Mavzu: Mobil qurilmalar uchun “Mobil kutubxona” ilovasini yaratish mundarija


II BOB. ANDROID OPERATSION TIZIMIDA DASTUR TUZISH UCHUN DASTURLASH MUHITINI TANLASH


Download 0.65 Mb.
bet4/7
Sana28.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1304162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boburga

II BOB. ANDROID OPERATSION TIZIMIDA DASTUR TUZISH UCHUN DASTURLASH MUHITINI TANLASH





    1. Mobil ilovani yaratishda ma’lumotlar bazasidan foydalanish

Android Platformasi. SDK Managerni ochilganda komponentlar ro‘yxatini chiqadi.


Ushbu ro‘yxatda Androidning har xil rusumlari uchun qo‘llaniladigan komponentlari ro‘yxati berilgan. Ulardan o‘rnatilganlari to‘g‘risida, Status ustunida Installed deb yozilgan bo‘ladi, qolganlarida esa Not installed degan yozuvni ko‘rish mumkin. Ro‘yxatdan muhim komponentlarni yuklab olish uchun ularni belgilash kerak. Ular quyidagilar:

  • Tools papkasi;

  • extras papkasidagi Android Support Library komponenti;

  • 4.* rusumlari uchun SDK Platform hamda emulyator ishlashi uchun ARM eABI v7a System Image komponenti;

  • qolgan versiyalar uchun asosan SDK Platformaning o‘zi.

Har bir komponent va platformalar yuklab olish uchun katta hajmga ega. SHuning uchun boshlang‘ich o‘rganish ishlarida faqat 2.3.3 (API10) rusum uchun kerak bo‘lgan komponentlarni olish etarli. Agar internetda trafik chegaralanmagan bo‘lsa, u holda barcha punktlarni yuklab olish tavsiya etiladi. Keyingi ochiladigan oynada Install X packages tugmasi bosiladi, so‘ngra Accept All ni bosib Install tugmasi orqali yuklab olinadi.





    1. – rasm. SDK Manager komponentlarini yuklash.

Sozlash jarayoni tugadi va Androidda birinchi loyixani yaratish mumkin. Androidda dastur yaratishdan oldin uni muhitga tekshirish va testdan o‘tkazish lozim. Buning uchun Android Virtual Device (AVD) – Android smartfoni emulyatori yordam beradi.
Project tanlanadi. Next tugmasi bosilgandan so‘ng Proektning fayllari parametrlarini kiritish boshlanadi.


    1. – rasm. Yangi loyixa yaratish.


        • Application Name – yaratiladigan dasturning nomi;

        • Project Name – yaratiladigan loyixaning nomi;

        • Package name – shu loyixada ishlatiladigan sinflar uchun prefiks vazifasini bajaradi. Build SDK da qanday Android rusumi uchun loyixa yaratilayotgani keltiriladi. Next oynasi bosilganda Activity oynasi ochiladi. Mana shu erda izoh keltirib o‘tish lozim. Android operatsion tizimida dasturlashda Activity, Layout va View tushunchalari mavjud. Activity – bu shakl, ya’ni barcha ob’ektlar joylashadigan oyna tushuniladi. Layout – bu ob’ektlarni tartib bilan joylashtiruvchi guruh. View esa aynan mana shu ob’ektlar (Button, edit va h.k.). Next va Finish tugmalari bosiladi va Android Studio oynasiga o‘tiladi.

Android Studio oynasi bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lib, o‘rtadagi oynada yaratilayotgan loyihaning ko‘rinishi hamda kodlari joylashgan. Bizga kerakli fayllar esa oynaning chap qismida joylashgan. Ular daraxtsimon ko‘rinishga ega:

  • src papkada yaratilgan va yozilgan barcha kodlar joylashadi;

  • gen papkasida ishlab chiqarilgan fayllar joylashgan bo‘lib, bu fayllar dasturning to‘g‘ri ishlashi uchun kerak. SHuning uchun bu papkaga tegilmaydi;

  • Android 2.3.3 papkasida ushbu rusumning kutubxonalari joylashgan;

  • assets va res papkalarida esa boshqa turli tipdagi fayllar joylashgan;

  • AndroidManifest.xml – dasturning config fayli hisoblanadi.




    1. – rasm. Android Studio oynasi.

Android dasturini ishga tushirish, kompilyasiya qildirish uchun Package explorer oynasidan “Proekt” nomi tanlanadi va Ctrl+F11 tugmasi bosiladi va ochilgan muloqat oynasidan Android Application tanlanadi [11].
Android operatsion tizimi ekranida dastur elementlari quyidagi sxemada keltirilgandek joylashadi:


    1. – rasm. Dastur elementlari.

Android Studio muloqat oynasining o‘rtadagi qismi, ya’ni asosiy qismi bilan tanishamiz






    1. – rasm. Android Studioda palitraning elementlarini ko‘rinishini namoyish qilish muloqat oynasi.

Muloqat oynasining o‘ng tomonida Outline oynasi mavjud bo‘lib, bu oynada joriy activity uchun Viewlardan qay biri olib qo‘yilganligini ko‘rish mumkin.


Bitiruv malakaviy ishning ikkinch bobida Android Studio dasturini o’rnatish jarayoni ko’rib chiqildi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling