Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari


Download 242.73 Kb.
bet5/11
Sana31.01.2024
Hajmi242.73 Kb.
#1818683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda (1)

App Inventor Android ilovalarni yaratish uchun bulutli texnologiyaga asoslangan visual dasturlash muhiti hisoblanadi. Dasturlarni qurish dastur kodlari bloklari yordamida vizual rejimda amalga oshiriladi. App Inventor veb-muhitda ishlaydi. Bu esa ishni ancha soddalashtiradi, chunki kompyuter resurslaridan deyarli foydalanilmaydi (lekin muhitga kirish uchun Internet bo‘lishi lozim). Shuningdek, Java dasturlash tili va Android SDKni bilish talab qilinmaydi. Kompyuterga hech qanday dasturni o‘rnatishi shart emas, faqat Google Chrome brauzerida ai2.appinventor.mit.edu manzili orqali muhitni ishga tushirish mumkin.
App Inventordan foydalanish uchun Google akkaunt zarur. Agar Googleda akkaunt mavjud bo‘lmasa, unda ish boshlashdan oldin siz akkaunt yaratishingiz va avtorizatsiya qilishingiz lozim. Shundan so‘ng App Inventor dasturi hamda barcha saqlangan loyihalar bilan istalgan kompyuterda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Ilovalarni yaratish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich – foydalanuvchi interfeysini loyihalash; ikkinchi bosqich ilovalarni dasturlash (ko‘rsatmalar yaratish).

  1. MOBIL ILOVALAR YARATISH MUHITI


Mobil ilovalar yaratish texnologiyalari va vositalari, ularning eng mashhurlari bizga ma’lum. Endi esa foydalanuvchi uchun qulay, sodda va qiziqarli bo‘lgan App Inventor mobil ilovalarini yaratish muhiti bilan kengroq tanishib chiqamiz.

App inventor interfeysi


App Inventor dasturlash muhiti sodda va ixcham interfeysga ega bo‘lib, foydalanuvchi muhit bilan ishlash davomida interfeys bilan muammolarga duch kelmaydi. Barcha dasturlarda bo‘lgani kabi App Inventor muhitida ham menyular satri mavjud:


  • Projects – loyihalarni boshqarish (yaratish, import, eksport qilish va h. k.) (1);


  • Download 242.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling