohada juda ko‘p izlanishlar hamda tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Miyaning tilsimli jumboqlarini yechish maqsadida keng miqyosdagi ilmiy 
loyihalarga katta mablag‘lar sarflanmoqda. Miya tadqiqotining fan sifatida namoyon 
bo‘lishida amerikalik nevrolog olim Erik Kandelning 1960 yillarda boshlagan ilmiy 
tadqiqoti asos bo‘lgan. U zamondoshi Charlez Sherrington (1857- 1952)ning 
nevrologiya asoslari yuzasidan fikrlariga tayangan holda izlanishlar olib borgan. 
Harry Grundfest (1904-1983), Kolumbiya universiteti nevrologiya fanlari professori 
bilan birga bu sohada ahamiyatga molik yangiliklar va ilmiy tushunchalarni fanga 
taqdim etgan. Yuksak xizmatlari uchun 2000 yilda Nobel mukofotiga sazovor 
boTishining o‘zi ham Erik Kandelni bu soha yetakchisi sifatida ta’riflashimizga asos 
bo‘la oladi. 1970-80 yillarga Germaniyada ham miya tadqiqoti yuzasidan yuksak 
qiziqishlar ila ilmiy izlanishlar avj oldi. Gerhard PreiB, Gerard Friedrich, hozirgi 
kunda Manfred Spitzer, Gerald Huther kabi bir qancha olimlar bu sohaning yanada 
taraqqiy va takomillashuviga xizmat qilib kelishmoqda. 
Garchi miya inson tana a’zolari qatoridagi og‘irligi 1 kilogrammdan ortiqroq 
hisoblangan oddiy bir qism bo‘lsa-da, u o‘zining 100 milliard neyronlari hamda har 
bir neyron o‘zi bilan hosil qiluvchi 10.000 sinapslari bilan, bizni borliqni anglay 
olishimizga, uni ma’lum qadar o‘zgartira olishimizga, dunyo bilan muloqotga 


kirishishimizga, ma’lumotlarni saqlay olishimizga, butun bir hayot mazmunini: 
azob, quvonch, muhabbat, hamdardlik va boshqa his-tuyg‘ularni seza olishimizga 
javobgar bo‘lgan jismimiznig bir bo‘lagidir. 
Miya shunday a’zoki, u hayratga soladigan vazifalarni bajara olsa-da, juda 
kam e’tirof qilinadi. Aqlga sig‘ishi mushkul bo‘lgan ulkan topshiriq va funksiyalarni 
osonlikcha uddalashi haqida ko‘pchilik fikrlab ham ko‘rmaydi. Sodda usulda e’tirof 
etadigan bo‘lsak: ikki kishi xiyobon bo‘ylab sayr qilayapti. Bu holatda miya hech 
qanday qiyinchiliksiz tanamiz muvozanatini saqlab, oldinga qarab harakat 
qilishimizga, yura olishimizga mas’ul bo‘ladi. Bunda albatta vizual sistema - ko‘z 
ham to‘siqlardan o‘tib, to‘g‘ri yo‘lni topishimizga yordam beradi. Bir vaqtning 
o‘zida biz yonimizdagi hamrohimizni eshitib va yana tushuna olamiz. Uning 
so‘zlariga muvofiq miyamizdagi shu mavzuga oid xotira va tasavvurlarni 
gavdalantira olamiz va yana bevosita uning savollariga javob ham beramiz. 
Bularning hammasi, harakat, ko‘rish, eshitish, his qilish, sezish, xotirlash, 
gavdalantirish, o‘ylash va javob berish funksiyalari bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni zamonamizning eng so‘nggi modelidagi 
kompyuteriga ham bir vaqtda yuklash mushkullik tug‘diradi. Ayniqsa, gapirish 
tizimi juda nozik hamda tez xato qilishga moyil bo‘ladi. Miya esa uni ham yuqorida 
sanab o‘tilgan funksiyalar bilan bir qatorda bajara oladi. Bir kichik tana a’zosining, 
arzimas vatt energiya quvvati sarflash evaziga bir talay murakkab vazifalarni bir 
vaqtda uddalay olishi hayratlanarli emas-mi? Uning bu kabi mukammal ishlashining 
siri nimada? Nima uchun kompyuter miyaga tenglasha olmaydi? Miya tadqiqoti shu 
kabi savollarga javob izlash bilan shug‘illanadi. 
Soha mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, chaqaloq tug‘ilmasdan oldin, ona 
qornidaligidayoq, uning miyasida 100 milliard neyronlar shakllantirilib
rivojlantiriladi. Bola dunyoga kelishi bilanoq, uning miyasi bir inson uchun kerak 
bo‘ladigan barcha asab tolalariga ega bo‘ladi. Ularning soni o‘smaydi, biroq bola 
o‘sib rivojlangani sari, taassurot olganda, odatlanishni o‘rganganda bu asab tolalari 
uzayadi va tarmoqlarga ajraladi. Go‘dak yangi tug‘ilganida miyasi 250dan 750 
grammgacha og‘irlikni tashkil etsa, bir yoshga yetganda, uning miya og‘irligi 
tug‘ilganiga nisbatan ikki barobar og‘irlashadi. 
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, miya asosan 85% suvdan, 170 gram yog‘dan, bir 
oz oqsil, uch oshqoshiq tuz va bir qancha kompleks molekulalardan tarkib topgan. 
Shu o‘rinda 14 asr muqaddam fandan butkul yiroq bo‘lgan, miya tadqiqoti 
emas, balki hatto yozish hamda o‘qishnida bilmagan payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhissalomga nozil etilgan Qur’oni karim suralarida ham bunga dalolat qiluvchi 
ilmiy hujjatlar borligini eslatib o‘tish joiz: «Osmonlar ham yer ham (avvalda) yaxlit 
bo‘lganini, bas, Biz uni yorib, yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan 
(paydo) qilganimizni ko‘rmaydilarmi?» ("Anbiyo" surasi, 30-oyat). 
Miyaning eng kichik funktional birligi bu nerv tolalari yoki neyronlardir 
Neyronlar o‘zi qanday ko‘rinishga ega? Umuman olganda ularning tarkibiy 
tuzilishida bir qator umumiyliklar mavjud. U boshqa tana a’zolaridan farqli o‘laroq 
o‘ziga osilib turgan uzun va ingichka novdachalariga, o‘simtalariga egadir. Mana 
shu qo‘shimcha novdachalari boshqa neyron yoki muskul hujayralari bilan birikishi 
uchun xizmat qiladi. 


Asosan neyronlar ikki xil novdacha - o‘simtalarga ega bo‘ladi. Hujayra 
tanachasidan to‘qima tomon cho‘zilgan hamda shohlanib ketgani - Dendridlar deb 
ataladi. Ular 0,1 millimetr uzunlikda bo‘ladi. Undan tashqari yana bir boshqa 
novdacha bu - Aksondir. U dendridga nisbatan sezilarli darajada uzunroq bo‘lib, 
insonlarda ba’zan 1 metrdan ham ziyod uzunlikda uchraydi. Neyronlarni mikroskop 
ostida yana ham kattalashtirib kuzatilganda aniq bo‘ladiki, ko‘plab hujayra 
tiplarining dendridlari o‘zi bilan dendritik spines - ya’ni, kalta o‘simtalar deb 
ataluvchi tikonsimon mayda novdachalarni, o‘simtalarni ko‘tarib yuradi. Xuddi 
shunday axonlar ham axonal boutonslarga ega bo‘ladilar. Dendritik spines - kalta 
o‘simltalar hamda axonal boutonslar yana ham kattalshtirilib kuzatilganda, ular 
neyronlararo aloqa hamda bog‘lanish o‘chog‘i, joyining yaqqol tizimi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bular - sinapslardir. Ya’ni, sinaps bir neyronning axonal boutoni 
hamda boshqa neyronning dendrit spines boshchasidan tarkib topgan bo‘ladi. 
Neyronlar o‘zlarining o‘ziga birikkan qismi, mayda novdachalari bilan 
ma’lumotlarni qabul qiladi. Ularni qayta ishlaydi va sinapslar orqali boshqa 
neyronga uzatadi. 
Fanda asab tolalari, nerv hujayralarining yana bir qancha mayda zarrachalarga 
bo‘linib ketganini aniqlanganligiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu borada yuqorida 
ham ta’kidlab o‘tildi. Bu mayda zarrachalar yuzasidan Qur’oni karim suralariga 
murojaat qilinganda ham, ular haqida oyatlar nozil etilganiga guvoh bo‘lamiz: 
«Osmonlar va yerdagi bir zarra misqolchalik, undan ham kichik yoki katta biron 
narsa maxfiy bo‘lmas, albatta ochiq kitobda mavjuddir» ("Saba’" surasi, 3-oyat). 
Quyida Clancy nuqtai nazarida miyaning tuzilishi va tarkibiy qismlariga 
qisqacha to‘xtalib o‘tiladi. 
Miyaning tarkibiy qismlari 
Miya yuqorida ta’kidlab o‘tilgani kabi, asosan neyronlardan (asab tolalaridan) 
tashkil topgan bo‘lib, bu neyronlar bevosita boshqa neyronlar hamda markaziy asab 
tizimi bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Bu maxsus neyron paylari, bog‘lamlari deb 
ataluvchi a’zo har bir tolasining o‘ziga yuklatilgan aniq va maxsus vazifalari bor. 
Umumiy olganda miya ikki yarim shardan iborat. 0‘ng qismi odatda intuitiv (ichki 
his orqali) o‘ylash jarayoni uchun mas’ul bo‘lsa, chap yarim shar asosan mantiqiy 
jarayonni boshqaradi. 
Corpus callosim (balken) - qadoqsimon tana bo‘lib, u miyaning ikkala yarim 
sharlari orasidagi asab tolalaridan tashkil topgan birikish joyidir. Bu qadoqsimon 
tana samarali o‘rganish uchun miyaning ikkala yarim sharlari funksiyalarini 
butunlab, toTdirib turish uchun mas’uldir. 
Miya uch katta qismdan iborat: Orqa miya (o‘zak miya), oraliq miya hamda 
bosh yoki old miya (kortex). Orqa miya (o‘zak miya) nafas olish va chiqarish kabi 
avtomatik vazifalarni bajaruvchi Pons - ya’ni, miya ko‘prigidan, medulla oblongarta 
- uzunchoq miyadan, ma’lumotlarni olib va uzatib turuvchi neyronlar tarmog‘idan, 
ongni, inson hushini boshqarishda muhim bo‘lgan formation retikularis - to‘r 
formatsiyasidan hamda harakatni boshqarib, tana muvozanatini saqlab turish hamda 
muskullar uyg‘unligini nazoratiga mas’ul bo‘lgan miyachadan tashkil topgan. 
Bulardan tashqari yana miyaning quyidagi muhim qismlari mavjud: 
Thalamus - ko‘ruv bo‘rtig‘i - bosh miya qobig‘i hamda sezgi organlaridagi 


ma’lumotlar oqimini uzatib turuvchi rele stansiyasi. 
Gipothalamus - gipotalamus, ya’ni bo‘rtiq osti soha - tana harorati, ochlik 
hamda uyquning yuzaga kelishini nazorat qiluvchi markaz; bundan tashqari u stress 
reaksiyalari paydo bo‘ladigan joydir. 
Amugdala - limbik tizim, hissiyotlarni nazorat qiluvchi a’zo. 
Hypophyse - gipofiz bezi - endokrin tizimining eng asosiy va muhim bezi, 
qaysiki boshqa endokrin bezlarining funksiyalarini boshqaradi. 
Cortex cerebri - bosh miya qobig‘i - miyaning bir qancha kompleks 
funksiyalarida salmoqli ahamiyatga ega (xotira, e’tibor, idrok, fikrlash, gapirish, 
ong). 
Yaqin kunlarda olib borilgan tibbiy tadqiqotlardan birida ham yana bir bor 
isbotlandiki, inson bosh suyagi peshona qismida, miyaning ma’lum asosiy 
faoliyatlarini boshqarib turuvchi markaz (cortex) borligi ayon bo‘ldi. Bu markaz 
kortex motivatsiya, harakat va amallarni: yaxshi-yomon amallarni ham 
rejalashtirishi, anglashi, rost-yolg‘on so‘zlarni aytishga qaror qabul qilishi va aytishi 
kabi funksiyalarni boshqaradi. Anatom va fiziolog olimlar Martini hamda 
Bartholomew qarashlarida ham buni tasdiq etuvchi fikrlar mavjud: «Aftidan, 
miyaning old, peshona qismi harakat funksiyalari bilan bir qatorda, tajovuzkorlik 
hissining funksional markazi bo‘lishi ham mumkin». Bu ma’lumot ham Qur’oni 
karim suralarida keltirib o‘tilgan: «Yo‘q, qasamki, agar u (bunday gumrohlikdan) 
to‘xtamasa, albatta biz uni o‘sha peshona sochidan, o‘sha yolg‘onchi, adashgan 
peshona sochidan tutarmiz» ("Alaq" surasi, 15-16 oyatlar). 
2. 
Miyada o‘rganish jarayoni 
Har bir neyron o‘zida 10.000 sinaptik birikmani mujassam etgan 100 milliard 
neyronlardan tashkil topgan. Miyada o‘rganish jarayoni bu - neyron 
populyatsiyalarining qurilish tizimi, barpo etilishidir. 
Miya va uni o‘rganish jarayoni bilan asosan Neyrodidaktika fani 
shug‘ullanadi. 1980 yilning oxirlarida didaktik olim Gerhard PreiB ilk bora bu 
tushunchani zamonaviy miya tadqiqotining natijalari didaktikani kengroq ochib 
berish hamda uni pedagogikada sinash, qo‘llash orqali o‘rganish jarayonini natijali 
va samarali bo‘lishida juda muhim yo‘nalish ekanligini ta’kidlab, fanga olib kirgan. 
0‘rganish jarayonining natijali hamda samarali bo‘lishini ta’minlovchi bir 
qancha omillar mavjud. Bularning har biri alohida maqola uchun mavzu bo‘la oladi. 
Quyida mening e’tiborimni tortgan neyrodidaktikaning bir jihatini xulosa o‘rnida 
qisqacha bayon etishni joiz topdim. 
Neyrodidaktik olimlarning kuzatuvi natijalariga ko‘ra, miyada kiritilayotgan 
ma’lumot saqlanishi uchun, ta’lim beruvchi uni kamida ikki, yaxshisi uch yoki 
undan ham ko‘proq qaytarib, eslatishi zarur ekan. Bu ma’lumot doimiy xotirada 
joylanishi uchun esa davomiy qaytarib, takrorlab turilishi yoki aynan shu 
ma’lumotni boshqa bir shaxsga aytib, hikoya qilib berishi juda muhim hisoblanadi. 
Agar o‘rganish shu asosda tashkil qilinsa, u albatta natijali hamda samarali bo‘lishi 
kafolatlanar ekan. 
3. 
Miya va aks ettirish Psixika yuksak darajada 
tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo‘lib, u ob’ektiv olamni alohida bir 
tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani 


tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv 
sistemasining eng yuksak qismi bo‘lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar 
miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda ancha murakkabroq tuzilgan bo‘ladi. Odam 
miyasi hajmi jihatidan ham katta. Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv 
tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o‘zaro faoliyati 
va bir-biri bilan bog‘lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasini 
ta’minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko‘pgina qismi bir necha qator bo‘lib, joylashgan 
nihoyatda ko‘p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko‘p) tashkil topgan, kulrang 
modda qatlamidan iborat bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining 
faoliyati bilan bog‘liqdir. Nerv tizimi nerv to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, u o‘z 
navbatida nerv hujayralaridan iborat. Har bir nerv hujayrasi, ya’ni neyron yadrosi 
bo‘lgan juda ko‘p tarmoqlangan kalta o‘simtalar - dendritlar va bitta uzun o‘simta 

aksondan iborat hujayradan tashkil topgan. Turli nerv hujayralarining 
tutashgan joyi sinaps deyiladi va u bir neyrondan boshqasiga impulslarni o‘tkazish 
(to‘xtatish yoki ushlab qolish) ni ta’minlaydi. Nerv hujayralari to‘plami miyaning 
kulrang moddasini, nerv tolalarining to‘plami esa miyaning oq moddasini tashkil 
etadi. Nerv to‘qimasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular qo‘zg‘aluvchanlik 
va o‘tkazuvchanlik asosiy xususiyatlar hisoblanadi. Markaziy nerv tizimi bosh va 
orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan bo‘lib, 
nerv to‘qimasidan iborat. Orqa miya ikkita yarim, ya’ni o‘ng va chap qismlardan 
iborat bo‘lib, ularni uzunasiga ketgan oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi. Orqa 
miyada nerv tolalarining tutamlari joylashgan bo‘lib, sklet muskullari, nerv va 
shilliq qavatidagi periferik nerv uchlaridan qo‘zg‘alish nerv impulslari ko‘rinishida, 
ular orqali miyaga u yerdan esa periferiyaga yetkaziladi. Orqa miyada ongsiz 
reflektor harakatlarning gavda va qo‘l-oyoqlar muskullarning, shuningdek bir qator 
fiziologik jarayonlarning tomirlarni harakatlantiruvchi, teri ajratuvchi va boshqa 
markazlar joylashgan. Bosh miya qutida joylashgan bo‘lib, orqa miyaning ustida 
joylashganga o‘xshaydi. Bosh miyada uzunchoq miya, orqa miya, o‘rta miya, oraliq 
miya va oldingi miya farqlanadi. Orqa miya, Varoliy ko‘prigi va miyachadan iborat 
bo‘lib, uzunchoq miya bilan birgalikda miya sopini tashkil qiladi. Miya sopi orqa 
miyani davomidek tutashgan. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning 
yuqori bo‘limlariga impulslar o‘tadi va orqaga qaytadi. Uzunchoq miyaning 
yadrolari murakkab refleks aktlarida ishtirok etadi; so‘rish, chaynash, so‘lak ajratish 
va hokazo. Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O‘rta 
miya-to‘rt tepalik qizil yadro muskul tonusining me’yoriy taqsimlanishini, tovush 
va yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilarini hamda og‘irlik kuchiga nisbatan tananing to‘g‘ri 
joylashishini idora etadi. Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari 
mujassamlashgan. Oldingi miya va uni qoplab turgan po‘stloq bosh miyaning oliy 
qismlarini tashkil etadi. Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 
foizini tashkil qiladi va peshona sohasidan ensagacha cho‘zilgan yoriq bilan 
ajrashgan ikkita o‘ng va chap yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana 
yordamida birikadi 
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o‘ziga xos 
usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. 


Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari 
xosdir. Masalan, ko‘zguning aks ettirishi, suvdagi ta’sir va boshqalar. Jonli materiya 
uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo‘lib, ong va o‘zini 
o‘zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
1) 
ob’ektiv borliqni to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 
2) 
shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 
3) 
doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 
4) 
shaxsning individualligi orqali namoyon bo‘ladi. 
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo‘lib, u 
ob’ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan 
materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak, inson va hayvonlar psixikasining 
moddiy asosini markaziy nerv tizimining eng yuksak qismi bo‘lmish bosh miya 
tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda ancha 
murakkabroq tuzilgan bo‘ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar 
maymun miyasining og‘irligi 400-500 g bo‘lsa, odam miyasining og‘irligi o‘rta 
hisobda 1400 g dir. 
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya 
butun gavda og‘irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan 
kislorodning 18 foizidan ortiqrog‘ini ishlashidan ham ko‘rishimiz mumkin. Hayvon 
taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan 
miyasi shunchalik og‘irroq bo‘lib boraveradi. 
Miyaning tanaga bo‘lgan nisbati: 
Kit miyasining tanasiga nisbati —
1
—, fil miyasining tanasiga nisbati , 
20000 
400 
maymun miyasining tanasiga nisbati . Odam miyasining tanasiga nisbati -4_. 
Ayniqsa, bosh miya katta yarim sharlari kishi organizmi hayotida muhim 
ahamiyatga ega. Odamda o‘rtacha 14-15 milliard neyrondan iborat. Eng muhim 
rolni miya po‘stining peshona qismi o‘ynaydi. Hayvon taraqqiyotining yuqoriroq 
bosqichiga qanchalik ko‘tarilsa, miya yarim sharlari po‘stining peshona qismi 
shunchalik kattaroq bo‘ladi. 
Inson bosh miyasi, hayvon miyasidan ancha og‘irdir. 
Odam miyasi - 1400 g. 
Ot miyasi - 650 g. 


Gorilla miyasi - 400 g. 
Ho‘kiz miyasi - 500 g. 
Kit miyasi - 2800 g. 
Fil miyasi - 4000 g. 
Individ psixik hayotida miyaning og‘irligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ammo miyaning tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining 
aqli haqida miyaning og‘irligiga qarab hukm chiqarish to‘g‘ri emas. Ba’zi kishilar 
miyasining vazni o‘rtacha vazniga qaraganda ancha og‘ir bo‘lgani shuningdek, ba’zi 
kishilarning miya vazni o‘rtacha darajadan kamroq ham bo‘lgani ma’lum. 

Download 389.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling