Mavzu: Mobil qurilmalar uchun “Mobil kutubxona” ilovasini yaratish mundarija


Download 0.65 Mb.
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1304162
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boburga

Mavzu: Mobil qurilmalar uchun “Mobil kutubxona” ilovasini yaratish


MUNDARIJA







KIRISH…………………………………………………………...

6

I BOB.

ANDROID MOBIL OPERATSION TIZIMINING SHARHI....

10

1.1.

Android operatsion tizimi haqida umumiy ma’lumot.....................

10

1.2.

Android operatsion tizimining tuzilishi........................ ........

18

II BOB.

ANDROID OPERATSION TIZIMIDA DASTUR TUZISH







UCHUN DASTURLASH MUHITINI TANLASH..............…….

24

2.1.

Mobil ilovani yaratishda ma’lumotlar bazasidan foydalanish ......

24

2.2.

Android operatsion tizimida dastur tuzish uchun dasturlash
muhitini tayyorlash.........................................................................

28


III BOB.

ANDROID OPERASION TIZIMIDA MOBIL KUTUBXONA







DASTURINI YARATISH ............................................................

38

3.1.

“Mobil kutubxona” dasturining strukturasini yaratish ............... ...

38

3.2.

Android operatsion tizimida “Mobil kutubxona” dasturining
interfeysini yaratish........................................................................

47


IV BOB.

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ........................................

51

4.1.

Asosiy tushunchalar........................................................................

51

4.2.

Yong‘in xavfsizligi……………………………………………….

56

4.3.

Ekologik xavfning manbalari va okibatlari....................................

57




XULOSA……………………………………………………........

60




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…...............

61




ILOVA……………………………………………………............

62

KIRISH
Mamlakatimiz prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning – “Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hizmat ko‘rsatish jadal rivojlanayotganligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur asarda prezidentimiz tomonidan inqirozga qarshi hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish inqirozga qarshi chora tadbirlarning eng asosiysi ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan [1].
Texnika va texnologiya taraqqiyotining rivojlangan bosqichi XXI asrga to‘g‘ri keladi. Albatta, har bir texnika vositasi yaratilishiga inson ongi, tafakkuri, bilimlari va mehnati natijasi evaziga erishiladi. Bilimlar esa o‘z navbatida o‘qish, izlanish va tajriba asosida to‘planadi. Bilim olishning asosiy manbai kitob hisoblansada, lekin hozirgi kunda internetning shiddat bilan rivojlanib, hayotimizga kirib kelishi uning o‘z - o‘zidan bilim olishni yana bir asosiy manbasiga aylanmoqda [2].
Insoniyat qadimdan o‘zi egallagan bilim va tajribalarini kelajak avlodlar uchun meros qilib qoldirishga harakat qiladi. Bu harakatlar esa turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgan. Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari rivojlangan bir paytda turli xil videokurs va web sayt ko‘rinishidagi o‘quv qo‘llanmalar paydo bo‘ldi.
Elektron kutubxonalar madaniyat va ta’limning asosiy qismi sifatida yangicha mazmun kasb etmoqda. Elektron kutubxonalar tufayli insonning axborot olish madaniyati, mutolaaga, ilm-fan, tarix, madaniyatga qiziqishi har tomonlama shakllanib rivojlanmoqda. Shunday ekan, elektron kutubxonalar o‘zining odatdagi qiyofasini o‘zgartirishi, eng zamonaviy talablarga javob beradigan axborot-ta’lim, madaniy markazga aylanishi kerak [3].
Respublikada olib borilayotgan tub islohotlar natijasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Xususan, 2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo‘shma palatalarining yig‘ilishida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning uchinchi ustuvor yo‘nalishida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlashga, har bir fuqaro erkin axborot olishi uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tgan edi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha respublikada bir qator ishlar amalga oshirilib, 2011 yil 13 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-sonli Qonunining qabul qilinishi axborot-kutubxona faoliyatini shakllantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Bugun mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari “ZiyoNet” milliy ta’lim tarmog‘iga ulangan yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. YAgona axborot-kutubxona tizimi joriy etilib, unga 300 mingdan ortiq darslik, qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlarining bibliografik ma’lumotlari kiritilgan.
Yurtboshimizning 2011 yil 23 fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan respublika yig‘ma elektron katalog markazi axborot-kutubxona muassasalarida yaratilayotgan bibliografik yozuvlarni to‘plash orqali O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma elektron katalogi bazasini shakllantirishmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi negizida faoliyat yuritayotgan va yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan ushbu markaz avtomatlashtirilgan yagona axborot-kutubxona tizimiga ega.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling