Mavzu: Mobil qurilmalar uchun “Mobil kutubxona” ilovasini yaratish mundarija
Download 0.65 Mb.
|
Boburga
Bitiruv malakaviy ishining dolbzarbligi. Ta’lim va ilm-fan sohasida axborot-kutubxona jarayonlarini integratsiyalashtirish, axborotni to‘plash va unga ishlov berish, elektron kutubxonalarni tashkil etish, ta’lim muassasalari hamda
masofadan turib kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirish bugungi kunda zarur masala hisoblanadi. Tezlik bilan rivojlanib va keng tarqalib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari davrida hayotimizni qo‘l telefonlari, cho‘ntak kompyuterlari, kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz juda ham qiyin. Hozirgi davrda boshqa texnika vositalari qatorida qo‘l telefonlari ham takomillashib, murakkablashib, mukammallashib boryapti. Bunda foydalanuvchilar soni esa kundan kunga jadallik bilan oshib boryapti. Yosh boladan tortib keksalargacha qo‘l telefon xizmatlaridan foydalanishmoqda. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Android tizimida ishlaydigan kompyuterlar, smartfonlar va planshetlardan foydalanish jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani uchun kelajak avlodga ushbu tizimda ishlaydigan mobil kutubxonani yaratish jarayoni bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida olindi. Android operasion tizimi uchun mo’ljallangan dasturlarni yaratish texnologiyalari, vositalari, Java dasturlash tili malakaviy ishning predmeti hisoblanadi. Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada mobil telefonlar rivojlangan. Ularda ham o‘zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi, protsessori mavjud bo‘lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi. Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz mumkin. Ulardagi operatsion tizimlar ham sun’iy intelektga qarab takomillashib bormoqda. Shu jumladan, yaqin yillarda o‘z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda smartfon bozorining 75 foizini egallashga ulgurgan Android operatsion tizimi yuqori ko‘rsatkichlarni egalladi. Ushbu operatsion tizimdan aholining kamida 50-60 foizi foydalanadi. Operatsion tizim foydalanuvchilari qanchalik ko‘payib borsa, unda ishlaydigan dasturlarga bo‘ladigan ehtiyoj ham shunchalik ortadi. Demak, Android uchun mo‘ljallangan dastur va ilovalarni yaratish ko‘proq talab etiladi. SHuni inobatga olib, hozirgi kunda juda qo‘l keladigan “Mobil kutubxona” ilovasini yaratdik. Amalda bu ko‘rinishdagi ilovaning mavjud emasligi va bu xildagi ilovalarga talabning yuqoriligi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – mobil qurilmalar uchun “Mobil kutubxona” ilovasini yaratish. Bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun amalga oshiriladigan masalalar quyidagilar: Android operatsion tizimi haqida ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish; Android operatsion tizimiga moslashgan gadjetlar (planshetlar, telefonlar, pleerlar va h.k.)ni o‘rganish, yirik kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan mobil qurilma mahsulotlarini tahlil qilish; Google korporatsiyasining Play Market loyihasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish; Android platformasida “Mobil kutubxona” ilovasini yaratish. Bitiruv malakaviy ish kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolbzarbligi, BMIning maqsadi, ob’ekti va predmeti keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida Android operatsion tizimi haqida umumiy ma’lumot va uning imkoniyatlarini o‘rganilgan. BMI ning ikkinchi bobida Android operatsion tizimida dastur tuzish uchun dasturlash muhitini tanlash asoslangan, SQLite ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot hamda Android operatsion tizimida dastur tuzish uchun dasturlash muhitini tayyorlash bosqichlari keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida “Mobil kutubxona” dasturining strukturasi yaratildi va “Mobil kutubxona” dasturining interfeysi keltirildi. BMIning to‘rtinchi bobida xayot xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi va mlakaviy ishning so‘ngida bajarilgan ish bo‘yicha xulosa chiqarildi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirildi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling